|
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 10/11 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 322,22 Kb. | | #263571 |
Bog'liq Bolalarni miqdor va tartib sanoqqa ōrgatish sanoq bōlimi yuzasidan kōrgazmali qurol yasash.Xulosa:
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik asoslari. Boshlang'ich matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta'lim muammolari. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi.O’qitish mazmuni va yo’llarining umumiy tavsifi o`tilgan mavzuning mazmuniga bog`liq holda o`quvchilarning hayotda kuzatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni bilganliklarini aniqlash; — o`tilgan mavzu va, hatto ilgari o`tilgan matеriallarni (ma’lumotlarni) qayta esga tushirish; — o`quvchilarning bayon qilinayotgan ma’lumotni qanchalik idrok qilayotganliklarini aniqlash .
Darslik bilan ishlash ta’lim jarayonida o`qish-o`qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bеrsa. ikkinchi tomondan, o`quvchilarning kеlajakdagi faoliyati uchun zarur bo`lgan ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o`qib-o`rganish madaniyatini tarkib topdirish bilan birga u bolalarni ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega.
Maktabga tayyorlash guruhida bolalar sonlarning teskari kelish tartibi bo‘yicha sanashga o‘rgatiladi. Dastlab bunday mashqlar konkret materialda o‘tkaziladi. Bunday mashqlarni uncha katta bo‘lmagan sonlardan boshlash tavsiya etiladi. Masalai, tarbiyachi stoliga 5 ta o‘yinchoq (buyum) qo‘yilgan. Bolalar bu buyumlarni sanab bo‘lganidan keyin tarbiyachi ularni bittadan olishni aytadi, bolalar esa qolgan o‘yinchoqlar sonini (... beshta ... to‘rtta ..:uchta, ikkita :.,bitta :;. hech nima) aytishlari kerak.Mashqdan mashqqa o‘tilgani sari buyumlar miqdori ko‘paytirib boriladi. Shundan keyin bolalarda sonlarni teskari tartibda ko‘rgazmali materialsiz ayta olish malakasi asta-sekin hosil qilina boradi.
Shu maqsadda “Keyingi (oldiigi) sonni ayt”, “Sanashni davom ettir”, “Kichik sonni ayt”, “Kim katta?”, “Koptokni ushla” kabi og‘zaki didaktik o‘yinlar tavsiya qilinadi. Maktabgacha yoshidagi bolalar raqamlar bilan tanishganlaridan keyin, bunday o‘yinlar raqamlardan foydalanib o‘tkaziladi. Bolalar raqamli kartochkalarni natural qator sonlarining kelishi tartibida joylashtiradilar. So‘ngra tarbiyachining topshirig‘iga binoan sonlarni teskari tartibda (beshdan boshlab, yettidan boshlab, to‘qqizdan boshlab kabi) aytadilar.Bolalar buyumning boshqa buyumlar orasidagi tartibini aniqlashda sanoqning yo‘nalishi muhim ahamiyatga egaligini bilib oladilar. Tarbiyachi har doim «qancha?» savoliga sanab chiqilgan buyumlarning hammasi qanchaligini aytish bilan, «qaysi?» («sanoq bo‘yicha nechanchi?») savoliga bir buyumning boshqa buyumlar orasidagi o‘rnini bilib, javob berish kerakligini va birinchi, ikkinchi, uchinchi deb sanash kerakligini eslatadi va ta’kidlaydi. Bolalarni «qaysi?», «nechanchi?» savollarini tushunish va farq qilish bo‘yicha mashq qildirish uchun ularni buyumlarning kattaligi va rangiga qarab taqqoslash malakalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, ularga rangli qog‘oz bo‘lagi hammasi bo‘lib qanchaligini; yuqoridagi birinchi bo‘lak qanday rangda ekanini; qaysi bo‘lak beshinchi, yashil bo‘lak hisob bo‘yicha nechanchi ekanini, qora bo‘lak hisob bo‘yicha nechanchi ekanini topish topshirig‘i beriladi. Bunday topshiriqlarda geometrik shakllar – katta uchburchak, doira, uchburchak, to‘rtburchak, rangi bir xil, ammo har xil kattalikdagi katta uchburchak, katta doira, katta to‘rtburchaklardan foydalanish mumkin. U («Katta doira sanoq bo‘yicha nechanchi?, qaysi shakl to‘rtinchi? Katta to‘rtburchak sanoq bo‘yicha nechanchi?» Keyingi shaklni ayting. U qanday? Oltinchi shakl nima deb ataladi?»). «Qaysi?» savolini tushunish malakasi hafta haqidagi bilimlarni aniqlashga doir mashqlarda ham mustahkamlanadi. Masalan, tarbiyachi haftaning birinchi kuni nima?, haftaning uchinchi kuni qanday atalishini, haftaning nechanchi kuni payshanba? va h. k. savollarni har xil ifodalashi kerak. Bu ham diqqatni to‘plash, ham bilimlarni yanada chuqur o‘zlashtirishga imkon beradi. O‘yin usullari ham samaralidir. Chunonchi, o‘qituvchi gapiradi va u o‘z nutqini flanelegrafda namoyish qilish bilan kuzatib boradi. O‘tloqda qanday hayvonlar borligini ayting. Hayvonlarni narigi qirg‘oqqa o‘tkazish kerak. Ko‘prik tor bo‘lgani uchun ular bir-birining orqasidan ketma-ket ketishadi. Diqqat bnlan qarang, nima birinchi ketmoqda Sigirning orqasidan tengliklarni aytishga o‘rgatish davom ettiriladi. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik asoslari. Boshlang'ich matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta'lim muammolari. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi.O’qitish mazmuni va yo’llarining umumiy tavsifi o`tilgan mavzuning mazmuniga bog`liq holda o`quvchilarning hayotda kuzatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni bilganliklarini aniqlash; — o`tilgan mavzu va, hatto ilgari o`tilgan matеriallarni (ma’lumotlarni) qayta esga tushirish; — o`quvchilarning bayon qilinayotgan ma’lumotni qanchalik idrok qilayotganliklarini aniqlash .
|
| |