O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim




Download 1,5 Mb.
bet2/14
Sana31.05.2024
Hajmi1,5 Mb.
#258730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nurmanova N Kabellarning xususiyatlari

KIRISH

Axborotlashgan jamiyatda nafakat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi ham o’zgaradi. Bu jamiyatni sanoat jamiyatda farqi shunday bo’ladi, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chikiladi va iste’mol etiladi. SHuning uchun bu jamiyatda akliy mexnat darajasi ko’payadi. Insondan ijodiyotga kobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommnikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Informatikaning inson faoliyatining mustakil soxasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga tug’ri keladi, uning paydo bo’lishi 70-yillar urtalarida ikkinchi elektron inkilobini boshlab berdi. SHu davrdan boshlab xisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafakat kompyuter texnikasi yutuklarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni o’zatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham boglanadi.
Insoniyat sanoat jamiyatidan axborotlashgan jamiyatga o’ta boshladi. Bu o’tish jarayoni axborotlashtirish jarayoni deb ataladi.
Axborotlashtirish - jamiyatdagi mexnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi har bir inson uchun yetarli miqdorda axborot darajasini saqlash, axborot tizimlarini va texnologiyalarni yaratish, qo’llash va rivojlantirishga olib keluvchi jarayondir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tish muammolariga O’zbekiston Respublikasida ham katta ahamiyat berilmoqda. Respublikada axborotlashtirish jarayonini jadallashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo’mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo’yicha bosh boshqarmasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi FTDQ tashubbusi bilan “Axborotlashtirish haqida” (1993 yil, may), “ EHM va mahlumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida” (1994 yil, may) qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish kontseptsiyasi qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi “Tahlim to’g’risida”gi qonunida hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida yuksak malakali, chuqur bilimli kadrlar tayyorlash davr talabi sifatida qo’yilgan. Bunday malakali kadrlar, albatta hozirgi zamon axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. CHunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog’liq bo’lib qolmoqda. Xoxlagan soha mutaxassisi mahlumotlar to’plamida to’g’ri yo’nalish olishi uchun, u kompg’yuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo’llashni bilishi shart.
Respublikamizda jamiyatimizni axborotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, 1993-yil 7-may va 2003-yil 11-dekabrdagi “Axborotlashtirish to`g`risida”gi qonun, 2002-yil 30- mayidagi “Kompyuterlashtirish va axborot komunikatsiya texnologoyalarini qo`llashni rivojantirish ” haqidagi qaror, 2003-yil 11-dekabrdagi “Elektron raqamli imzo haqida” gi qonun va 2004-yil 29-apreldagi “Elektron hujjat yuritish” haqidagi qonuni fikrimizning dalilidir.



Download 1,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim

Download 1,5 Mb.