O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
KOMPYUTER GRAFIKASI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta‟lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta‟lim yo„nalishi: 5110700 – Informatika oʻqitish metodikasi
Toshkent – 201
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Tursunov S.Q. - Informatika o„qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
Toshtemirov D. – Guliston davlat universiteti «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
Oʻquv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi oʻrni
Tа‟lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. SHuning uchun tа‟lim tizimidаgi 5110700 – Infоrmаtikа oʻqitish mеtоdikаsi yoʻnаlishidа oʻqitilаdigаn fаnlаr hаm zаmоnаviy fаnlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu nаmunаviy dаstur bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e‟tibоr qаrаtilgаn.
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo„nalishi: 5110700 – Informatika o„qitish metodikasi yo„nalishida o„qiladigan «Kompyuter grafikasi» o„quv fani bo„yicha tuzilgan boʻlib, fan mazmunining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Bu fan ixtisoslik fanlariga kirib, 4, 5-semestrlarda o„qitiladi. Dasturni amalga oshirish o„quv rejasidagi rejalashtirilgan informatika, umumiy psixologiya va umumiy pedagogika fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
«Kompyuter grafikasi” fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o„ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki grafik ma‟lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarin oshiradi. Umumiy o„rta ta‟lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarda «Informatika» mutahassislaridagi fanlarni o„qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.
|