• Yuqoridagi keltirilgan jadvallar asosida MSA natijalarini 3 bobni 3.3 qismida keltirib oʻtilgan.
  • HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 7,89 Mb.
    bet26/27
    Sana01.06.2024
    Hajmi7,89 Mb.
    #259037
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Bog'liq
    diplom40

    natijalar

    Ism

    GRR 10% dan kam

    Oʻlchash jarayoni qabul qilinadi;

    GRR 10% dan 30% gacha

    Oʻlchov jarayoni parametrlarning muhimligiga, qurilmaning narxiga va boshqalarga qarab maqbul boʻlishi mumkin ;

    GRR 30% dan ortiq

    Oʻlchash jarayonini yaxshilash kerak

    kappa 0,75 dan yuqori

    Oʻlchash jarayoni qabul qilinadi;

    kappa 0,40 dan ortiq

    Oʻlchov jarayoni parametrlarning muhimligiga, qurilmaning narxiga va boshqalarga qarab maqbul boʻlishi mumkin ;

    kappa 0,40 dan kam

    Oʻlchash jarayonini yaxshilash kerak

    P00.16-F03

    Oʻlchovlarni tekshirish roʻyxati (tavsiya etiladi).


    3.2.6-jadval

    Oʻlchovlar sanasi:

    Korxona nomi:

    Mahsulot nomi

    Oʻlchangan parametrlar:±...(2.2)

    TOʻLIQ ISM.
    1. Nazoratchi

    Urinishlar

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    1































    2































    3































    TOʻLIQ ISM.
    2. Nazoratchi

    1































    2































    3































    TOʻLIQ ISM.
    3. Nazoratchi

    1































    2































    3































    1. Toʻliq ism nazoratchi: imzo:

    2. Toʻliq ism nazoratchi: imzo:

    3. Toʻliq ism nazoratchi: imzo:

    Yuqoridagi keltirilgan jadvallar asosida MSA natijalarini 3 bobni 3.3 qismida keltirib oʻtilgan.
    3.3 “B CAR 15x6J” maxsuloti misolida SPC va MSA statistik usullar orqali mahsulot sifatini yaxshilash
    Korxonada odatda muhim nazorat nuqtalari uchun MSA va SPC metodlari qoʻllaniladi.
    MSA-Measurement System Analysis(Oʻlchashlar tizimi tahlili) Avtomobilsozlik sanoatining ikkinchi qoʻllanmasi nomuvofiqlikni oldini olishda qoʻllanadigan samarali metodlardan biri MSA - oʻlchash tizimini tahlillash (Measurement System Analysis) boʻlib, u 1990 yilda AQSHning (AIAG) avtomobilsozlik sanoati standartlashtirish guruhi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Daymler Kraysler Korporeyshn, Ford Motor Kompaniya va Jeneral Motors Kompaniyalari tomonidan tekshirilgan va ma’qullangan, shuningdek, uni etkazuvchilardan qoʻllashni talab etish boshlagan. Qoʻllanma standartlashtirish guruhi tomonidan 1992 yilda va yillar davomida bir necha marta qoʻshimchalar kiritilib, yangilanib kelinmoqda. IATF 16949:2016 xalqaro standartining 7.1.5.1.1 bandi MSA qoʻllashda quyidagilarni talab etadi:

    • Variatsiyalarni tahlillash uchun har bir tur oʻlchash va sinash vositalar tizimi natijalari olinadigan joylarda statistik izlanishlar oʻtkazilishi;

    • Bu talabni boshqarish rejasida koʻrsatilgan oʻlchash tizimiga qoʻllash;

    • Qoʻllanadigan analitik metodlar va qabul qilish mezonlari, oʻlchash tizimi boʻyicha tahlillash iste’molchining qoʻllanma(MSA)sida keltirilgan metod va mezonlariga muvofiq boʻlishi;

    • Iste’molchi tomonida ma’qullangandagina boshqa analitik metod va qabul qilish mezonlaridan foydalanish.

    Oʻlchash jarayoni statistik tahlili – bir necha oʻlchovchilarni koʻp marta namunalarni oʻlchash maxsus izlanishlaridan olingan natijalar asosida oʻtkazish. Oʻlchash jarayonidagi barcha oʻlchash vositalari, avvalo, kalibrovka/ qiyoslovdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim. Oʻlchash texnik vositasi aniqligi, oʻlchanilayotgan jarayon tavsifidan kamida oʻndan birga aniqroq boʻlishi tavsiya etiladi. Olingan koʻrsatkich qiymatlarini yaxlitlash lozim. Oʻlchash jarayoni statistik tahlillash, har bir operatorlarni namunalar koʻp marta oʻlchash maxsus oʻrganish natijalari asosida olib borish. Avtokomponent namunasi quyidagi talablarni qanoatlantirishi:

    • Namuna ahamiyatli ishlab chiqarishssiklidan olingan boʻlishi;

    • Toʻla mavjud oʻzgaruvchanlik diapazonini qamrab olishi.

    Oʻrganishda katta oʻzgaruvchanlik natijalarini olishda tajribali va yangi operatorlarni oʻlchashda ishtirokini ta’minlash asosida operatorlarni tanlash. Oʻlchash jarayoni qabul qilinishi boʻyicha xulosani uni statistik tavsifini baholash asosida berish:

    • Oʻlchash natijalarini oʻzgaruvchanligi (oʻlchash natijalari tavsifi dispersiyasi orqali miqdori ifodalanadi);

    • Oʻlchanayotgan koʻrsatkichlarni oʻzgaruvchanligi (oʻxshash - analogik tavsif dispersiyasi yoki koʻrsatkichning joizligi (dopuskasi) orqali ifodalash).

    MSA - oʻlchash tizimi tahlillashni ustunligi

    • Oʻlchash va nazorat jarayonlari tavsif koʻrsatkichlarini statistik baholaydi;

    • Oʻlchash va nazorat vositalarini qiyoslash (kalibrovka) oraliq davrini kafolatlaydi;

    • Navbatdan tashqari oʻlchash va nazorat vositalarini yangilash, ta’mirlash, almashtirish va takomillashtirish lozimligini aniqlaydi;

    • Jarayonlar oʻzgaruvchangligini oʻlchash va sozlashda oʻlchash joizligini aniqlash uchun oʻlchash va nazorat jarayonlariga asosiy prinsip va baholash metodlarini oʻrnatadi;

    • Oʻlchash jarayonida haqiqiy ishlab chiqarilgan namuna, real tashqi muhit va malakali oʻlchovchi (operator) ishtirokini ta’minlaydi;

    • Oʻlchash va nazorat jarayonlarini uchun statistik metodlarni aniqlaydi.

    Uz AUTO AUSTEM qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilayotgan B Car 15x6 sifatini taminlash maqsadida mahsulotni kritik nuqtalariga MSA va SPC metodlari qoʻllaniladi.
    Misol: Tahlilni oʻtkazish uchun uch nafar operator va tanlab olish yoʻli bilan oʻn dona mahsulot kerak boʻladi. Dastlab detal maxsus tekshirish stoliga joylashtiriladi va tutqichlar mahkamlanadi va shup lineyka yordamida nazorat varogʻida berilgan maxsus nuqtada oʻlchashlar bajariladi. Tahlil mobaynida oʻlchov vositasi ishonchliligi, operator malakasi va oʻlchash jarayoni yaroqliligi haqida hulosa olinadi.
    Korxonada ishlab chiqariladigan B Car 15x6j detalining qalinligi tashkilot standartida belgilab qoʻyilgan MSU 23505737.003 meyoriy hujjati boʻyicha talablar, standart qiymat 3.2 mm va standart ogʻishi sifatida ±0.18 mm belgilab qoʻyilgan (X0 =3.2 mm, σ = ±0.18 mm). Shu standart sifat koʻrsatkichi qiymatlari asosida 20 guruhchadan 5 tadan namuna olinib (k = 20, n =5), Mikrometr oʻlchash vositasi yoydamida namunalar asosida dastlabki sinov oʻtkazildi.
    Misol uchun,

    3.3.1-rasm SHtаngеntsirkul yordаmidа Disk gupchаk tеshigini oʻlchаsh jаrаyoni misol tariqasida.


    Oʻlchash tizimini qabul qilish mezonlari
    3.3.1-jadval

    %R&R

    O‘lchash jarayonini qabul qilish bo‘yicha hulosa

    Xatolik 10%dan kam

    Odatda bunday holatda o‘lchash jarayonini qabul qilsa bo‘ladi

    Xatolik 10%

    Bunday holatda o‘lchash jarayonini ahamiyatidan kelib chiqib qabul qilsa bo‘ladi, o‘lchov vositasi narhi, ta’mirlanish xarajati va boshqalarni hisobga olagan holda

    Xatolik 30% dan yuqori

    Bunday holatda o‘lchash jarayonini qabul qilsa bo‘lmaydi, barcha kuchni takomillashtirishga qaratish lozim

    ndc≥5

    ndc kategoriyalarni farqlanish soni (≥5 ga teng yoki katta bo‘lishi) jarayon tarqoqligini parchalash (barbod etishi)mumkinligi

    Sinov natijalari tekshiruv varaqasiga rasmiylashtirib boriladi,3.3.2-rasmda tekshiruv varaqasi umumiy koʻrinishi tasvirlangan.



    3.3.2-rasm Disk ishlab chiqarish jarayoni tekshiruv varaqasi
    SPS - JARAYONLARNI STATISTIK BOSHQARISH (STATISTICAL PROCESS CONTROL)
    Avvalgi ishlab chiqaruvchi mahsulot yaratishda oxirgi mahsulotni nazorat qilib,talabga nomuvofiq mahsulotni ajratgan. Tortishuv hollarda ayrim tekshirish va tuzatishlar qilinib, xatolar toʻxtatilgan. Bu ikkila holat ham topishga yoʻnaltirilgan boʻlib, mahsulot va xizmat koʻrsatishda vaqt va materiallar yoʻqotilib, doim ham yaroqli boʻlishga olib kelmagan. Hozirgi kunda nuqsonga yoʻl qoʻymaslik, ya’ni oldini olish strategiyasi samara bermoqda. Oldini olish strategiyani koʻpchilik xodimlarga «Birinchi martada toʻgʻri bajar!» shiori bilan etkazilishi mumkin. Shiorni oʻzi kamlik qiladi. XX asrning afsonaviy – insoni deb nom olgan AQSH olimi doktor Edvards Deming shunday deb eslaydi: “aqshlarida statistik metodlarni mutaxassis muxandislarga oʻrgatishim hech narsa bermadi, ammo yaponiyada 1950-60 yillarda tashkilotlarning 20 ming nafar rahbariga kunduzgi va kechki kurs tashkil etib etkazishim natijasida yaponlar dunyo bozorini 4 yilda egallab olishiga olib keldi”. Hozirgi kunda ham yaponiyada ushbu kursga 7 oy oldindan navbatga yozilib, barcha rahbarlar oʻqiydi. Avtomobilsozlik sanoatining birinchi amaliy qoʻllanmasi texnologik jarayonlardagi nomuvofiqlikni oldini olishda qoʻllanadigan samarali metodlardan biri SPC (Statistical Process Control) jarayonlarni statistik boshqarish metodi boʻlib, u 1960 yillarida aqshning (AIAG) avtomobilsozlik sanoati standartlashtirish guruhi va (ASQC) Sifatni boshqarish boʻyicha Amerika jamiyatining avtomobilsozlik boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan. 1990 yilda Kraysler, Ford va Jeneral Motors kompaniyalarning etkazuvchilarni attestatsiyalash va sifatini baholash guruhi AIAG bilan kelishilgan holda SPC metodini qoʻllanma sifatida ishlab chiqqan va etkazuvchilarga qoʻllashni talab etishni boshlagan. Qoʻllanma standartlashtirish guruhi tomonidan 1992- yildan va yillar davomida shu kungacha bir necha marta qoʻshimchalar kiritilib yangilanib kelinmoqda, IATF 16949:2016 Avtobilsozlik sohasi sifat menejmeti tizimi xalqaro standartining 9.1.1.2 va 9.1.1.3 bandlari qoʻyidagilarni talab etadi:

    • Har bir jarayonlar uchun muvofiq statistik metodlar (SPC – nazorat kartalari) kelajak mahsulot sifatini rejalashtirish va boshqarish rejasida (APQP /SR) aniqlangan boʻlishi;

    • Asosiy tushunchalar – quloch (variatsiya), stabillik (turgʻunlik)ni boshqarish, jarayonlar imkoniyati (Cpk, Ppk ) va ortiqcha sozlashlar tashkilot boʻyicha barchaga tushunarli boʻlishi va qoʻllanishi. Asosiy e’tiborni jarayonlarni statistik boshqarish tizimi elementlarini tushunishga qaratish lozim:

    • Jarayonlarni boshqarish tizimi (etkazuvchi, isteьmolchi, 5M, ma’lumotlar samarasi, jarayon va mahsulot) ustida ishlash;

    • Jarayonlar chiqishga oʻzgaruvchanlik (odatiy va maxsus sabablar) ta’sirini oʻrganish;

    • Oʻzgaruvchanlikni tuzatish lokal (15% jarayon ichidagi ishtirokchilar tomonidan) va tizim (85% menejment) ta’sirida bartaraf qilish;

    • Jarayon va uni takrorlanuvchanligini boshqarish;

    • Jarayonlarga takomillashtirish (PDCA)ssiklini qoʻllash;

    • Nazorat kartasi va uni qoʻllash.

    Jarayonlarni statistik boshqarish vositasi boʻlgan nazorat kartasini qoʻllashning ustunligi quyidagilar:

    • Ishchi (operator) jarayoni hozirgi holatini boshqara oladi;

    • Jarayonni stabil ishlashiga yordam beradi, sifat va kam xarajatni ta’minlaydi;

    • Nuqsonni oldi olinadi;  Sifatni oshiradi;

    • Yagona mahsulot tannarxini kamaytiradi;

    • chiqarish unumdorligini oshiradi;

    • Jarayonlar imkoniyatini tahlillash uchun umumiy yagona til yuzaga keladi;

    • Oʻzgaruvchanlik sabablari odatiy va maxsusga ajratiladi, ular lokal yoki tizimli chora koʻrishga yoʻnaltiriladi.

    Jarayon imkoniyatlarini statistik hisobini aniqlash uchun detalni maxsus nazorat stoliga joylashtiriladi, bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

    • Detal nazorat stoliga oson tushushi kerak;

    • Nazorat stoli tutqichlari detalga mahkamlanishi kerak;

    • Nazorat stolida boshqa buyumlar boʻlmasligi shart.

    Nazorat uchun tanlab olingan detalni kerakli nuqtasini qiyoslovdan oʻtgan oʻlchov vositasi yordamida oʻlchaymiz. Oʻlchashda 10 dona detal tanlab olinib ular 3 marotabadan oʻlchanadi, oʻlchov natijalari qayd etib boriladi.
    Olingan natijalarni excel ga kiritish.
    3.3.2-jadval.



    3.3.3-jadval. SPC metodini excel koʻrinishi
    3.3.3-jadval

    Ma’lumotlarni excel ga joylashtirish
    3.3.4-jadval




    MSA dasturida ma’lumotlarni taqdim etilishi.
    3.3.5-jadval

    Olingan natijalarga koʻra jadvallardan foydalanib shuni aytish mumkinki oʻlchash jarayonini qabul qilsa boʻladi.


    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI


    Avtomobil qismlarini ishlab chiqarishda mexnat muxofazasi.
    Ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash hamda sogʻlom va xavfsiz ish sharoitini tashkil etish birinchi navbatda mehnat muhofazasini yaxshilash boʻyicha rejali tadbirlar ishlab chiqish talab etadi. Bu rejali tadbirlar kasaba uyushmalari qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tuzilmogʻi zarur va kerakli mablagʻlar bilan ta’minlanishi lozim. Mehnat muhofazasini yaxshilash boʻyicha bajariladigan barcha ishlar bir yilga, besh yilga va kelajakka moʻljallangan kompleks rejalar asosida amalga oshiriladi.
    Mehnat muhofazasini yaxshilash boʻyicha tuziladigan bir yillik rejada koʻzda tutiladigan tadbirlar tashkilot ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan mehnat muhofazasi boʻyicha jaoma shartnomasida oʻz ifodasini topadi. Jamoa shartnoma loyihasi yil boshida ishchilarning umumiy majlisida muhokamaga qoʻyiladi va u ma’qullangach tashkilot ma’muriyati hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
    Mehnat muhofazasini yaxshilash boʻyicha tuziladigan tadbirlar asosan quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

    1. ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish:

    • barcha yangi qurilayotgan ob’ektlar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi masalalarini qamrov olgan ishlab chiqarish ishlari loyihasi bilan ta’minlash;

    • sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni yana takrorlanmasligi uchun ularni tahlil qilib berish;

    • xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlaydigan yangi moslama va va vositalar ishlab chiqarish.

    1. ishlab chiqarishda kasallanishni oldini olish:

    • ish joylarida va dam olish xonalarida normal mikroiqlim boʻlishini ta’minlash;

    • ishchilar va xodimlarni ishga va ishdan avtobuslarda yoki shu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan avtomobilardagina tashish;

    • belgilangan ish turlari boʻyicha tibbiy koʻriklarni tashkil etish.

    V) Mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun:

    • ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar va yangi texnikalarni joriy etish;

    Xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan musobaqalar tashkil
    etish.
    G) mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha oʻqitish hamda boshqa targʻibot ishlarini olib borish uchun:

    • barcha ishchilar va injener- texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi boʻyicha oʻqitishda, yoʻriqnomalar berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish;

    • xavfsizlik texnikasi va favqulodda holatlarda hayot faoliyat xavfsizligi boʻyicha kabinetlar tashkil etish.

    Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha oʻqitish.
    Yengil avtomobil ishlab chiqarishda har bir faoliyat koʻrsatadigan ishchi va xodim oʻziga biriktirilgan ishni xavfsiz bajarish uchun chuqur bilimga ega boʻlishi zarur. Buning uchun esa ularni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo ’yicha malakali oʻqitish talab etiladi.
    Engil avtomobil ishlab chiqarish sexida ishlab chiqarishdagi barcha ishchilar barcha ishlarning xarakteri va xavfsizlik darajasidan qat’iy nazar mehnat xavfsizligi boʻyicha oʻqitilib, bilimlari tekshirilib koʻrilgandan soʻng ishga ruxsat etiladi. Sexdagi ishchilarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha oʻqitish, ularga yoʻriqnomalar oʻtish orqali amalga oshiriladi.
    Yoʻriqnomalar asosan kirish yoʻriqnomasi, ish joyidagi birlamchi yoʻriqnomasi, navbatdagi yoʻriqnoma, navbatdan tashqari yoʻriqnoma, davriy yoʻriqnomalariga boʻlinadi. Ishchi xodimlarga bu hamma yoʻriqnomalar oʻtkazilib va yana kurs oʻqishlari oʻqitiladi, keyin esa xodimlarga guvohnoma beriladi.
    Ishlab chiqarish sexidagi maxsus kiyim boshlar, shaxsiy himoya vositalari va uning profilaktikasi. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnat qonunlari kodeksi” va “Mehnat qonunlari kodeksi” va “Mehnatni muhofaza qilish” qonunlarni asosida mehnat sharoiti zararli boʻlgan ishlarda, shuningdek alohida harorat sharoitida bajariladigan youi ifloslantiradigan ishlarda ishlovchi xodimlarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim bosh, maxsus poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi.
    Korxona muassasa yoki tashkilot ma’muriyati maxsus kiyim bosh, maxsus poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlashni ta’minlashi, shuningdek bu vositalardan foydalanishni doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
    Engil avtomobil ishlab chiqarish sexida ham bunday sharoit toʻliq yoʻlga qoʻyilgan va mas’ul shaxslar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari ifloslanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda ishloqchilarga belgilangan me’yorlarda sovun va boshqa xil zararsizlantiruvchi vositalar ham tekinga beriladi.
    Maxsus kiyim bosh va shaxsiy himoya vositalarini foydalanish muddatlari oʻrnatilgan boʻlib, u quyidagicha belgilangandir: korjomalar, poyafzallar 12 oy, qoʻlqoplar 1 yoki 2 ry, himoya kaskalari 2 yil, issiq kiyim boshlar 36 oy.
    Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar, shuningdik, mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish - Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286- son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi.
    Mazkur nizom: ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi boʻyicha jazoni oʻtayotgan fuqarolarga, ish beruvchilarga, pudrat va topshiriqlarga koʻra fuqarolik xuquqiy shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga, tabiiy va texnogen tusdagi favqulotda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga, korxonada ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalar va oʻquvchilarga ham tadbiq etiladi. Tabiiy oʻlim, oʻzini-oʻzi oʻldirish, jabrlanuvchining oʻz salomatligiga qasddan shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chogʻida shikastlanishi holatlari tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
    Ish beruvchi tekshirish tugaganidan soʻng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi N-1 shakldagi dalolatnomani berishi kerak.
    Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnika nazoratchisi oʻrtasidagi anglashilmovchilikni bosh davlat nazoratchisi hal qiladi. Quyidagi baxtsiz hodislar maxsus tekshiriladi:
    bir vaqtning oʻzida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar, oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar, oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar;
    Guruhiy oʻlim bilan tugun va oqibati ogʻir baxtsiz hodisa toʻgʻrisida ish beruvchi darhol sxemaga binoan quyidagilarga xabar berish kerak: davlat texnika nazoratchisiga, yuqori turuvchi xoʻjalik organiga.
    Agar baxtsiz hodisa Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga a’zo tashkilotda yuz bersa, u holda kasaba uyushmalrining bosh mehnat texnik nazoratchisi komissiya tarkibiga kiritiladi.
    Besh va undan ziyod kishi oʻlgan baxtsiz hodisalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
    Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxonadagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini. Agar zarur boʻlsa, tarmoqning boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
    Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarning bajarilganligi haqida maxsus tekshirish oʻtkazishni boshqargan bosh davlat mehnat texnika nazoratchisiga, “Oʻz sanoat kontexnazorat” davlat qoʻmitasining ob’ektlar nazorati ostida boʻlgan mahalliy organlariga yozma ravishda axborot beradi.
    Payvandlashda xavfsizlik texnikasiga qoʻyiladigan asosiy talablar.
    Qoplamali elektrodlar bilan qoʻlda elektr-yoyi yordamida payvandlashda juda koʻp miqdorda chang ajralib chiqadi, buning natijasida payvandlovchining nafas olish zonasida uning toʻplanishi hamma vaqt chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan miqdordan ortiq boʻladi). Changning asosini temir oksidlari tashkil eladi, unda Mn. Cr. Ni. V, Mo va boshqa elementlar birikmalarining aralashmalari ham boʻladi. Payvandlashda gazlar azot oksidlari, uglerod oksidlari va ba’zan ftor hosil boʻladi. Marganes oksidlari va ftorli birikmalarning miqdori temir oksidlari miqdorga taqqoslanganda uncha koʻp emas, biroq elektrodlar va uning qoplamalarini tanlashda ular oʻzining zaharliligi tufayli hal qiluvchi rol oʻvnaydi.
    Payvandlashdan hosil bolgan chang juda mayda. Oʻlchami

    1. mkm dan kichik boʻlgan zarrachalar miqdori 98...99% ni tashkil etadi, bu esa ulaming oʻpka toʻqimalariga kirishiga imkoniyat tugʻdiradi; elektr bilan payvanlashdagi changning

    1. ..,70% ini nafas olish apparatlari ushlab qoladi.

    Payvandlash yoyining harorati yetarli darajada katta - 6000°C ga yaqin, shuning uchun u infraqtzildan to ultrabinafsha radiatsiyagacha boʻlgan keng diapazondagi nur energiyasining manbayi hisoblanadi:
    Flyus ostida avtomatik va yarimavtomatik payvandlash payvandchining ishlash sharoitlarini ancha yaxshilaydi, chunki yoy flyus qatlami ostida yonadi va uning koʻz organlariga zararli ta’siri bartaraf eliladi. Bundan tashqari, metall tomchilari bilan kuyib qolish xavfi barataraf eliladi, avtomatik payvandlashda esa, mehnal jarayonini ancha yengilltashadi. Biroq, ishlab chiqarish xonalaridagi havo muhiti gazlar va flyus changining zarrachalari bilan ifloslanadi. Bu holda, ayniqsa, ba’zi flyuslarda boʻladigan ftorli birikmalaring bugʻlari xavflidir. Erimaydigan elektrodlar bilan inert gazlar muhitida qoʻlda payvandlashda juda kam miqdorda chang ajralib chiqadi, ancha kam miqdordagi shlak hosil boʻladi.
    CO, muhitida payvandlashda chang va gazlar ozon, azot oksidlari, uglerod (II)- oksid CO ajraladi. Himoya gazlari havodan kislorodni siqib chiqaradi, agar havodagi kislorod miqdori 15% dan kamaysa
    (masalan, berk, yomon shamol latiladigan xonalarda ishlaganda) zaharlanish yuz berishi mumkin. Payvandlovchining sogʻligi uchun marganes va uglerod (II)- oksid bilan zaharlanish eng xavflisidir. Maxsus poʻlatlarni xrom-nikelli elektrodlar bilan payvandlashda qoʻshimcha xavf tugʻdiradi. Bu xrom va nikel oksidlari ajralishi bilan bogʻliq, ruxlangan poʻlatlarni payvandlashda rux oksidlari ajraladi Argon-yoy yordamida eriydigan va erimaydigan elektrodlar bilan payvandlashda ham ancha koʻp miqdorda chang va gazlar (ozon, azot oksidlari, payvandlanadigan materiallar elementlarining oksidlari) ajraladi. Hosil bo ’lgan gazlardan eng xavtlisi ozon O3 dir, u uncha koʻp boʻlmagan miqdorda ham zaharlanishga sabab boʻlishi mumkin. U har qanday himoya gazlari muhitida payvandlanganda ham elektr razryadlar, ultrabinafsha nurlanish va yoyining yuqori harorati ta’sirida hosil boʻladi.
    Argon muhitida erimaydigan elektrod bilan payvandlashda elektr payvandlash aerozoli va marganes oksidlar uncha koʻp ajralmaydi. Konstruksiyalarni tayyorlashda va montaj qilishda qoʻllaniladigan gazlardan geliy eng yengil gaz boʻlgani uchun berk xonalarning yuqorigi qismida toʻplanadi, argon va uglerod oksidi eng ogʻir gazlar boʻlgani uchun xonalarning pastki qismida toʻplanadi, azot xonalarning balandligi boʻyicha bir tekis tarqaladi.
    Metallami gaz bilan payvandlash xonalarning uglerod oksidi, azot oksidlari, asetilen va boshqa yonuvchi gazlar bilan toʻlib qolishi bilan bogʻliq. Hamma yonuvchi gazlar kislorod yoki havo bilan aralashib, hatto uchqun chiqqanida ham portlab ketadigan aralashmalar hosil qiladi. Masalan, asetilen uchun uning havo bilan aralashrnasi portlash jihatidan eng xavflisidir. (havoda 21...82% asetilen boʻlganida) va kislorodli aralashmasida asetilen 2.3% dan koʻp boʻlganida xavflidir.
    Siqilgan kislorod yogʻli moddalar yoki mayda disperslik holatida turgan qattiq yoqilgʻilar bilan oʻzaro ta’sirlashganida ulaming bir onda oksidlanishi yuz beradi, bunda ajralgan issiqlik esa, ulaming oʻz-oʻzidan yonib ketishiga yordam beradi. Bu hol odamlaming kuyishiga va yongʻin hattoki portlash yuz berishiga olib kelishi mumkin.
    Yoy bilan payvandlashda nurlanishlar (koʻrinadigan, ultrabinafsha, infraqizil nurlar) kasbiy kasalliklar keltirib chiqarishi jihatidan zararlidir; ultrabinafsha nurlanishlar eng xavflisidir, ular koʻzning oʻtkir kasalligi elektrooftalmiyani keltirib chiqaradi.
    Payvandlash ishlab chiqarishida koʻpincha me’yoridan ortib ketadigan shovqin, titrash va ultratovushning zarari ham kam emas.
    Payvandlovchi odatda gavdaning noqulay va kuchli zoʻriqqan holatida ishlashiga toʻgʻri keladi, bundan tashqari, korxoma payvandlovchining harakatlarini ancha siqib qoʻyadi. Berk boʻshliqlarda ishlash sharoillari ayniqsa ogʻirdir.
    Payvandlovchilarning kasbiy kasalliklariga va zaharlanishlariga quyidagilar kiradi: pnevmokonioz, marganes bilan zaharlanish va payvandlash gazlari bilan kuchli zaharlanish. Bu kasalliklarning oldini olish uchun kompleks sogʻloinlashtirish tadbirlarini oʻtkazish zarur: eng gigiyenik payvandlash usullari va zaharliligi kam payvandlash materiallaridan toydalanish, shamollatish, berk boʻshliqlarda kam hajmli ish bajarish, gigiyenik mehnat rejimiga rioya qilish va shaxsiy himoya vositalaridan foydalamsh.
    Payvandlashda xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzish:

    • elektr toki bilan, yoyining ultrabinafsha va issiqlik nurlanishi bilan shikastlanishga;

    • ballonlar, rainpalar, reduktorlarning portlashidan lat yeyishga;

    • choklarni va gorelka soplosini shlakdan tozalashda va metall tomchilaridan tozalashda koʻzning shikastlanishiga;

    • ajraladigan zaharli changlar va gazlar bilan zaharlanishga, shuningdek, himoya va yonuvchi gazlar bilan zaharlanishga;

    • erigan metall hamda erituvchilaming alangalanishidan kuyib qolishga;

    • payvandlovchining qish vaqtida montaj qilish ishlanni bajarishida sovib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.

    Payvandlashning xavfsiz usullari yoʻq. Masalari, elektron-nur yordamida payvandlashda rentgen nurlari, ultratovush bilan payvandlashda ultratovush bilan nurlanish xavfli boʻlsa, kontaktli payvandlashda elektrodlarni siqishda lat yeyish mumkin, magnitli-impulsli payvandlashda kuchli magnit maydonlari ta’sir qilishi mumkin. Portlash yordamida payvandlashda asosiy xavf portlovchi moddalar ishlatish bilan bogʻliq.

    1-rasm xavfsizlik qoidalari



    Download 7,89 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 7,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 7,89 Mb.