O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/115
Sana22.05.2024
Hajmi3,83 Mb.
#250127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

kaloriya ekvivalenti
degan kattalikdan foydalaniladi. 
E = Q
i

/ 29300 
Bu yerda, E

yoqilg‘ining energiya balansi, Q
i


yoqilgining quyi issiqlik ajratish 
xususiyati. 
Bu turdagi energiyalarning xalq xo‘jaligiga qo‘shayotgan hissasi kam bo‘lsa-da, 
hozirgi paytda shunday qiziqarli loyihalash ishlari bajarildiki, u amalda qo‘llanilsa, 



energiya olish va foydalanishni tubdan o‘zgartirib yuborilishiga imkoniyat yaratiladi. 
Ikkinchidan, yangi yoqilg‘i bazalarining shimoliy - sharq tomonga siljishi,
geologik tadqiqot ishlarining murakkablashgani, iqlim sharoiti og‘irligi, yoqilg‘i qazib 
chiqarilayotgan manbalardagi sharoitning qiyinligi, moddiy texnika ta’minotining 
yetarli 
emasligi-energetika 
yoqilg‘i 
xomashyolarining 
qazib 
olinishini 
noqulaylashtiradi. Natijada, yoqilg‘i energetika xomashyosining tannarxi oshadi. 
Uchinchidan xalq xo‘jaligida yoqilg‘i miqdorining kam bo‘lgan turi – neft va 
gazning ko‘p miqdorda ishlatilayotganidir. Ularning yoqilg‘i energetika balansidagi 
miqdori 70 foizga yetdi. 
To‘rtinchidan ko‘mirning energetik ahamiyati va sifatining yomonlashuvi. Bu 
muammo kelajakda past navli yoqilg‘i ko‘proq ishlatilgani sari murakkablashib 
boraveradi. 
Beshinchidan energiya iste’moli oshishi natijasida atrof - muhitning ifloslanish 
darajasining oshishi. 
Mana shu kabi muammolar an’anaviy energiya manbalarini keng rivojlantirishga 
undaydi. 
Hozirgi kunda qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalaridan 
foydalanish sohasida ko‘plab texnologiyalar taklif etilganki, ularni bemalol amalga 
oshirish mumkin. Ammo, qayta tiklanadigan (QT↑) va noan’anaviy energiya manbalari 
(NEM)ning rad qilib bo‘lmaydigan ustunliklari bilan bir qatorda u yer yuzida tarqoq 
ekanligi natijasida olinadigan quvvat uchun sarf-xarajat ham ortib boradi. Shu sababli, 
hozircha QT↑ va NEM lari an’anaviy energiya manba (AEM) laridan foydalanish bilan 
raqobatlasha olmaydi. 
Shunga qaramay, ba’zi ilmiy texnikaviy yechimlarni hozirdanoq amalda qo‘llash 
orqali erishilgan yutuqlar shuni ko‘rsatadiki, ular yaqin yillardayoq iqtisodiy jihatdan 
o‘z-o‘zini oqlashini namoyon qila oladi . 
Ma’lumotlarga qaraganda, QT↑ va NEM laridan foydalanish natijasida 2022 - 
yilga kelib, 2,6 mlrd. tonna shartli yoqilg‘ini tejash mumkin. Qayta tiklanadigan 
energiya (QTE) larni tadqiq etishni, rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilardan iborat. 



a) bug‘ turbinali quyosh elektrostansiyalarini yangi turlarini yaratish va ishlab 
chiqarish hamda ishga tushirish; 
b) avtonom (iste’molchilar uchun fotoelektr) qurilmalarni loyihalash va ishlab 
chiqarish; 
d) quyosh nuridan foydalanib ishlovchi issiq suv ta’minoti, isitish va sovitish 
tizimlarini loyihalash va qurish; 
e) quyosh issiqlik elektrostansiya (QIE) lar qurish va ishga tushirish; 
f) geotermal issiqlik ta’minotini loyihalash va qurish; 
g) shamol energiyasi aggregatlari (ShEA) va shamol elektr stansiyalari (ShES)ni 
loyihalash hamda ishlab chiqarishga joriy etish; 
j) biogaz energiyasidan foydalanishni rivojlantirish. 
Quyosh energiyasi hisobiga issiq suv olish uchun quyosh suv isitish 
qurilmalaridan foydalanilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda bir kunda o‘n ikki 
metr kub suvni quyosh nuri bilan isitadigan qurilmalar ishlab turubdi. Quyosh 
energiyasidan qishloq xo‘jaligida issiqxonalarni isitish, mevalarni quritish, qo‘ziqorin 
yetishtirish, uylar va pillaxonalarni isitish, beton va temir-beton buyumlarni quritish 
hamda bug‘lantirib ishlov berish, shungdek, kombinatsiyalashtirilgan barabanli 
quritkichda paxta va donador (bug‘doy, no‘xat, mosh va h.k.) qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini quritishda foydalanilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanib, uylarni 
qishda isitish va yoz oylarida aksincha, sovutish bo‘yicha Respublikamiz olimlari 
yangi loyihalarni ishlab chiqdilar. Bunday quyosh uylarning xarakterli tomonlari 
shundan iboratki, uylar qish oylarida, havo bir necha sutka davomida bulutli bo‘lib 
turganida ham, quyoshli kunlarda maxsus issiqlik akkumulyatorlarida to‘plangan 
energiya hisobida isitiladi, ayrim hollardagina isitish manbalaridan foydalaniladi. 
Keyingi paytda tibbiyotda quyosh energiyasidan quyosh vannalari yordamida 
biologik to‘qimalarni davolashga alohida e’tibor berilmoqda. Dozalangan quyosh 
radiatsiyasidan davolash (gelioterapiyada), shuningdek, organizimni chiniqtirish 
vositasi sifatida foydalanadilar. 
Biologik sistemadan amaliy foydalanish uchun quyosh energiyasini qayta tiklash 
usullarini loyihalash va uskunalar ishlab chiqarish zarur. 



QT↑ va NEMning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar. 

Download 3,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish