• Marketingda axborotlarning ahamiyati
  • Iqtisodiyot fakulteti




    Download 118.76 Kb.
    bet1/6
    Sana05.04.2024
    Hajmi118.76 Kb.
    #189044
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA’MINOTI
    abdulla-avloniyning-pedagogik-qarashlari, 02-sonli xat, 4-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Reja-fayllar.org, Презентация Microsoft Office PowerPoint, 612 6-ilova, Arifmetik mantiq birligi 2 Maruza, DFEE TOOLS 13.10.23, administrator, phys-mathematics-2021-1-7, 999949, 45 DAN 51 GACHA JAVOBLAR, 2-mavzu Pedagogik imidj va muloqot madaniyati reja Pedagogik i, QTEM-Amaliy mashg\'ulot-7, Erdonovich Business UStav, 14.innovatsion texnologiyalarning talim sohasidagi orni, --------------------------- (2) (2)

    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

    IQTISODIYOT FAKULTETI

    “Marketing tizimida axborot ta’minoti” mavzusidagi

    MUSTAQIL ISHI


    Bajardi: 2S 21-163 guruh talabasi.
    Abduqayumov Turobjon
    Ilmiy rahbar:________________
    F arg‘ona 2024



    REJA


    1. Marketingda axborotlarning ahamiyati

    2. Marketing axborotlari turlari

    3. Marketing axboroti manbalari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Marketingda axborotlarning ahamiyati


    Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o‘rtasida va ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab qilinadi.
    Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish
    - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob’yekti bo‘lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, bozor to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul.
    Ularning ko‘pchiligi marketing tadqiqot bo‘limlariga ega emaslar, boshqalari o‘z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi kichik bo‘limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to‘plash hali o‘z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko‘lamda ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda.
    Hozirgi sanoat, elektron-hisoblash va kibernetik mashinalarning 20 dan ortiq turli materiallarini axborot to‘playdigan, uni ishga soladigan va yig‘adigan 100 ga yaqin har xil moslamalarni, shuningdek 100 dan ko‘proq xildagi kompyuterlar, mashinalarni ishlab chiqarmoqda. Boshqaruv mehnatini texnika bilan qurollantirish darajasini oshirish muhim milliy iqtisodiyot vazifalaridan hisoblanadi. Yaqin kelajakda axborotlarni ishlatish va uzatishning yuksak unumli vositalari, shu jumladan, integral sxemalar asosida ko‘rilgan blok tuzilmasiga ega bo‘lgan va axborotni ishga tushirish va olish, dasturni ta’minlash xotirasi va tizimini rivojlantirish uchun ko‘rilmalarning keng to‘plamga ega bo‘lgan bir bo‘g‘in elektron-hisoblash mashinalarini turkumli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish nazarda tutilgan. Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlari, raqobatchilari, vositachilarini sotish va baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, har tomonlama tahlil etish, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga amalga oshira olmaydilar.Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: «Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir». Haqikatan ham axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va obyekti bo‘lib qolmoqda. Umuman bozor to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbayi uchta bo‘lib, ular:
    • korxona xo‘jalik faoliyati va uning raqobatchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • maxsus tadqiqot va kuzatish natijalari;
    • mamlakat, tuman, tarmoq va boshqalarning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir. Korxona xo‘jalik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi:
    • o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar) sotishning mutlaq va qiymat miqdori;

    1. Download 118.76 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 118.76 Kb.