O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 0.79 Mb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#74464
1   2   3
Bog'liq
chorrahalarda harakatlanish tartibi
8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari ish reja 2021-yil 74810, Digital Dollar Sign PowerPoint Templates, Final Puzzle Piece PowerPoint Templates, Universal kimyo fizika, 7-8-Al-Xorazmiy olimpiada maktab, Koreya va O\'zbekiston o\'rtasidagi madaniy- adabiy aloqalarning ilmiy tadqiqod., GANDBOL TARIXI VA O, grammar hometask, MaruzalarMatni, 7, Naurizov Isobek Kompyuter tarmoqlari Mustaqil ish, 2 AMALIY ANSAT SHOXAN, O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi (1), A5lTS hm72ELsNXibzY W6FLmCl-pxTm

2. TARTIBGA SOLINMAGAN CHORRAHALAR


Transport oqimi zich va serqatnov bo`lmagan yo`llarning kesishmasidagi chorrahalarda harakatlanish tartibini imtiyoz belgilari, ular bo`lmaganda haydovchilarning o`zlari o`zaro yo`lning qoplamasi bor yoqligiga, chorrahaga yaqinlashayotgan transport vositasining o`ng va chap tarafda joylashganligiga qarab belgilaydilar.
Svetafor yoki tartibga soluvchi bo`lmagan va shu qatori svetaforning miltillovchi sariq ishorasida svetafor ishlamayotgan chorraxalar tartibga solinmagan chorraxa hisoblanadi.

Chorrahalar yo`lning ahamiyatiga (darajasiga) qarab, teng ahamiyatli va teng ahamiyatli bo`lmagan yo`llar kesishadigan chorrahalarga bo`linadi.


Teng ahamiyatli bo`lmagan yo`llar kesishgan chorraha imtiyoz belgilari bilan belgilangan yoki qoplamasi bor va qoplamasi yo`q yo`llarning kesishmasi hisoblanadi.
Teng ahamiyatga ega bo`lmagan yo`llar kesishgan chorrahada asosiy yo`lning yo`nalishi o`zgarmagan yoki o`zgargan bo`lishi mumkin. Asosiy yo`lning yo`nalishi o`zgargan bo`lsa, chorraha ―asosiy yo`lning yo`nalishi‖ belgisi bilan ta`minlanadi. Bunday chorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi chorrahada imtiyoz berilgan yo`nalishni aniqlay olishi kerak.
Chapga yoki o`ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo`lning qatnov qismidan o`tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yo`lkasidan yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchilarga yo`l berishi kerak.

Teng ahamiyatga ega bo`lmagan yo`llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo`nalishidan qaiy nazar, asosiy yo`ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo`ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo`l berishi kerak.


Teng ahamiyatli yo`llar kesishmasi – “Teng ahamiyatli yo`llar kesishmasi” (1.6) belgisi bilan ta`minlangan yoki ta`minlanmagan qoplamali yoxud qoplamasiz yo`llarning kesishuvi.
2.05.02.-85- Qurilish normalari va qoidalarga asosan ikkinchi darajali yo`lning chorraxaga tutash qismini qoplamalashtirish ko`zda tutilgan, lekin bu uni asosiy yo`l bilan teng xuquqli qila olmaydi.
Teng ahamiyatga ega bo`lgan yo`llar kesishgan chorraxada relssiz transport vositasining haydovchisi o`ngdan kelayotgan transport vositalariga yo`l berishi shart.

Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o`zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keying harakat yo`nalishidan qatiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o`tish xuquqiga ega bo`ladi.




Tirbandlik tufayli to`xtashga majbur bo`lgan haydovchi, agar u ko`ndalang yo`nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to`sqinlik qiladigan bo`lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
Asosiy yo`lning yo`nalishi chorrahada o`zgarganda, asosiy yo`lda harakatlanayotgan haydovchilar o`zaro teng ahamiyatli yo`llar chorrahasidan o`tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo`llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o`z`aro shu qoidaga amal qilishlari lozim.

Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositalarining haydovchisi teng ahamiyatli yo`ldan qarama-qarshi yo`nalishdan to`g`riga yoki o`ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o`tayotgan transport vositalariga yo`l berishi shart.


Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o`z`aro amal qilishlari kerak. Agar haydovchi o`zi harakatlanayotgan yo`lning qoplamasi bor yo`ligini aniqlay olmasa (qorong`i vaqt, loy, qor va h.k.) va imtiyoz belgilari bo`lmasa, unda u o`zini ikkinchi darajali yo`lda deb xisoblashi kerak.



Download 0.79 Mb.
1   2   3




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 0.79 Mb.