IQTISODIY QISM
Sifat boshidan oxirigacha iqtisodiyot bilan bevosita bogʻlangandir. Sifat sohasidagi deyarli barcha еchimlar, sifatni oshirish dasturlari, sifatni boshqarish boʻyicha tadbirlar, iqtisodiy xarajatlar bilan bogʻliq va korxona uchun ma’qul iqtisodiy samaraga olib keladigan boʻlsagina ularni amalga oshirish biror - bir ahamiyatga ega boʻladi. Shuning uchun, sifatga eng avvalo iqtisodiy kategoriya sifatida qarash zarur. Keskinlashib borayotgan iqtisodiy muammolar sifatni oshirishning ahamiyatini yanada kuchaytiradi, chunki sifatni boshqarishning hozirgi zamon tizimlari bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish va uning tannarxini pasaytirish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, sifat va tejamkorlik kategoriyalarini muqobil emas, balki bir – birini toʻldiruvchi tushunchalar sifatida qarash zarur. Bankrotga uchrayotgan firmalar koʻpayib borayotganligini iqtisodiy chuqur oʻzgarishlar, ayniqsa sifat boshqaruvi tizimidagi xatolar bilan chambarchas bogʻliq deyish mumkin. Iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarish hamda korxona va tashkilotlarda xalqaro standartlarni keng joriy qilish mamlakat eksport salohiyatini oshirishning muhim va strategik omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish va mahsulot ishlab chiqarish korxonalarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha hukumat tomonidan tegishli chora tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 – iyuldagi “korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 349 – sonli, 2006 yil 29 – avgustdagi “Korxona xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora – tadbirlar toʻgʻrisida”gi 183 - sonli qarorlari va 2007 yil 29 – avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro standartlarga mos boʻlgan boshqaruv tizimini tadbiq etish va rivojlantirish” dasturi qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan ushbu qarorlar mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini, eksport salohiyatini oshirish maqsadida qabul qilingan boʻlib, neft, gaz, mineral resurslarni qayta ishlash, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, temir yoʻl transporti va boshqa sohalar boʻyicha jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan tegishli oʻrin egallashida alohida ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun, “Ishlab chiqarish korxonasi”da sifatni boshqarish tizimi ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini ta’minlash boʻyicha asosiy tashkil etuvchi tizim deb qaralishi lozim.
Insonning asab yoki qon aylanish tizimi inson organizmining hayotiyligini belgilashda qanday oʻrin egallasa, korxona miqyosida sifat tizimi ham shu kabi ahamiyatga egadir.
Zamonaviy iqtisodiy holat korxona rahbarlarining e’tiborini alohida ishchilar samaradorligiga emas, balki korxona boshqaruvida tizimli yondashishga qaratishga undamoqda, bunda korxonaga, iste’molchilar talabiga, shuningdek atrof – muhit muhofazasi talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatishga olib keladigan koʻplab jarayonlarni uygʻunlashgan oʻzaro aloqasi sifatida qaralmoqda. Boshqarishga bunday yondashishni, jahon iqtisodiyotining rivojlanishini zamonaviy bosqichida korxonalar oldida turgan maqsadlar va vazifalarni qayta koʻrib chiqish hamda doimiy takomillashtirish jarayoni natijasida ustuvor yoʻnalishlarni qayta baholash bilan tushuntirish mumkin. Korxonada joriy etilgan sifatni boshqarish tizimining tashkiliy tuzilmasi gorizontal va vertikal jarayonlarni turli darajada qamrab olgan boʻlishi lozim. Umuman olganda, hozirgi XXI asr – “Sifat asri” da davlatlar va mintaqalararo iqtisodiy globallashuv va integrasiya jarayonlari qanchalik shiddat bilan rivojlanib borayotgan boʻlsa, sifatga talab va ehtiyojlar ham shunga mos ravishda oʻsib bormoqda.
Rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda respublikamizda ham hozirga kelib, yirik ishlab chiqarish korxonalari, kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlik subyektlari, shu bilan birga iste’molchilar ham sifat masalalari va u bilan bogʻliq muammolarning hayotiy va iqtisodiy jihatlarini, sifatning ishlab chiqarish xarajatlarini muntazam pasaytirish va mehnat unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini chuqurroq, mukammalroq tushunmoqdalar.
Men “UzAuto – Austem” qoʻshma korxonasida еngil avtomobillar uchun ishlab chiqariladigan diska mahsulotining markaziy disk qismini bolt qaririladigan teshik qismi boʻyicha 20 guruhdan 5 tadan namuna tanlab olinib va shtangensertkul oʻlchash vositasidan foydalanib dastlabki jarayonga SPC va MSA statistik usullarini oʻtkazish jarayonida jarayon imkoniyatlari indekslari aniqlandi.
Olingan natijalarga asoslanib iqtisodiy samaradorligini hisoblaydigan boʻlsak,
Diska narxi: 500.000 soʻm (1 dona)
1. Kuniga 2000 ta mahsulot ishlab chiqilsa, proportsiya boʻyicha hisoblanganda:
2000 ta mahsulot = 1.000.000.000 milliard soʻm
10 ta mahsulot (nuqson-brak) = ?
2000 x = 1.000.000.000
X = 5.000.000x10.000.000/1.000.000=50.000.000
Statistik metodlar qoʻllanilganda esa:
Kuniga 2000 ta mahsulot ishlab chiqariladi, proportsiya boʻyicha hisoblanganda:
2000 ta mahsulot = 1.000.000.000 mlrd soʻm
3 ta mahsulot (nuqson-brak) = ?
2000 /x = 3.000.000.000
X = 5.000.000x30.000.000/1.000.000=15.000.000
2. Haftasiga 10.000 ta mahsulot ishlab chiqilsa, proportsiya boʻyicha hisoblanganda:
5000 ta mahsulot = 100.000.000 mln soʻm
50 ta mahsulot (nuqson-brak) = ?
50.000 /x = 100.000.000
X = 50x100.000.000/50.000=100.000
Statistik metodlar qoʻllanilganda esa:
Haftasiga 50.000 ta mahsulot ishlab chiqilsa, proportsiya boʻyicha hisoblanganda:
50.000 ta mahsulot = 25.000.000.000 mlrd soʻm
15 ta mahsulot (nuqson-brak) = ?
50.000 /x = 25.000.000.000
X = 15x25.000.000.000/50.000=7.500.000
3. Oyiga 50.000 ta mahsulot ishlab chiqilsa, proportsiya boʻyicha hisoblanganda:
50.000 ta mahsulot = 25.000.000.000 mlrd soʻm
500 ta mahsulot (nuqson-brak) = ?
50.000 /x = 25.000.000.000
X = 500x25.000.000.000/50.000=250.000.000
Statistik metodlar qoʻllanilganda esa:
Oyiga 50.000 ta mahsulot ishlab chiqilsa, proportsiya boʻyicha hisoblanganda:
50.000 ta mahsulot = 25.000.000.000 mlrd soʻm
60 ta mahsulot (nuqson-brak) = ?
50.000/ x = 25.000.000.000
X = 60x25.000.000.000/50.000=30.000.000
XULOSA
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimni bajarish davomida ”Uz Auto Austem” QK sida ishlab chiqarilgan mahsulot misolida SPC va MSA ststistik metodlarini qoʻllash orqali mahsulot sifatini yaxshilashga oʻz takliflarimni berdim.
MSA va SPC statistik metodlarining qoʻllashda uning asosiy maqsadlaridan biri bu ishlab chiqarish korxonalarida oʻlchash tizimlarining xatolarini aniqlash. MSA ni quyidagi ketma-ketlik asosida bajardik.
1. Jarayonning toʻliq oʻzgaruvchanligini ifodalovchi AC namunalarini tanlaydi (N=10).
2. Raqamlar qismlari.
3. Oʻlchovlarni tekshirishni tashkil qiladi (3 ta inspektorning 3 ta urinishi).
4. Nazorat jadvallarini (oʻrtacha va diapazon) tayyorlaydi va oʻlchov ma'lumotlarini MSA Research dasturiga kiritadi.
5. AC bardoshlik maydonlarini aniqlaydi va hisob-kitoblarni amalga oshiradi (konvergentsiya EV, takrorlanuvchanlik AV, R&R, PV qismining oʻzgaruvchanligi, umumiy oʻzgaruvchanlik TV, ajratiladigan ma'lumotlar toifalari soni ndc , %EV, %AV, %R&R va GRR). Hisob-kitoblar dastur tomonidan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga baholash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:
- GRR 10% dan kam boʻlsa - oʻlchash jarayoni qabul qilinadi;
- GRR da 10% dan 30% gacha - oʻlchash jarayoni parametrlarning ahamiyatiga, qurilmaning narxiga va boshqalarga qarab maqbul boʻlishi mumkin ;
- GRR 30% dan ortiq boʻlsa - oʻlchash jarayonini yaxshilash kerak.
Agar GRR 30% dan ortiq boʻlsa, quyidagi harakatlar bajarilishi kerak:
A) jarayonning yuqori oʻzgaruvchanligi sabablarini aniqlash;
B) jarayonni yaxshilash uchun tuzatish choralarini koʻrish;
C) tuzatish ishlari tugallangandan soʻng, MSAni qayta koʻrib chiqing va GRRni aniqlang;
D) agar GRR qabul qilinishi mumkin boʻlmasa , PPAPni topshirishda iste'molchining oʻlchash tizimidan chetlanishlar bilan vaqtincha foydalanishga ruxsati bilan kelishish kerak.
Foydanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Metrologiya haqida. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 2022 yil.
2. Standartlashtirish haqida. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 1993 yil.
3. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash haqida. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 1993 yil.
4. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli kitobi.
5. Ismatullaev P.R., Toʻxtamurodov Z.T., Abdullaev A.X. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga muqaddima. Konstruktor ICHB. 1995 y.
6. Oʻz Dst ISO17025:2019 “Sinov va kallibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qoʻyoladigan umumiy talablar”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “ muvofiqlikni baxolash toʻgʻrisida “ gi qonuni qonuni
8. Oʻzbekiston respublikasi “ sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” gi qununi “sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish “ Maruzalar toplami Ismatullayev PR , Axmedov B.M , Toʻrayev SH. A
9. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gʻulomov Sh.M. Texnologik jarayonlami nazorat qilish va avtomatlashtirish. -Toshkent: 0’qituvchi, 2011. -576
10.Yusupbеkоv H.P., Muхаmеdоv B.E., Gulоmоv SH.M. Tехnоlоgik jаrаyonlаrni bоshkаrish sistеmаlаri. -Tоshkеnt: Ukituvchi. 1997. -704 b.
11.Зайсев C.А., Грибанов Д.Д., Толстов А.Ҳ., Меркулов Р.В. Kонтрольноизмерительные приборы и инструменты. -M.: Аkаdеmiya, 2002. - 464s.Вентсел Е.С. Теория вероятностей. – М.: ГИЗФМЛ, 1962. 562 с.
12.Гиссин Управление качеством продуксии: Учебное пособие. – Ростов н/Д: Феникс, 2000. – 256 с.
13.Ермолаев О.Ю. Математическая статистика для психологов: Учебник.– М.:Московский психолого-сотсиалный институт, «Флинта»,2002.– 336
14.Ефимов В.В. Спирал качества. – Уляновск: УлГТУ, 2002. – 232 с.
15.Лапидус В.А. Всеобщее качество (ТҚМ) в российских компаниях / Гос. унт управления. Нас. фонд подготовки кадров. – М: ОАО «Типография «Ново-сти», 2000. – 432 с.
16.Yusupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov Yu.Sh. Avtomatika va nazorat oʻlchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2010. -224 b.
17.Zаysеv C.A., Gribаnоv D.D., Tоlstоv A.H., Mеrkulоv R.V. Kоntrоlьnоizmеritеlьnые pribоrы i instrumеntы. -M.: Аkаdеmiya, 2002. -464s.
18.Dr. Michael Leeming, University of Arizona
19. Dr. Richard Prairie, Statistical Professor, University of New Mexico
20. Montgomery, D.C. (2022). Introduction to Statistical Quality Control (2nd edition). New York:Wiley.
21.4. Devore, J.L. (2020). Probability and Statistics for Engineering and the Sciences (4th edition). New York: Duxbury Press. 22.https://www.google.com/search?q=bbb+metodi+ppt&rlz=1C1CHBD_en&s ourceid=chrome&ie=UTf
23.https://googol.uz/search?q=Tushunchalar+tahlili+metodi 24.https://en.wikipedia.org/wiki/SWOT_analysi
ILOVALAR
Ilova-A
Nazorat kartalari chiziqlarini hisoblash uchun koeffitsientlar
Jarayonni takomillashtirish strategiyasi
Disk ishlab chiqarish jarayonining tekshiruv varogʻi
Hozirda qoʻllanilayotgan nazorat uslubi
|