|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 44/66 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 386,08 Kb. | | #234492 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliyTo'rtinchidan, diniy e'tiqoddagi uzilish va sun'iy tarzda yondashuvning avj olishi. Tarixdan bizga ma'lumki, sharq mamlakatlarida so'ngi ming yillik mustamlakachilik siyosati ta’sirida o'tdi. Buning natijasida insonlar e'tiqodida tom ma'nodagi yemirilish yuzaga keldi. Xususan, XX asrda dunyoning ikki tizimga bo'linishi tufayli yuqoridagi muammolar (diniy e'tiqoddagi bo'linish, turli manfaatlarni siyosiy-iqtisodiy tus olishi) bir oz (vaqtinchalik) ortga surildi. Ammo XX asrning oxirida kommunistik tuzum va mafkuraning mag'lubiyati sababli oldingi muammolar yana qalqib chiqa boshladi. Ya'ni industrial davlatlar bilan rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o'rtasidagi ziddiyatlarning avj olishi natijasida mazkur muammolar turli ko'rinishlarda, xususan din sohasida o'ta keskin tus oldi. Buning oqibatida hech bir diniy qarashlarga to'g'ri kelmaydigan qarashlar (guruhlar)ni yuzaga kelishida zamin yaratildi. Bular qatoriga diniy ekstremizm, ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar o'ta jangarilik, 8 murosasizlik g'oyalari bilan qurollangan, dunyoviy g'oyalar va dindagi modernistik yo'nalish tarafdorlarini ta'qib etuvchi, hatto terrorchilik vositasida jismonan yo'q qilishgacha boruvchi ashaddiy aqidaparastlarni ko'rsatish mumkin.
DINIY TAHDIDNI YUZAGA KELTIRUVCHI OB'YEKTIV VA SUB'EKTIV OMILLAR. Har qanday hodisaning shakllanishida ma'lum bir shart-sharoitlar sabab bo'ladi, ya'ni sabab va oqibat natijasida yuzaga keltiruvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida o'z mavjudligini tashkillashtiradi, shakllantiradi va rivojlantiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi globallashuv davrining dolzarb muammosi sifatida qaralayotgan diniy tahdidlarning ham yo'nalishlari, shakl va darajalari mavjuddir.
Diniy tahdid tushunchasini ijtimoiy hayotga kirib kelishiga sabab bo'lgan ob'ektiv omillar:
– g'oyaviy savodsizlik –mafkuraviy jihatdan yetarli bilim, malaka, ko'nikmaga ega bo'lmagan insonlarga xos xususiyat. G'oyaviy savodsizlikning asosini mustaqil fikrga, e'tiqodga, iroda va dunyoqarashga ega bo'lmaslik tashkil etadi.
– g'oyaviy mutaassiblik – to'g'ri deb hisoblangan muayyan fikr, g'oya, aqida va yo'ldan boshqa hamma narsani noto'g'ri, yolg'on deb bilish, ko'r-ko'rona inkor etishga asoslangan qarashlar va amaliyot.
– g'oyaviy bo'shliq – bo'shliq eski tuzumga o'tish jarayonida oldin hukmronlik qilib kelgan mafkura o'tmishga aylangach, taraqqiyot talablariga mos ravishda uning o'rnini bosadigan ilg'or g'oyaviy tizimning hali shakllanmagan holati.
– informatsion xavfsizlik – jamiyat axborot maydonini himoya qiladigan, insonga, fuqaroga, davlatga xizmat qiladigan tushuncha.
– mafkuraviy xavfsizlik – mamlakatda yashayotgan xalqlarning milliy tili, urf-odati va qadriyatlariga ega bo'lishi.
|
| |