• Shamol energiyasi.
  • O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/115
    Sana22.05.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #250127
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    Quyosh energiyasi.
    O‘zbekistonda quyosh energiyasi imkoniyati hammasidan 
    ko‘ra ko‘proq. Yalpi quyosh energiyasining imkoniyati o‘rtacha 51 mlrd. t. n. e, texnik 
    imkoniyati esa – 177 mln.t.n.e.. Bunda quyosh energiyasi butun mamlakat hududi 
    bo‘ylab barchaga baravar bo‘lib, uni energetika balansiga jalb etish, aholini elektr va 
    issiqlik energiyasi bilan ta’minlash masalasining, yechimini topish (ayniqsa, chekka 
    joylarda) imkonini beradi.
    Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo‘lishi 
    mumkin emas. Kishilar o‘zining hayotida quyosh energiyasidan ehtiyojlar uchun u 
    yoku bu usul bilan bu haqida o‘ylab ham o‘tirmay, foydalaniladilar. Masalan, hovliga 
    kir yoysak, quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi tufayli kiyimlarimiz quriydi.
    O‘zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega. 
    Mamlakatimiz iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay. 
    O‘zR FA «Fizika - Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (IICHB) Fizika -texnika 
    ilmiy (FTI) tekshirish instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston 
    hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori, o‘rtacha hisob bilan aytganda, 
    mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan to‘rt baravar ko‘p ekan. Shu 
    bilan birga, O‘zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom ashyo zahiralariga ham ega. 


    15 
    Uning asosida butun dunyoda 90 foiz fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy 
    konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Navoiy, Jizzax va Angren erkin 
    indistriual hududlarida texnik kremniy ishlab chiqaradigan zavodlarni ishga tushirish 
    ustida ishlar olib borilmoqda. Ushbu resurs zahirasi quyosh energetikasi sohasida 
    muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi. 
    Shamol energiyasi. 
    Bugungi kunda mazkur muqobil energiya quvvatini ishlab 
    chiqarish G‘arbiy Yevropada ancha ommalashgan. Sababi, buning uchun tabiiy shart-
    sharoitlar mos bo‘lishi barobarida ushbu turdagi energiyaga talab ham ortib bormoqda. 
    Zamonaviy shamol elektrostansiya (ShES)lar 3–4 m/s dan 25m/s gacha bo‘lgan 
    tezlikdagi shamol muhiti relefiga nisbatan baland bo‘lmagan joylarda optimal ishlaydi. 
    Shunday hududiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan Germaniya hozirgi vaqtda shamol 
    energiyasidan foydalanish bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmoqda. O‘zbekistonda 
    shamol energiyasidan foydalanish hududlariga Bekobod, Qo‘qon, Jizzax, Ustyurtlarni 
    kiritish mumkin. 
    Ushbu muqobil energiya iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan bir qator 
    afzalliklarga ega. Masalan, ShESni qurish boshqa energiya manbalariga nisbatan arzon 
    va qulay. Ishlab chiqarilayotgan energiya tannarxining asosiy qismini ShESni qurishga 
    sarflangan dastlabki xarajatlar tashkil etadi. Bundan tashqari, stansiya minorasining 
    asosi, odatda, to‘laligicha yer ostida bo‘lgani uchun, unga yaqin yerlarda ham qishloq 
    xo‘jalik ekinlarini ekish imkoniyati saqlab qolinadi. Oddiyroq qilib aytganda, bunday 
    qurilmalar uchun ajratilgan hududlar dehqonchilikka salbiy ta’sir qilmaydi. 
    Shuningdek, ular hech qanday yoqilg‘i talab etmaydi. Masalan, 1 
    MW
    quvvatli ShES 
    20 yil davomida taxminan 29 ming tonna ko‘mir yoki 92 ming barrel neftni tejaydi. 
    Yana bir jihati, shamol elektr stansiyalari boshqa energiya ishlab chiqaruvchilardan 
    farqli ravishda atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaydi. Aytaylik, 1 
    MW
    quvvatli qurilma sayyoramiz atmosferasiga har yili chiqarilayotgan karbonat 
    angidrid (СО
    2
    ) gazini 1800 tonnaga, sulfat oksidi (SО
    2
    ) gazini 9 tonnaga, azot 
    oksidlarini esa 4 tonnaga qisqartiradi. «Global Wind Energy Council» tashkilotining 
    hisob-kitoblari ham shunga monand: 2050-yilga borib jahon shamol energetikasidan 
    foydalanish tufayli atmosferaga chiqarilayotgan СО
    2
    gazining yillik hajmi 1,5 milliard 


    16 
    tonnaga kamayadi. Eng muhimi, shamol tabiatan bitmas-tuganmasdir.

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish