|
Simlarning uchida halqa hosil qilish mashqi
|
bet | 4/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #237342 |
Bog'liq Simlar bilan ishlash. Simlarga ishlov berishda chilangarlik operatsiyalariSimlarning uchida halqa hosil qilish mashqi.
1. O‘rtacha yo‘g‘onlikdagi (diametri 5—6 mm li) yumshoq simlarning uchida halqa hosil qilishda:
a) simlardan o‘tkir jag‘li ombur bilan keragidan 10—15 mm uzunroq o‘lchamdagi zagotovka qirqib olinadi;
b) simlarning uchida halqa hosil qilish yumaloq jag‘li omburlar yordamida bajariladi. Ombur jag‘larining yo‘g‘on-ingichkaligiga qarab hosil bo‘ladigan halqalarning diametri turlicha bo‘ladi;
v) halqalarning sifatli chiqishi uchun simlarning uchi ombur jag‘lari orasiga olib qisiladi (simning uchi ombur jag‘laridan o‘tib ketmasligi kerak);
g ) katta o‘lchamli (ombur jag‘lari diametridan katta o‘lchamli) halqalarni hosil qilishda simlar yumaloq jag‘li omburlar bilan ketma-ket yegiladi (1-rasm).
2 – rasm Yo`g`on simlarni xalqalash tartibi;
2. yo‘g‘on, qattiq simlardan halqa hosil qilishda:
a) simlarning uchidan halqa aylanasi uzunligining yarmiga teng kesma o‘lchanib belgi qo‘yiladi;
b) halqa diametriga teng yo‘g‘onlikdagi sterjen (moslama) olinadi;
v) simni moslama bilan birgalikda tiskiga qistiriladi (simga qo‘yilgan belgi 2-rasm, a da ko‘rsatilganidek tiski jag‘laridan yarim halqa uzunligida yuqoriga chiqarib o‘rnatiladi) va bolg‘alab yarim halqa hosil qilinadi;
g) simlarning ikkinchi uchini yuqoriga qaratib o‘rnatiladi va bolg‘alar to‘la halqa hosil qilinadi (2-rasm, b);
d) halqani moslama bilan birgalikda tiskiga qistirib bolg‘alab shakl beriladi (2-rasm, v).
Simlardan prujinalar tayyorlashda:
a ) prujinaning ichki diametriga mos yo‘g‘onlikdagi sterjendan moslama tayyorlanadi (3-rasm, a). Uning uchiga yaqinroq joydan sim o‘tadigan qilib teshik ochiladi;
b) kuydirilgan (yumshatilgan) simlarning uchini moslama teshigidan o‘tkazib bukiladi;
v) moslama tiskiga qistirma orasiga olib o‘rnatiladi va simning ikkinchi uchidan chap qo‘lda yassi jag‘li ombur bilan tutib, o‘ng qo‘lda moslamaning dastasi aylantiriladi (3-rasm,b);
3 – rasm. Simlardan purjinalar tayyorlash; a, b, v, g – purjina o`rash usullari, d – purjinaning uchini xalqalash, e – purjina torresini to`g`rilash, j – purjinani go`niya bilan tekshirish.
g) prujinaning uchlari ombur bilan (3-rasm, v) yoki moslamalarga qistirib halqalanadi (3-rasm, g);
d) prujinalarni qo‘lda tayyorlashga qaraganda stanokda tayyorlash qulay. Buning uchun prujina o‘rovchi moslama stanoknnng oldingi va ketingi babkalariga o‘rnatiladi. Simni keskich tutqichga qistirilgan taxtakach orqali o‘tkazilib, moslama teshigiga kiritiladi. Stanokni to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda ay-lantirish bilan o‘naqay va chapaqay spirallar (prujinalar) xosil qilinadi (3-rasm, d). Prujinaning bir tekis o‘ralishini ta’minlash uchun stanokni sekin aylanishga sozlab, surilishni sim diametri (qadami) ga moslanadi.
|
| |