O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




Download 14,73 Mb.
bet2/178
Sana13.05.2024
Hajmi14,73 Mb.
#230019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
Darslik 01.05.2023

KIRISH


Mamlakatimiz bugungi kunda jadal sur’atlar bilan texnologik taraqqiyot va hayotning o‘sib borayotgan dinamikasi, bir tomondan, odamlarning samarali ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini oshirishga, ikkinchi tomondan, uni olishning yangi usullariga olib keldi. Bu o‘rinda albatta oliy ta’lim tizimida yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bu tizimning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining keng ko‘lamli joriy etilishi, ta’lim muassasalarining mustaqilligini mustahkamlash sharoitida mutaxassislar tayyorlashda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu kadrlar tayyorlash tizimining ko‘plab tarkibiy qismlarini: maqsadlari, vazifalari, mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini yangi texnologiyalar va o‘quv vositalari asosida jiddiy o‘zgartirishni taqozo etdi. Natijada, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va ta’lim muassasalarini boshqarish muammolarini hal qilishning eng muhim innovatsion yondashuvlaridan biri ta’limni axborotlashtirish bosh muammoga aylandi.
Ana shu maqsadda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017- yil 27-iyul PQ-3151-sonli qarori, hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018- yil 5- iyun PQ-3775-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish aniq qilib belgilab berilgan.
Buning natijasida ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga muvofiq yangi ta’lim shakllari ishlab chiqilmoqda, o‘quvchi-talabalarning ta’lim faoliyatini tashkil etishning pedagogik vositasi o‘zgarib bormoqda. Ta’lim mazmunini tanlash tamoyillarini o‘zgartirish masalalari birinchi o‘ringa chiqmoqda, o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalarning faolligini amalda tatbiq etishga yordam beradigan yangi o‘qitish usullari qo‘llanilmoqa.
Ta’lim muammolarini hal qilishda talabalarning ijodiy va ilmiy mustaqilligi, faolligini rivojlantirishda oliy o‘quv yurtlarining roli ortib bormoqda. Ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim mazmunini puxta ilmiy tanlab olish va pedagogik jarayonni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha izlanishni talab qiladi. Bu esa ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini optimallashtirish kabi muammolarni hal qilish bilan bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurti bitiruvchisi shaxsiy va kasbiy vazifalarni mustaqil ravishda shakllantirish va hal qilishga, ma’lumotlarni o‘zlashtirishga va qayta ishlashga, oldida turgan vazifalarni ijodiy hal qila oladigan bo‘lishi lozim. Olingan bilimlardan kasbiy faoliyatda foydalanishi kerak. Shuning uchun mashg‘ulotning yo‘nalishi va uslubiy tashkil etilishi talabaning qobiliyatini ochib berishga, uning ijodiy va ilmiy faoliyati va mustaqilligi kabi fazilatlarini takomillashtirish va shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Ayniqsa, hozirgi kunda uzluksiz ta’lim tizimining kompyuter texnologiyalari asosida tashkil etishdagi yutuqlari o‘qitishning samaradorligini oshirishga asos bo‘lmoqda. Ushbu tizim asosida mashg‘ulotlarning olib borilishi va zamonaviy dasturiy vositalarning qo‘llanilishi, ma’lumot va axborotlarning ko‘payishi asosida bilimlarini oshirishga zamin yaratmoqda.
Shunday qilib, ta’lim tizimida dasturlash asoslari yuzasidan bilim va malakalarni shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi.
Demak, ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarni davr talabiga javob bera oladigan yetuk mutaxassis, komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarida, yaratuvchanlik tamoyili asosida yangi g‘oyalarga tayangan holdi dasturlash tillaridan kreativ xususiyatlarini shakllantirish maqsadida “Zamonaviy dasturlash tillari” fanini o‘qitish katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu darslikda bayon qilingan ma’lumotlar, 60110600- Matematika va informatika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, davlat ta’lim standarti va o‘quv rejasiga mos keltirilgan mavzular asosida taqdim etilgan. Shuningdek, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari hamda mustaqil dasturlash bilan shug‘ullanuvchilar Delphi dasturlash tili, C++ dasturlash tili, Borland C++ Builder dasturlash muhiti hamda Python dasturlash tili bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlariga qaratilgan.
Darslik to‘rtta bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda o‘quv dasturiga mos tarzda mavzular ketma-ketligi bo‘yicha “Zamonaviy dasturlash tillari” Algoritmlar nazariyasi, Scratch vizual dasturlash muhiti, tillarining boshlang‘ich nazariy ma’lumotlari, Delphi dasturlash muhiti keltirilgan. Keyingi II-III-IV-boblarida mos ravishda “Zamonaviy Dasturlash tillari” fan dasturiga mos, ya’ni ikkinchi bobda, C++ dasturlash tili uchinchi bobda C++ builder dasturlash muhiti: C++ Builder dasturlash muhiti bilan tanishishn, ++ Builder dasturlash muhitining Additional komponentalar palitrasidan foydalanish, C++ Builder dasturlash muhitining Dialogs komponentalar palitrasidan foydalanish, C++ Builder dasturlash muhitining Win32 komponentalar palitrasidan foydalanish, C++ Builder dasturlash muhitining System va Samples komponentalar palitrasidan foydalanish, C++ Builder dasturlash muhitining Samples komponentalar palitrasidan foydalanishga oid ma’lumotlar va mavzularga mos zaruriy tushunchalardan foydalanish imkoniyatlari misollar orqali yoritilgan. So‘ngi IV-bobda fan dasturiga mos, Python dasturlash tili imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.
Jumladan, har bir paragraf so‘ngida, o‘quvchi Delphi, C++, C++ Builder va Python dasturlash tillaridan barqaror dasturlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi uchun qo‘shimcha misol va masalalar keltirilgan. Tavsiya etilgan mashqlarni hech bo‘lmaganda bir qismini mustaqil bajarishni tavsiya etamiz.
Darslik ba’zi kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin. Uni yanada mukammal bo‘lishi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.



Download 14,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Download 14,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

Download 14,73 Mb.