• “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi 0801 guruh talabasi Djumayeva Shaxloning "Tasviriy san’at va muhandislikni o’qitishda
  • Bajardi
  • 3. Darslarda didaktik о‘yinlarni о‘tkazish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #100652
      1   2   3   4
    Bog'liq
    5-topshiriq



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SIRTQI 
    BO’LIMI
    “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi
    0801 guruh talabasi Djumayeva Shaxloning
    "Tasviriy san’at va muhandislikni o’qitishda 
    texnologiyalar va loyihalashtirish'' fanidan bajargan 
    Amaliy topshirig'i
    Mavzu:
    Darslarda didaktik o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi
    .
    Bajardi: Sh.Djumayeva 
    Qabul qildi: R.Zulfiyev
    Jizzax-2023


    Mavzu:Didaktik о‘yin tеxnologiyasi va undan darslarda foydalanish
    Reja:
    1. Muhandislik grafikasini о‘qitishda didaktik о‘yin texnologiyasining о‘rni
    2. Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini faollashtirish
    3. Darslarda didaktik о‘yinlarni о‘tkazish


    Muhandislik grafikasini о‘qitishda didaktik о‘yin texnologiyasining о‘rni.
    Ma’lumki, bolalar jim о‘tirolmaydilar, ular doimo harakatda bо‘ladilar, ya’ni
    о‘ynaydilar. О‘yin bolalarning tabiiy hamrohi bо‘lib, ularga olam-olam hayojonli
    quvonch keltiradi. Bolalar о‘yinlar orqali dunyoni, ya’ni tevarak – atrofni о‘rganadi,
    shu bilan bir qatorda ma’lum darajadagi tarbiyani ham oladi. О‘yin orqali mehnat
    qilishga о‘rganadi. О‘yin davomida о‘zining sevgan qahramoni obraziga kirib, о‘zida
    haqqoniylik, yolg‘on gapirmaslik, zehn о‘tkirlik, chaqqonlik, kuchli bо‘lishlik,
    bardosh berishlik, tez topqirlik, g‘alaba qilishga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.


    О‘yin qoidalari asrlar davomida xalq tomonidan qonunlashtirilib ularning
    tarbiyaviy ahamiyatiga kо‘p e’tibor berilgan. Shuning uchun maroq bilan
    kо‘p о‘ynaydigan bolalar zehni о‘tkirligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
    Umuman olganda, о‘yinni gо‘dak boladan tortib mо‘ysafitgacha о‘ynashi
    mumkin. О‘yinlarni odamlar о‘z yoshiga qarab tanlashadi. Yosh bolalar
    kо‘proq harakat bilan bog‘liq о‘yinlarni tanlashadi. Chunki, ularning о‘sishi,
    ulg‘ayishi buni talab qiladi. Yoshi ulg‘aygan sari odamlar asta-sekin kо‘proq
    fikr yuritadigan о‘yinlarni tanlashadi.


    Har xil о‘yinlarning kelib chiqishi xalq pedagogikasining maxsuli bо‘lib,
    о‘qituvchilar dars berishi jarayonida shu о‘yinlarning ba’zi elementlaridan
    foydalanishlari zarur.
    О‘quvchilarning yuqoridagi fazilatlarini о‘rganib, chizmachilik darslariga 
    о‘yin elementlarini kiritish lozim. An’anaviy dars jarayonida о‘quvchilarning 
    zerikishlarini, charchashini sezish bilan о‘qituvchi 5-6 minutlik mavzuga 
    bag‘ishlangan о‘yin о‘tkazishi lozim. Chizmachilikdan о‘tkaziladigan har bir 
    о‘yin о‘ziga hos ijodiy yondoshishni talab qiladi. Bu yerda о‘qituvchi 
    sinfdagi barcha о‘quvchilarning diqqatini о‘tkaziladigan qisqa muddatli 
    о‘yinga jalb qila bilishi katta ahamiyatga ega
    .


    О‘yinli qiziqarli va jonli о‘tishga kо‘p jihatdan о‘qituvchining mahoratiga bog‘liq
    hisoblanadi.
    Agar о‘qituvchi bolalar psixologiyasiga monand yо‘l tutib, ular bilan о‘ynasa, ya’ni
    ularning
    yoshiga
    hos
    bо‘lgan о‘yin elementlardan foydalansa, oliy toifali
    chizmachilik о‘qituvchilarning aytishicha, har bir dars kichik – kichik о‘yinlardan
    tashkil topgan bо‘lsa, albatta dars jonli, qiziqarli, mahsulli о‘tadi.
    Didaktik о‘yinlar oddiydan asta – sekin
    murakkablashtirib tuzilgan bо‘lishi,
    о‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim.
    Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarda quyidagi faoliyatlarni rivojlantirishga e’tibor
    qaratiladi:


    – sekin-asta turli didaktik masalalarni kiritish yо‘li bilan aqliy faoliyatidagi
    ijobiy о‘zgarishlarni shakllantiradi;
    – aqliy faoliyatida о‘yinga bо‘lgan qiziqishni rivojlantiradi;
    – bitta о‘yin chegarasida qator aqliy masalalar majmuasini о‘stiradi;
    – barcha о‘ynayotganlarning hissiy va intelektual tuyg‘ularini bitta maqsadga
    yо‘naltiradi;
    – о‘quvchilarda tartiblilik, tashkilotchilik, maqsad sari intiluvchanlik hislarini
    tarbiyalaydi.
    Bunday muammolarni yangi darajada qabul qilish о‘quvchilar ongida kо‘plab
    kelayotgan turli axborotlarni singdira olishga olib keladi
    .



    Download 0,73 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi

    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish