Geotermal energiya –
Yer
yuzasi Quyosh singari issiqlik energiyasini
nurlantiradi. Bu energiya geotermal energiya deb atalib, u odamlarni ehtiyojini issiqlik
va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitni
ifloslantirmaydi, ya’ni ekologik toza hisoblanadi.
Yer ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug‘larning geotermal energiyalaridan,
hozirgi texnologiyalar asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish,
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish (issiqxonalarda) maqsadida foydalanish
mumkin.
Geotermal energiya yerda yonuvchi gazlar va kosmik changlar aralashishi
natijasida 4 milliard yil avval paydo bo‘lgan. Yer yadrosinining 6,5 ming kilometr
atrofidagi chuqurligida harorat 5000 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin.
Qadimda odamlar yer ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv manbalaridan
foydalanganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham
foydalana boshlashgan. Qadimgi rimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida
o‘z binolarini isitish tizimini yaratishgan. Amerikalik hindular esa deyarli 10000 yil
avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar. O‘zbekiston
hududida ham geotermal suvlardan foydalanish imkoniyatlari juda katta.
Biomassa
–
chiqindini achitish va undan hosil bo‘lgan gazni yoqish natijasida
olinadigan energiyadir. Amalda esa biomassa bu
–
chiqindi.
Qurigan daraxt yoki
ularning shox-shabbasi, tomorqadan poliz o‘simliklarining ildizpoyalari, yog‘och
qobig‘i va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva fermalarida ozuqa
va to‘shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir. Ko‘proq miqdorda qishloq xo‘jaligi
ekinlari: don, paxta, makkajo‘xori va boshqa ekinlar chiqindilari ham biomassa
bo‘lishi mumkin. Odatda uyimizdan chiqqan, maishiy chiqindilar chiqindixonaga
chiqarilib, ko‘mib tashlanadi. Maishiy chiqindi ham biomassaning bir turi, undan ham
18
bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Biomassadan foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib, qozonlarda suv
isitiladi va bug‘ga aylantirilib, elektr energiyasi olish uchun turbinalarni aylantiradi.
Biomassa energiyasi
–
biomassani chiqitga chiqarish, biogaz olish va foydalanish
energetikaning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Biomassa manbalariga qattiq maishiy,
sanoat chiqindilari, shaharning loyqa va oqava suvlari, chorvachilik chiqindilari,
o‘simlik qoldiqlari, o‘rmon mahsulotlari, xususan, yog‘och tayyorlash va jo‘natishda
ishlab chiqarishdagi, yog‘och, qog‘oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, biomassadan olinadigan energiya
O‘zbekiston energetika ehtiyojining 15 – 20 foizini qondira oladi. Energiya ishlab
chiqarishning bunday usuli, ma’lum darajada atrof-muhitni muhofaza qilish
muammosini hal etishda mamlakat qishloq xo‘jaligini yuqori sifatli o‘git bilan
ta’minlaydi.
Chiqindixonada biomassadan to‘gridan-to‘g‘ri biogaz olishda foydalanish
mumkin. Chiqindining chirishi davomida metan gazi (
4
CH
) ajralib chiqadi. Ular
quvurlarda to‘planib, issiqlik elektrostansiyasiga yuboriladi, u yerda aralashma tabiiy
gaz bilan qo‘shilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Biogaz
. Odamlar biogazdan XVIII asr oxirlaridan beri foydalanib kelmoqdalar.
Elektr paydo bo‘lgunga qadar Londonda yer ostidagi kanalizatsiya quvurlaridan
olingan maxsus gaz lampalarda ko‘chalarni yoritishda foydalanilgan.
Biogaz, odatda, karbonat angidrid (СО
2
)
va (СN
4
) metan gazlari aralashmasidir.
U havo va kislorod kirishi mumkin bo‘lmagan holatda (kislorod bo‘lmasligi, «anaerob
holati» deyiladi) turli biologik mikroorganizmlar parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, anaerоb sharоitida yashash qоbiliyati, mеtan hоsil qilish
qоbiliyatidagi mikrооrganizmlarning bоshqa хususiyatlariga ham ega. Ular
yog‘оchning asоsiy ingrеdiyеnti sеllyulоzani hazm qilishi mumkin. Bu
baktеriyalarning yana bir хususiyati, harorat, kislоtali, suv hajmi va bоshqalarda
yashash sharоitiga juda sеzgir hisоblanadi.
Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko‘l tubida organik qoldiqlar, chirish sharoitida
ko‘p namlik va kislorod bo‘lmaganligidan ham paydo bo‘ladi. Biogaz uskunalari
19
parrandachilik va chorvachilik xo‘jaliklarida sinovdan o‘tgan. Mamlakatimizda biogaz
hosil qilish va undan foydalanish imkoniyatlari juda katta.
|