11
energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar – fotoelektr qurilmalar ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yilgan. Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan sohani rivojlantirish
uchun asos bo‘ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni
tartibga soladigan yagona
qonun loyihasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga
egadir. Respublikamiz hududidagi qayta tiklanadigan muqobil
energiya manbalarining
ulushi 50984,6 million tonna neft ekvivalenti (mln.t.n.e
1
.)
deb olinadigan bo‘lsa, suv
energiyasi 9,2, quyosh energiyasi 50973, shamol energiyasi 2,2 mln. t. n.e.ga teng.
O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish katta istiqbolga ega
va bu borada samarali
ishlar amalga oshirilib, ilmiy tajribalar to‘plangan. Ayniqsa,
quyosh energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud. Quyosh energiyasining
yillik salohiyati neft ekvivalentida 51 milliard tonnadan oshadi. Bu esa, quyosh
energiyasidan elektr ishlab chiqarish, issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash, meva-
poliz mahsulotlarni quritish va saqlash, sho‘r va minerallashgan suvlarni chuchitish,
yer ostidan suv chiqarish va boshqa ko‘plab maqsadlarda keng foydalanish imkonini
beradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 225 ta neft va gaz konlari ma’lum. Ulardan: 51 ta
kondan –