26
1.3-chizma.
Infraqizil nurlar hisobiga ishlaydigan quyosh quritgichining tuzilishi:
1-shaffof sirt, 2-qoraga bo‘yalgan tunuka, 3-quti, 4-quritiladigan mevalar, 5-qutining
tubi, 6-havo almashish teshiklari
Ma’lumki, respublikamizda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning isrofi 20-
30%ni tashkil qiladi. Buning sababi
mahsulotlarni saqlash
va qayta ishlashning
yuqori darajada rivojlanmaganligida, shuningdek, xo‘jaliklarda
mavjud quritish
uslubi, mahsulotning sifati past bo‘lgan, quyosh, (tabiiy) havo usulida quritishga
asoslanganligidir.
Shuning uchun quyosh nuri energiyasidan foydalanib, qishloq xo‘jalik
mahsulotlari (meva, sabzavot, tamaki, pilla, teri)ni hamda taxta, yog‘och kabi ayrim
qurilish materiallari (temir-beton, keramika)ni quritish masalalari bo‘yicha
bir qator
izlanishlar olib borilgan.
1932 - yilda Samarqandda ilk marta Quyosh meva quritish qurilmasi ishga
tushirilgan. Bu qurilma meva quritishni ochiq havodagi quritishga nisbatan bir necha
marta tez quritganidan tashqari, mahsulot sifati yuqori bo‘lishini ko‘rsatib bergan (1.3-
chizma). Parnik tipidagi quyosh meva quritish qurilmasi 1936 - yilda Yangiyo‘l
shahrida qurilgan. Hozirgi vaqtda quyosh meva quritgichlarining takomillashgan,
avtomatlashtirilgan variantlari yaratilgan.