Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 21/1-guruh talabasi abdukarimov shohruxning




Download 223,15 Kb.
bet3/4
Sana24.05.2024
Hajmi223,15 Kb.
#252654
1   2   3   4
Bog'liq
Abdukarimov Shohruh dars ishlanma1

Yangi mavzu bayoni: Oliy nerv sistemasi bosh miya yarimsharlari va ularning po'stlog'i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi hisoblanadi. Odamning xulq-atvori, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo'lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po'stlog'ida joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog'liq. Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini oliy nerv faoliyati belgilaydi. Odamning oliy nerv faoliyati esa bosh miya yarim sharlari va ularning po'stlog'ida joylashgan nerv hujayralarining normal funksiyasiga yoki ulardagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ulaming bir-biriga munosabatiga bog'lig. I.P.Pavlov ko'p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko'ra odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 guruhga bo'lgan.
O'gituvchi o'quvchilarning e'tiborini doskada yozilgan jadvalga qaratadi.

  1. jadvalda Xolerik. Kuchli, qo'zg'alish tormozlanishdan ustun bo'lgan muvozanatsiz tur.

  2. jadvalda Sangvinik. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tur.

  3. jadvalda Flegmatik. Kuchli, muvozanatlashgan, kam harakatdir.

  4. jadvalda Melanxolik. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo'zg'alishdan ustun tur.

O'qituvchi har bir tur haqida va unga kiruvchi bolalarning fe'l- atvori haqida ma'lumot beradi.
Xoleriklarga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez o'rtoqlashib, tez urishib qoladigan, arzimas narsaga yig'lab, o'zidan-o'zi kuladigan xususiyatga ega bo'ladi. Bunday bolalarni zehni yaxshi bo'ladi-yu, ammo xulq-atvori juda murakkab bo'lib, ularning tarbiyasi ota-ona va o'qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug'diradi.
Sangviniklarga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan, atrofdagi kishilar va o'rtoqlari bilan yaxshi munosabatda bo'ladi.
Flegmatiklarga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo'ladi, har bir ishni shoshmasdan nihoyasiga yetkazib bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va o'rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo'ladi.
Melanxoliklarga kiruvchi bolalar kam harakat, ishyoqmas, qo'rqoq, mustaqil fikrga ega bo'lmagan, fikrlash qobiliyati past bo'ladi.
Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko'rsatilgan turlari tug'ma, ya'ni nasldan-naslga berilgan bo'ladi. Bu belgilar asosan bolaning yoshlik davrlarida yaqqol ko'rinadi, yoshi kattalashgan sari tashqi muhit, ota- ona, o'qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta'siri natijasida ayrim turga xos bo'lgan belgilar ma'lum darajada o'zgaradi. Ayniqsa, birinchi va to'rtinchi tur vakillarida ancha sezilarli bo'ladi.
Shundan so'ng o'qituvchi o'quvchilar bilan qisqacha savol-javob qiladi.

Download 223,15 Kb.
1   2   3   4




Download 223,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 21/1-guruh talabasi abdukarimov shohruxning

Download 223,15 Kb.