• Dengiz to‘lqin energiyasi
  • Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/115
    Sana22.05.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #250127
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi 
    – dengiz suvining ko‘tarilish 
    va qaytishi Oy va Quyoshning gravitatsiyasi hamda Yerning aylanishi tufayli hosil 
    bo‘ladi. Qirg‘oq atrofida to‘lqin darajasi 12 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Ko‘tarilish 
    va qaytish energiyasidan, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator uchun 
    foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga bu qayta tiklanadigan muqobil energiya 
    manbasi o‘ziga xos sharoit talab etadi va hozircha keng masshtabda ommalashmagan. 
    Bugungi kunda iqtisodiy foydali elektr energiya ishlab chiqaradigan 20 ga yaqin 
    joylarda 3 metrdan kam bo‘lmagan qulay va yaxshi darajadagi to‘lqinlar mavjud. Hozir 
    dengiz suvining ko‘tarilish va qaytishini elektr energiyasiga aylantiruvchi 
    texnologiyalar ishlab chiqilgan.
    Dengiz to‘lqin energiyasi 
    – dengiz va okean yuzasida esadigan shamol tufayli 
    hosil bo‘ladigan to‘qindan paydo bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyodagi 
    okeanlarning qirg‘ogidagi to‘lqinlar energiyasining jami 2 dan 3 milliongacha 
    megavatt energiyani tashkil etadi.
    Bu to‘lqin energiyasidan foydali ishlarda, jumladan, suvni chuchuklashtirish va 
    rezervuarlarni suv bilan to‘ldirishda foydalanish mumkin. To‘lqin energiyasi qayta 
    tiklanadigan energiya manbayidir. To‘lqin energiyasidan elektr energiyasi olish hozirgi 
    paytda ommalashmagan, chunki bu sohada faqat sinov izlanishlar olib borilmoqda.
    Agar iqlim va ob-havo sharoitlardagi o‘ziga xoslik e’tiborga olinsa, 
    mamlaktimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari imkoniyatlari yetarlicha. Qayta 
    tiklanadigan energiya manbalari (elektr, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda joylashgan suv 
    bilan ta’minlanmagan, shuningdek, elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan 
    bog‘liq bo‘lgan mavsumiy ishlar yoki ekspeditsiyadagi odamlar uchun hal qiluvchi 
    ahamiyat kasb etadi.
    O‘zbekistonda 60 foizdan ko‘proq aholi qishloq joylarida yashaydi. Shuning 
    uchun mamlakatimizda hozirgi paytda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 
    foydalanish dasturlariga e’tibor kuchaygan.


    20 

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish