|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 6/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Algoritmning tasvirlash usullari
Yuqorida ko’rilgan misollarda odatda biz masalani echish algoritmini so’zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko’rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko’p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
1. Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko’rsatma jumlalar, so’zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
2. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o’rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
3. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko’rinishi blok-sxema deyiladi.
4. Algoritmning jadval ko’rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko’p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo’llanib kelinayotgan to’rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funktsiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko’rinishlaridan foydalanamiz.
Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari bo’lgan tufayli ularni o’zlashtirib olish oson. Yuqorida ko’rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo’yilgan masalani echish uchun zarur bo’lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko’rinishi bo’lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayrok amalga oshirish uchun mo’ljallangan.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy figuralar quyidagilardan iborat.
|
Oval (ellips shaklli), u algoritmning boshlanishi yoki tugallashini belgilaydi.
|
|
To’g’ri burchakli to’rtburchak, qiymat berish yoki tegishli ko’rsatmalarni bajarish jarayonini belgilaydi.
|
|
Parallelogramm, ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarishni belgilaydi.
|
|
Yordamchi algoritmga murojatni belgilaydi
|
|
Romb, shart tekshirishni belgilaydi bajarilsa “ha”, tarmoq bo’yicha, aks holda “yo’q”-tarmog’I bo’yicha amallar bajarilishini ta’minlaydi
|
Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o’zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo’lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok – sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi. Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan farq qilmaydi. Misol sifatida 2.1 punktda keltirilgan ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani echish algoritmining blok-sxemasi quyida keltirilgan.
|
| |