Darslarda didaktik о‘yinlarni о‘tkazish.
О‘yinni
birinchi
darsdanoq
о‘tkazishga
shoshilmaslik
kerak.
Oldin
о‘quvchilarda chizmachilikdan ma’lum darajada bilim hosil qilish lozim.
Shuning uchun о‘qituvchi sinfdagi о‘quvchilarning bilim darajalarini о‘rganib
chiqqandan keyingina о‘yin mavzusini tanlash tavsiya etiladi. Ba’zida о‘yinni
yangi о‘tilgan mavzuni о‘quvchilar qanday о‘zlashtirganliklarini tekshirish
maqsadida о‘tkazish ham mumkin. Ba’zi hollarda dars davomida о‘quvchilar
mavzuni tushunishga qiynalishsalar, shu mavzuga bog‘liq bо‘lgan, ammo
о‘tilgan dars yuzasidan о‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida о‘tkazish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
О‘yinda sinfdagi hamma о‘quvchilarning qatnashishi yoki ular ikkita va
undan ortiq komandalarga bо‘linib о‘ynashi mumkin.
Ba’zi о‘yinlarni sinfdan tashqarida о‘tkazish mumkin. Chizmachilikdan
о‘tkaziladigan viktorina, olimpiyada kabi tanlovlarda ham о‘tkazish yaxshi
natija beradi.
Domino о‘yini.
О‘yinning sharti. Detalning kо‘rinishlarini ularning yaqqol tasvirlari
bilan solishtirib о‘qish.
Maqsad.
О‘quvchilarning
chizmalarni
о‘qish
bо‘yicha
olgan
malakalarini, idrokini takomillashtirish.
Jihozlar. Domino toshlari о‘rniga eni 60 mm, uzunligi eniga nisbatan ikki
marta katta, ya’ni 120 mm li karton qog‘ozlarda detallarning yaqqol
tasvirlari va kо‘rinishlari.
0:0
1:0
2:0
3:0
4:0
5:0
6:0
0:1
1:1
2:1
3:1
4:1
5:1
6:1
|