Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini
faollashtirish.
О‘qitish jarayoning sifati va samaradorligini oshirish masalalarining asosini
о‘quvchilarning
idrok
qilish
faoliyatini
faollashtirish
tashkil
qiladi.
О‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini rivojlantirish intelektual, axloqiy erkinlik,
jismoniy kuchlarini о‘z faoliyatidagi aniq talablarni qondirishga yо‘llaydi.
Faollikning о‘zi inson faoliyatini aniqlaydi.
О‘quvchilarning idrok qilish faolligini oshirish tamoyilining didaktik kansepsiyalari
yangi masalalarni ishlab chiqish va yо‘llarini aniqlash, uni joriy qilish omillari bilan
bog‘liq.
Shunga kо‘ra о‘quvchilarning idrok qilish qobiliyatini faollashtirishning
didaktik omillari konsepsiyasini chizmachilikdan о‘tkaziladigan didaktik
о‘yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik о‘yinlarning mazmuni va о‘tkazish shakllarini takomillashtirish
yо‘li yordamida idrok qilish faoliyatini rivojlantirishga kо‘rsatayotgan
ta’sirini о‘rganish orqali zamonaviy talablarga javob beradigan о‘qitish
uslublarini yangitdan ishlab chiqish mumkin. Bayon qilingan maqsad va
takliflarni amalga oshirish uchun qator xususiy masalalarni yechishga tо‘g‘ri
keladi.
- didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini asoslab berish;
- о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshirish uchun о‘yin mazmuni va
shakllarini takomillashtirish metodlarini aniqlash;
- о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshiradigan jarayonlarda о‘qituvchining
tipik qiynalishi faoliyatini ochib berish;
- о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshiradigan sharoitlarni о‘yinlar orqali
aniqlash va о‘rganish;
- о‘yinlar
davrida
qо‘yilgan maqsad va vazifalarni aniqlab о‘rganilgandan sо‘ng
о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshirishga bо‘lgan didaktik talablarni
ishlab chiqish;
- aniqlangan yutuq va kamchiliklarni о‘rganib, kamchiliklarni bartaraf qiladigan metodik
ishlanmalar yaratish hamda yutuqlarga nazariy model tuzish.
О‘rtaga tashlanayotgan didaktik о‘yinlarning yutug‘i shundan iboratki, har
bir qо‘yilgan savolga beriladigan javob shaxsning individual fikr
yuritishga majbur qilishdadir.
Didaktik о‘yinlar jarayonida shaxsning mustaqil fikr yuritishga, mulohaza
qilishga, taqqoslashga о‘rgata olinsa, fazoviy tafakkur qilish qobiliyati
yanada о‘sadi shunda, о‘quvchilarning boshqa fanlarni ham yuqori
saviyada о‘zlashtirishlariga imkon yaratilgan bо‘ladi, ya’ni:
- о‘quvchilarda yangi bilimlar olishga bо‘lgan ishtiyoqni shakllantirishga
erishiladi;
- о‘quv axborotlarni о‘zlashtirishda umumiy va xususiy kо‘rinishlardagi
masalalarni yechishda ijodiy fikrlashga olib keladi;
- olgan bilim va kо‘nikmalarni yangi sharoitga moslashtirishga о‘rgatiladi;
- har bir о‘quvchining idrok qilish qobiliyati faoliyatiga maksimal sharoit
yaratilgan bо‘ladi.
|