|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent menejment va iqtisodiyot instituti nodavlat oliy ta’lim tashkiloti
|
bet | 6/6 | Sana | 30.08.2024 | Hajmi | 80,86 Kb. | | #270081 |
Bog'liq Dasturlash1 sillabus
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy balli har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq quyidagi formula orqali hisoblanadi:
YaB =JN+ON+YaN
bu yerda: JN – joriy nazorat; ON – oraliq nazorat; YaN – yakuniy nazorat.
bunda, (JN+ON)≥ 30 ball; YaN≥30 ball bo‘lishi talab etiladi.
Eslatma: Joriy nazorat va oraliq nazorat uchun ajratilgan jami ballar
(50 ball) ning kamida 60 foizi (30 ball)ni to‘play olmagan va fan uchun belgilangan umumiy soatning 25 foizi va undan ortiq soatni uzrli sababsiz dars qoldirgan talabalarga yakuniy nazoratga kirishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, yakuniy nazoratda ishtirok etib, yakuniy nazorat uchun ajratilgan jami ball (50 ball) ning kamida 60 foizi (30 ball)ni to‘play olmagan (ya’ni, qoniqarsiz baho olgan) talaba mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi va akademik qarzdor hisoblanadi.
IX. Akademik talablar
O‘qituvchi va talaba o‘trasidagi o‘zaro munosabat samimiy va beg‘araz bo‘ishi lozim, talaba mustaqil bajargan topshiriqlarni belgilangan tartibda elektron pochta yoki o‘quv platforma orqali yuboradi va javobni ham shu tartibda oladi. Belgilangan muddatda bajarilmagan topshiriqlar qayta qabul qilinmaydi.
X. Ushbu o‘quv dasturi (sillabus) Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti kengashining 2024-yil “___” ______ dagi ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Ushbu o‘quv dasturi (sillabus) Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti “Muhandislik va axborot texnologiyalari” kafedrasining 2024-yil “___” ______ dagi ____-sonli yig‘ilishi bayonnomasi bilan ma’qullangan.
XI. Taqrizchilar
-
Z.Abdullayeva –
Sh.Toirov –
|
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU “Informatika” kafedrasi mudiri, t.f.f.d.
TMII “Muhandislik va axborot texnologiyalari” iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, t.f.f.d.
|
XII. Mazkur o‘quv dasturi (sillabus) kunduzgi taʼlim shakli uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakli uchun sillabuslar ishlab chiqiladi.
Kafedra mudiri O.X. Turakulov
Tuzuvchi S.N.Iskandarova
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent menejment va iqtisodiyot instituti nodavlat oliy ta’lim tashkiloti
|