• 2-masala.
  • 6-masala.
  • 8-masala.
  • -§. Pythonda sanoq sistemasining ishlatilishi. Butun, haqiqiy, kompleks sonlar. Pythonda satrlar bilan ishlash




    Download 14,73 Mb.
    bet165/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    4.7-§. Pythonda sanoq sistemasining ishlatilishi. Butun, haqiqiy, kompleks sonlar. Pythonda satrlar bilan ishlash.
    Kompleks sonni yaratish uchun complex(a,b) funksiyasidan foydalanish mumkin. Bunda a - argument sifatida haqiqiy qism, b – argument sifatida, mavhum qismuzatiladi. Shuningdek, sonni a+bj ko‘rinishida ifodalanadi.
    1-masala. Kompleks sonlarning haqiqiy va mavhum qismlarini ifodalovchi a va b sonlari berilgan. Shu sonlar orqali kompleks sonni ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.


    2-masala. Ikkita kompleks sonlarning haqiqiy va mavhum qismlari berilgan. Ushbu kompleks sonlarning yig‘indisini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
    3.3-masala. Ikkita kompleks sonlarning haqiqiy va mavhum qismlari berilgan. Ushbu kompleks sonlarning ayirmasini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.

    4-masala. Ikkita kompleks sonlarning haqiqiy va mavhum qismlari berilgan. Ushbu kompleks sonlarning ko‘paytmasini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.



    5-masala. Ikkita kompleks sonlarning haqiqiy va mavhum qismlari berilgan. Ushbu kompleks sonlarning bo‘linmasini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.



    6-masala. Kompleks son berilgan. Ushbu kompleks sonning mavhum qismini chiqaruvchi dastur tuzing.



    7-masala. Kompleks son berilgan. Ushbu kompleks sonning haqiqiy qismini chiqaruvchi dastur tuzing.



    8-masala. Kompleks son berilgan. Ushbu kompleks sonning kvadratini hisoblovchi dastur tuzing.



    9-masala. Kompleks son berilgan. Ushbu kompleks sonning modulini hisoblovchi dastur tuzing.



    10-masala. Kompleks son berilgan. Ushbu kompleks songa k sonini qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, va bo‘lish amallarini bajaruvchi dastur tuzing.

    Har bir simvol ASC II – standart kodiga ega. ASC II – ushbu qisqartma so‘z American Standard Code for Information Interchange (Ma’lumotlar almashinish bo‘yicha Amerika standarti) inglizcha so‘zining birinchi harflaridan olingan u simvollarni kodlashtirishning universal sxemasi bo‘lib, shu sohadagi standartni (andozani) belgilaydi. Ixtiyoriy simvolning ACS II – kodini aniqlash uchun simvolni ord() PYTHON – funktsiyaning argumenti sifatida beradi. Satr harflari “a” dan “z” gacha, 97-122 qiymatlari orasida, bosh harflar “A”-“Z” esa 65-90 gacha bo‘lgan qiymatlar orasida joylashgan. Har bir oraliqdagi birinchi qiymatlarni taqqoslab ko‘rish mumkinki, satr harf “a” (97), bosh harf “A” (65) ga qaraganda kattaroq kodga ega. Shu sababli, uni strcmp() funktsiyani argument ko‘rinishiga keltirsak, strcmp() funktsiya 1 ni qaytaradi, chunki birinchi argumentning qiymati ikkinchisinikidan katta. Boshqa tomondan, argument “A” (65) ni birinchi argument sifatida “a” (97) ni esa ikkinchi argument sifatida ko‘rsatsak u holda strcmp() funktsiya -1 ni qaytaradi, chunki birinchi argumentning qiymati ikkinchisinikidan kichik. Satrlarni taqqoslashda har bir simvol ketma – ketligidagi o‘rni bo‘yicha taqqoslanadi, bunda aynan bir simvolni saqlovchi satrlar, turli tartibda joylashgan bo‘lsa, ularning xatoliklari teng bo‘lib qolmasligini kafolatlaydi. Masalan, “ABC” va “BAC” satrlarni taqqoslashda, birinchi satrning birinchi simvoli “A” (65), ikkinchi satrning birinchisimvoli “B” (66) ga qaraganda kichik bo‘ladi, shu sababli, strcmp() funktsiya


    -1 ni qaytaradi, chunki birinchi argument ikkinchisidan kichik.

    Eslatib o‘tish lozimki, ASC II – kodning umumiy hajmi uchun simvollarning joylashishi tartibining ahamiyati yo‘q: turli tartibli so‘zlar (yoki harflar) bilan yozilgan ikkita satr kod hajmi bo‘yicha ekvivalent bo‘ladi, ammo, bir – biriga mos tushmasligi mumkin.


    Satr uzunligini esa strlen() PYTHON – funktsiyaning argumenti sifatida ko‘rsatish orqali aniqlash mumkin.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Pythonda sanoq sistemasining ishlatilishi. Butun, haqiqiy, kompleks sonlar. Pythonda satrlar bilan ishlash

    Download 14,73 Mb.