Fanni o„qitishdan maqsad - informatika o„qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo„lgan bilimlar va amalda qo„llash uchun ko„nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo„lgan tayanch nazariy va amaliy ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar: zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma‟lumotlarning qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma‟lumotlarni berish, kompyuter garfikasi haqida ma‟lumotlarni berish, rastrli va vektorli kompyuter grafikasining imkoniyatlarini ochib berish, CorelDraw dasturida ishlash imkoniyatlarini va unda bezash ishlarini o„rgatish, Adobe Photoshop dasturida ishlash imkoniyatlarini va unda bezash ishlarini o„rgatish, 3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash. Ob'ektlar ustida bajariladigan operatsiyalar va buyruqlar. Turli ob‟ektlar va jarayonlarni modellashtirish. Yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash. Materiallar va ular bilan ishlash. Teksturali kartalar va ular bilan ishlash. Animatsiya hosil qilish. Vizuallashtirish va maxsus effektlar. 3DS MAXda klaviaturaning qo'llanilishi haqida bilimlarni berish vazifasini bajaradi.
Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalariga quydagi talablar qoʻyiladi:
kompyuter grafikasi va turlari, grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi, grafik axborotlarni kiritish, rang modeli va uning turlari, tahrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari, internetda dizayn, Web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari, saytda ma‟lumotlarni joylashtirish arxitekturasi, saytni testlash va baholashga doir tasavvurga ega boʻlishi;
rastrli, fraktal, vektorli, grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasini, grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari, tasvirlarga ishlov berish, 3DS- MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash, ob'ektlar ustida bajariladigan operatsiyalar va buyruqlar bilan ishlash, turli ob‟ektlar va jarayonlarni modellashtirish, yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash, materiallar va ular bilan ishlash, teksturali kartalar va ular bilan ishlash, animatsiya hosil qilish, vizuallashtirish va maxsus effektlar oʻrnatish, 3DS MAXda klaviaturadan foydalanish bilishi va ulardan foydalana olishi;
- grafik axborotlar bilan ishlash, grafik axbortlarni kiritish, tahrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari bilan ishlash, 3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash, ob'ektlar ustida bajariladigan operatsiyalar va buyruqlar bilan ishlash, turli ob‟ektlar va jarayonlarni modellashtirish, yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash, materiallar va ular bilan ishlash, teksturali kartalar va ular bilan ishlash, animatsiya hosil qilish, vizuallashtirish va maxsus effektlar oʻrnatish, 3DS MAXda klaviaturadan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
|