|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|
bet | 83/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)Tayanch iboralar: ITT kommunikatsiyasi, aloqa tarmog’i, analog kanali, tasvirlarni uzatish, mulg’timediya uzatish usuli, tlekommunikatsiya tarmog’i, jamoat ma’lumoti, diapazon kengligi, abonentlar mobilligi, aloqa usuli, LAN (Local Area Network) tarmog’i, MAN (Metropolitan Area Network) tarmog’i, WAN (Wide Area Network) tarmog’i, axborotni uzatish tezligi, tranzit jamoat tarmog’i, SDH (Sinxron sonlar ierarxiyasi) tarmog’i, STM1 tarmog’i, radiokommunikatsion xizmat, kosmik stantsiya, sputnik, statsionar xizmat, mobil xizmat, radiouzatish xizmati, telematik ilova, sensor, GPS trekeri, mobil ilova, GPS kuzatuvi, telematik tizim, tijorat transporti, ADAS (haydovchiga yordam berish tizimi) tizimi, alkozamok tizimi, telematik yechim.
15.1. ITTlarini tadbiq etishda kommunikatsiyalarning roli
ITTta kommunikatsiyalar axborotlarni quyidagi ko’rinishda uzatilishini ta’minlaydi:
Yo’llarda o’rnatilgan uskunalarga buyruqlarni uzatish;
Transport, meteorologik va ekologik datchiklar ma’lumotlari;
Kameralar va SOS vositalarining video va ovoz signallari;
Uskunalar xolatini tavsiflovchi ma’lumotlar;
Boshqarish markazlari o’rtasidagi axborotlar uzatilishi.
Transport tizimlarida vositalar va aloqa tarmoqlari juda muhim va qimmat hisoblanadi va ularning faoliyatini ta’minlashda transport muxandisi katta e’tibor berishi lozim, chunki ular intellektual transport tizimidan samarali foydalanishda asosiy rolni bajaradi. E’tibor nafaqat aloqa tizimlarining optimal loyihasiga qaratiladi xattoki quyidagi bosqichdagi ekspluatatsion harajatlarga ham qaratiladi. Axborotlarni quyidagi asosiy mezonlar bo’yicha ajratish mumkin:
Axborotlar tizimi ma’lumotlarni uzatish interfeysi va parametrlariga har xil talablar qo’yadi. Uzatishdagi talab qilinadigan tezlik soatiga bir bitdan boshlab sutkasiga Mbit/s gacha bo’lishi mumkin;
Analog kanalidan og’zaki axborotlarni standart o’tkazish diapazonsi 300- 3400 Gts tashkil etadi. Transport tizimlarida klassik telefoniya kabi ovozni uzatishda raqamli uzatish usullariga o’tish kuzatilmoqda;
Tasvirlarni uzatishda yuqori talablar qo’yilmoqda va videoaxborotlarni dinamik ishlov berish vaziyatlarida uzatishning yuqori tezligi 5 Mbit/s gacha yetmoqda. Uzatish kanaliga uzatish usuli minimal talablarni qo’ymoqda va sekin videoxabar (kadr) uzatilishi qisqacha SSTV deb nomlanadi. Transport tizimi doirasida axborotlar siqilgan xolda uzatiladi (JPEG, MPEG) va ularni o’tkazish uchun tor diapazon yetarli bo’ladi;
Mulg’timediya uzatish usuli- ko’pchilik xollarda keng diapazonli tarmoqda uzatish deyiladi. Aloqaning bir kanalida birgalikda ovoz signallari, tasvirlar va ATM, Fast YeTHERNET, Sonet tizimlarining axborotlari uzatiladi.
«Telekommunikatsiya tarmog’i» deb transport tarmoqlarini jamlanmasi nomlanadi va u transportning har xil doiralarida aloqaga bo’lgan talablarni qondiradi. Bular- telefon aloqasi, axborotlarni uzatish, mulg’timedia signallari va tasvirlarni uzatishdir.
Transport tizimlarida ilk bor ishlatilgan konfiguratsiyada tarmoq chizmasi “yo’lduz” deb nomlanadi va u xozirgi kunlarda ham misol harakatni boshqarish markazini transport kontrollerlari bilan aloqasini ta’minlashda ishlatiladi. Ushbu konfiguratsiya real vaqt doirasida ishni kafolatli ta’minlaydi.
Lokal masalalarning ko’pligi markazlashtirilmagan uzatish tizimlariga bo’lgan talabni oshirdi. Bunday vaziyatda har bir punkt axborotlarga ishlov beruvchi va boshqa uzoqda joylashgan uskunalar bilan aloqa olib boruvchi yagona uskuna bilan tashkil etilgan (har biri bilan ketma-ket aloqa). Ushbu xolatda kabel simlariga talab oshadi, chunki bunday xolatda axborotlarni uzatish tezligi pasayyadi, lekin harajatlar kamayadi.
Telekommunikatsion tarmoqlarni loyihalashtirganda qarorlarning ustunligi va kamchiliklarini hisobga olish lozim. Trassalarda axborotlarni himoyalanishini real ta’minlashning doimiy ravishda texnik xizmatlarni ko’rsatish uchun harajatlari katta mablag’larni talab etadi. Undan tashqari zarur bo’lgan maxsus o’lchov priborlarga va yetarli darajada extiyot qismlariga ega bo’lish lozim xamda telekommunikatsion apparatlari uchun zaxira uskunalarni tayyorlash kerak.
Jamoat ma’lumotlarni uzatish tarmog’i yordamida amalga oshirilgan uzatma operator bilan kelishilgan xolda ta’minlanadi. Transport tizimini foydalanuvchisi apparatura va uskunalardagi novatsiyalarga e’tibor bermasa ham bo’ladi, uzatish harajatlari jamoat tarmog’i operatori tomonidan to’lanadi. Telekommunikatsion tarmoqlarni loyihalashtirganda axborotlarni uzatish uchun ajratilgan tarmoqlarning ijara harajatlarini ham hisobga olish lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|