|
ANGREN KAOLIN MCHJ faoliyati haqida
|
bet | 2/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #240651 |
Bog'liq Xayrullayev Shohrux1.ANGREN KAOLIN MCHJ faoliyati haqida
Boyitilgan kaolinni ishlab chiqarish va sotish borasida korxonamiz ISO 9001:2008 sifat menedjmenti tizimining muvofiqlik sertifikatiga ega.
“Angren Kaolin” MCHJ korxonasi quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi:
- AKF- 78 kaolini, kaolin paxtasi, yuqori sifatli keramika, kabel, plastmassa, elektr texnikasi (izolatorlar), lok-bo‘yoq, parfumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo ko‘rinishida, shuningdek qog‘oz, koagulyantlar va sir ishlab chiqarishda to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
- Keramika mahsulotlari va chinni uchun AKS-30 kaolini. U sanitar-texnik keramika, devorlarni ichkaridan va tashqaridan qoplash uchun taxtachalar, o‘tga chidamli materiallar, keramikadan esdalik buyumlari va oq loy g‘ishtini ishlab chiqarishda xom ashyo ko‘rinishida ishlatiladi.
AKT-10 kaolini maishiy kimyoning tozalash vositalari, sun’iy qatron, yelim, rezina texnika mahsulotlari, kabel mahsulotlari va plastmassalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Fabrika hududida zamonaviy yuk ortish texnikasi bilan jihozlangan tayyor mahsulot ombori mavjud. Mahsulot idishsiz ustma-ust ortib yetkazib berilgani kabi, Big-begi (1 tonnadan) o‘ramida ham yetkazib beriladi.
TEMIR YO‘L ORQALI YETKAZIB BERISHLAR
Tayyor mahsulotni temir yo‘l vagonlariga yuklab jo‘natish Angren stansiyasidan (kodi 722608) amalga oshiriladi va yetkazib berishning manfaatli usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
AVTOMOBILLAR BILAN YETKAZIB BERISH
“Angren Kaolin” MCHJ tayyor mahsulotni O‘zbekiston bo‘ylab “Sotib oluvchining” omborigacha yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Xalqaro yetkazib berishlar transport kompaniyalarining avtotransport vositalari bilan amalga oshiriladi.
|
| |