13
hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 30 ta mamlakatida 440 yadro reaktorlari ishlab
turibdi, shuningdek, yangi reaktorlarni qurish ustida ishlar olib borilmoqda. AQSh
energiya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, uning Atom elektr stansiya (AES)lari
dunyo elektr energiyasining 16 foizini ishlab chiqarar ekan. Atom elektr stansiyalarini
qurish uchun katta mablag‘ talab qilinadi, lekun ularda olinadigan elektr energiyaning
narxi isiqlik stansiyalariga nisbatan past.
Bu atom energetikasini rivojlantirish bir qator texnikaviy to‘siq
va siyosiy
noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu kabi loyihalarni O‘zbekistonda
faqat uzoq muddatga mo‘ljallangan kelajakda amalga oshirish mumkin.
Uran.
O‘zbekiston hududida 1950-yildan boshlab 30 ga yaqin uran konlari
topilgan. Qazib olingan uranning bir qismi tijorat
maqsadida keng miqyosda
foydalanib kelinmoqda. Navoiy viloyatining Uchquduq tumani hududida ochiq va
yopiq kesimdagi konlardan qazib olingan. Hisoblashlarga ko‘ra
asoslangan uran
zahiralari 65 ming tonna atrofida.
Asosiy uran ishlab chiqaruvchi – Navoiy tog‘-kon kombinati hisoblanadi. Uning
nominal ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 ming tonnani yoki hozirgi dunyodagi ishlab
chiqarishning qariyb 7 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida
uran zahirasi bo‘yicha birinchi o‘nlikka kiradi.
3. Energiyadan oqilona foydalanishda muqobil
energiya manbalarining ahamiyati
O‘zbekistonda muqobil energetiya sohasidagi davlat siyosatida sohani rivojlantirish
nazarda tutilgan va shu bilan birga rivojlanayotgan qator
mamlakatlarning muqobil
energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu
esa shuni ko‘rsatdiki, muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasida aniq maqsad
va vazifalarni belgilash hamda buning davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlanishi – qayta
tiklanadigan energiyaning an’anaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan
raqobatbardosh bo‘lishiga zamin bo‘ladi.
Muqobil energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishga bir qadar salmoqli
mablag‘ sarflansa-da, ular iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. An’anaviy yoqilg‘i bilan
14
ishlaydigan energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerod oksidlari
uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg‘ir suvlari bilan qo‘shilib, kislota
birikmalariga aylanadi hamda yomg‘ir tarkibida yerga tushib, o‘simliklarga, tuproqqa
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhitda bunday kislotalarning ko‘payishi
oqibatida,
og‘ir metallar oziq-ovqatlarga va shu mahsulotlar orqali inson organizmiga kelib
tushadi. Demak, bunda bir zarar ikkinchisini ham o‘ziga ergashtirib keladi.
Muqobil energiya – yer biosferasida to‘xtovsiz qayta
tiklanadigan va insoniyat
miqyosida tuganmas hisoblanadi. Ular – quyosh energiyasi, shamol, okean, daryo, yer
osti konlari, bioenergiyadir. Muqobil energiyaning asosiy foydali tomoni –
tuganmasligi va ekologik sofligidir. Undan foydalanish sayyoraning energiya
muvozanatini o‘zgartirmaydi, ya’ni tabiat jarayonlariga ta’sir etmaydi.
Bu sifatlari
qayta tiklanadigan energetika muammosini nafaqat respublikamizda,
balki chet
davlatlarda ham qiziqish uyg‘otish uchun omildir.