-mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar




Download 386,08 Kb.
bet42/66
Sana15.05.2024
Hajmi386,08 Kb.
#234492
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy

8-mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar
Reja:

  1. Etnik, milliy va mintaqaviy muammolarga yo‘naltirilgan psixologik, diniy va madaniy tahdidlar.

  2. Hozirgi dunyoda terrorizm, ekstremizm va diniy tahdidlar: moslashuv va mafkuraviy kurash.

  3. Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi: milliy, mafkuraviy va axborot hurujlarini bartaraf etishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalari

Din – jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini shakllantirishning eng ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo, bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo'lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi vosita bo'lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu – diniy g'oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o'rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi demakdir. Bu jrayonda asosiy ob'yekt inson ongi hisoblanib, unga ta'sir etish yo'nalishlari turli tumandir.
Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko’ra turli ko’rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo'lib, ularning umumiy soni ikki yuzga yaqindir. Ular bir xudoli va ko'p xudoli, urug'-qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo'lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e'tiqodiy bo'linishida bo'lib qolmoqda. Aynan mana shu bo'linish sabab turli-xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, inson ruhiyatiga sokinlik, xotirjamlik, ma'naviy madad berish uchun asrlar osha shakllanib kelgan «din» – azob beruvchi, ma'naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi vosita bo'lib qolmoqda.
Savol: insonni ma'naviy kamolot sari yetaklovchi, uning qalbida yaxshi va yomon (savob va gunoh, halol va harom) tushunchalarini uyg'otish uchun asrlar osha shakllanib kelgan bu fenomenga nisbatan bunday (salbiy) tamg'alarning bosilishiga kim yoki nima sabab bo'lmoqda?
Albatta javoblar turli tuman bo'lishi tabiiy, ammo quyida asosiy sabablarni keltirib o'tamiz:

Download 386,08 Kb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Download 386,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar

Download 386,08 Kb.