O’zbekiston respublikasi oliy va maxsus ta’lim vazirligi yestj 46-20 Guruh Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti To’qima tuzilishi va loyihalash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi




Download 47,69 Kb.
bet1/2
Sana29.11.2023
Hajmi47,69 Kb.
#107671
  1   2
Bog'liq
SARVAR TTL mustaqil ish
adabiyot, Документ DOC, chekli elementlar metodining hisoblash matematikasi masalalarini yechishda qollanishi, SARVAR TJA mustaqil ish, S Menejment -bu boshqaruv munosabatlari, MUstaqil ish, D a s t u r annotatsiya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


YeSTJ 46-20 Guruh
Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti
To’qima tuzilishi va loyihalash
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: ABDURAHIMOV SARVAR
QABUL QILDI: TOSHTEMIROV Q
MAVZU: O’zbekistonda ilg’or va zamonaviy qo’shma korxonalarda qo’llanilayotgan yangi texnika va texnologiyalar.
REJA:
1.Texnologiya tushunchasi.
2. Ishlab chiqarish va uning jarayonlari.
3. Ilmiy texnika taraqqiyoti va texnologiya.
Texnologiya — term ini fanga birinchi m arta 1872-yili kiritilgan bo‘lib, u grekcha «texnos» — san’at yoki hunar va «logos» — fan so‘zlaridan tarkib topgan. Shunday qilib, bu so'zning to’liq ma’nosi «hunar fani» demakdir. Bu fan xomashyolardan keng miqyosda xalq iste’mol buyumlari va mahsulotlariga hamda ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jarayonlarini o‘rgatadi. Masalan, rudalardan metallar olish, paxta tolasidan gazlamalar ishlab chiqarish, donlardan ozuqa mahsulotlari olish, metallarga ishlov berish hamda turli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar shular jumlasidandir. Shu bilan birga, ana shu mahsulotlarni olishda iqtisodiy jihatdan qulay yo‘llarni izlab topadi. Qayta ishlash vaqtida yuz beradigan jarayonlar fizikmexanik va kimyoviy bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarishning barcha turlari ikki katta texnologiyaga: mexanik texnologiya hamda kimyoviy texnologiyaga bo'lib o’rganiladi. Mexanik texnologiya xomashyoni qayta ishlash vaqtida materiallarda (chuqur ichki kimyoviy o‘zgarishlarsiz) sodir bo‘ladigan, tashqi shakli va o'lcham larining hamda, ba’zan fizik xossalarining o ‘zgarishi bilan bogliq jarayon va usullarni o ‘rganadi. Masalan, metalldan tishli g‘ildirakcha ishlash yoki paxta tolasidan gazlama ishlab chiqarish shular jumlasidandir. Bunday ishlab chiqarishlarda asosan fizik o‘zgarishlargina sodir bo‘ladi. Kimyoviy texnologiya boshlang‘ich moddalarning kimyoviy tarkibi va ichki tuzilishining o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Masalan, tabiiy gazni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan metandan vodorod, etilen, atsetilen, metil spirti va boshqa mahsulotlar olish mumkin. Sanoat tarmoqlari texnologiyasining asosiy vazifalaridan biri bu jarayonlarning optimal variantlarini ishlab chiqishdan, ya’ni 6 kam m ablag‘ sarflab, m ahsulot m iqdori va sifatini oshiradigan asbob-uskunalar, agregatlar yaratish, shu mahsulotlarni tayyorlash uchun kerakli materiallar tanlash, jarayonlarning ratsional sxemalarini tuzish hamda bu jarayonlarga mos texnologik parametrlar, harorat, bosim, siklning uzluksizligi va boshqalarni tanlashdan iborat. Har qanday ishlab chiqarishning texnologik darajasi uning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta ’sir etadi, shuning uchun iqtisodchilar hozirgi zamon texnologiyasidan yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Sanoat tarmoqlari texnologiyasi va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshi bilgan holdagina xo‘jalik faoliyatini sifatli analiz qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash hamda uning rezervlarini ochib berish, rejalashtirish, normallashtirish, moliyaviy ishlarni amalga oshirish va demak, muhim xo‘jalik masalalarini to‘g‘ri hal qilish, kam mehnat va mablag‘ sarflab yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishish mumkin.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i bo‘lib, u butun xalq xo'jaligining rivojlanishi darajasini belgilab beradi. Sanoatda ishlab chiqarish qurollari va vositalari hamda xalq iste'moli mollarining asosiy qismi bunyod etiladi. Mehnat predmeti (kishi m ehnati yo‘naltirilgan buyum)ga bo‘lgan ta’sir xarakteriga qarab sanoat konchilik sanoati va ishlov berish tarmoqlariga bo‘linadi„ Birinchi tarmoq, ruda, ko‘mir, neft, gaz va boshqa tabiiy xomashyo qazib olish, gidroelektrostansiyalar va boshqa korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tarmoqqa esa qora va rangli metallar, prokatlar, kimyoviy va neft-kimyo mahsulotlari, qurilish materiallari, o‘rmonchilik, oziq-ovqat va boshqa xalq iste’moli mollari
Mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, atom, issiqlik elektrostansiyalari kiradi. 0 ‘zbekistonda sanoatning quyidagi tarm oqlari muvofiq ravishda rivojlanib bormoqda:
A) metallurgiya kompleksi;
B) mashinasozlik kompleksi;
D) neft-kimyo kompleksi;
E) agrosanoat kompleksi;
Sanoatning rivojlanishi din am ik xarakterga ega bo ‘lib, unda doim o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi. Sanoat ishlab chiqarish o‘zaro bog‘liq bo'lgan mehnat jarayonlari va tabiiy jarayonlar yig‘indisidan iborat. Bu jarayonlar yordamida korxonaga keltirilgan xomashyoga ishlov berishda ularni tashishga, ko‘chirishga, nazorat qilishga, ishlab chiqarish uchun zarur bolgan jihozlar va turli xil energiya bilan ta’minlash uchun juda ko‘p m ehnat sarf qilinadi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik, transport, energetik va shu kabi bir qancha jarayonlardan iborat boladi. Lekin ishlab chiqarish asosini texnologik jarayonlar tashkil etadi. Texnologik jarayonlar yordamida xomashyo ishlab chiqarish mahsulotiga aylantiriladi. Texnologik jarayonlar turli prinsip asosida, masalan, ishlatilayotgan xomashyo turiga ko‘ra (neft, o‘simlik va hayvonot xomashyolari texnologiyasi), olish usullariga ko‘ra (oksidlash, qaytarish, elektrlash, suyultirish va hokazo), ishlatilishiga ko‘ra (qog‘oz, plastmassa va qurilish m ateriallari texnologiyasi) tasniflanadi. Texnologik jarayonlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) davriy j a rayon; 2) uzluksiz jarayon; 3) kombinatsiyalashgan (davriy, uzluksiz) jarayon. Davriy jarayonda kerakli miqdordagi xomashyo apparatga tushiriladi, texnologik jarayonlar o ‘tkaziladi va tayyor mahsulot chiqarib olinadi. So‘ngra apparatni yuvib, tozalab, yana yangi xomashyo tushiriladi va yuqoridagi jarayonlar takrorlanadi. Bu ish ko‘p m arta qaytariladi. Davriy jarayonga davriy ishlaydigan pechlarda g‘isht pishirish va po‘latga term ilk ishlov berish jarayonlarini misol qilib olish mumkin. Uzluksiz jarayonlarda apparatning hamma qismlarida kerakli parametrlar (harorat, bosim va hokazo) o‘zgarishsiz saqlanadi. pparatga bir tomondan to‘xtovsiz sur’atda xomashyo tushirib turiladi va qayta ishlanayotgan material ketma-ket bir qancha bosqichlardan o ‘tib, tayyorm ahsulot sifatida ikkinchi tomondan to‘xtovsiz ravishda chiqarib turiladi. Bunday apparatlarda uzluksiz jarayonlar ma’lum vaqt davomida to‘xtovsiz ravishda olib boriladi. Ba’zan uzluksiz jarayonlarda apparatga xomashyo bo‘lib tushiriladi, tayyor mahsulot ham alohida-alohida chiqarib olinadi, lekin umumiy jarayon to‘xtatilmaydi, ya’ni uzluksizligicha qoladi. Bunday jarayonlar kombinatsiyalashgan yoki uzluksiz davriy jarayonlar deb yuritiladi (domna pechida cho‘yan, marten pechlarida poiat suyuqlantirib olish va hokazo jarayonlar). Yuqorida qayd etilgan jarayonlardan uzluksiz jarayon iqtisodiy jihatdan bir muncha samarali hisoblanib, u quyidagi afzalliklarga ega:
1) Apparatga xomashyo tushirish va tayyor m ahsulotni chiqarib olish davomida apparat sovimaydi va uni kerakli darajagacha qizdirish uchun qo‘shim cha yoqilg‘i ham da energiya sarflanmaydi;
2) Jarayonlarni m aksimal darajada mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin;
3) Jarayonlardan ajralib chiqayotgan gazlar issiqligidan takror foydalanish mumkin;
4) Texnologiya rejimining doimiyligi natijasida apparatning ishi yengillashadi, uni foydalanishga topshirish bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlar kam, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati yaxshi bo‘ladi. Texnologik jarayonlarda reaksiyaga kirishayotgan birikmalar oqimining yoki bu birikmalar oqimi bilan issiqlik oqimining turli xil yo‘nalishlari uchraydi. Shu oqim larning yo‘nalishiga ko‘ra jarayonlar to‘g‘ri yoki parallel oqimli, qarama-qarshi oqimli va kesishma oqimli bo'ladi.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonada texnikani, ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy mehnat mahsuldorligining o‘sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi m ehnatni va boshqarishni tashkil etishda namoyon boiadi. Texnologik jarayonlar o‘zgaruvchan bo‘lib, texnika taraqqiy etgan sari to‘xtovsiz ravishda ratsionallashtirilib boriladi. Texnika taraqqiyoti texnologiya, mehnat vositalari va qurollarining har tomonlama takomillashuvidan hamda ishlab chiqarishni ilg‘or tajribaga asoslangan holda zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qollash orqali tashkil etishdan iborat. Texnika taraqqiyotining asosiy vazifasi ijtimoiy mehnatni har tomonlama tejash va ishlab chiqarishning yuqori su r’atlar bilan o ‘sishini ta’minlashdan iborat. Yangi texnika va texnologiya o ‘zining yaratilish davrida uch asosiy bosqichdan o‘tadi. Bular ilmiy tadqiqot, loyiha-texnika jihatdan ishlab chiqish, ishlab chiqarishda o‘zlashtirish. «Fantexnika — ishlab chiqarish» bosqichlari o‘zaro chambarchas bog‘langan. Fan-texnika taraqqiyotini o‘zlashtirish muddati va tezlashtirish su r’atlari m azkur zanjir halqalarini boshqarish va ularning o‘zaro ta’siri qanday tashkil etilganligiga bog‘liqdir. Korxonada fan-texnika taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalish bo ‘yicha amalga oshiriladi. Birinchisi — bu mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarish, o'zlashtirish va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning texnik-iqtisodiy xarakteristikalarini yaxshilashdir. Ikkinchisi — ilg‘or texnologik jarayonlarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, intensivlashtirish, avtomatlashtirish, kimyolashtirish, gazlashtirish, davriy jarayonlarni 20 uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish, toza va konsentrlangan mahsulot ishlab chiqarish va hokazo. Bu ikki yo‘nalishning uzviy qo‘shib olib borilishi va bir-biriga ta’sirigina korxonada ham , butun xalq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishni ta ’minlaydi. Korxonalarda fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqishda «yangi mahsulot» tushunchasini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga egadir. 0‘z texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra Vatanimizning texnikasidagi eng yangi yutuqlarga mos keluvchi yoki ndan o‘zib ketuvchi buyumlar yangi mahsulotlar jumlasiga kiradi. Har bir yangi mahsulot pasportga — o‘zining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan texnik darajasi kartasiga ega. Texnik darajasi kartasi mazkur mahsulotning ko‘rsatkichlarini Vatanimizda va chetellarda ishlab chiqariladigan boshqa shunga o‘xshash namunalar bilan taqqoslaydi, shuningdek, mahsulotning patent jihatdan sof bo‘lishini tasdiqlaydi.

Download 47,69 Kb.
  1   2




Download 47,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va maxsus ta’lim vazirligi yestj 46-20 Guruh Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti To’qima tuzilishi va loyihalash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Download 47,69 Kb.