Blackcurse




Download 0.59 Mb.
bet8/32
Sana24.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#1526
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Murakkab tizimlar - loyihalash sharoiti yoki ko‘riladigan masalalarning yuqori tartibliligi bilan, mumkin bo‘lgan variantlarning ko‘pligi bilan turli xil faktorlarning hisobga olish kerakligi bilan xarakterlanadi.

Murakkab tizimlarni loyihalashda soddadan murakkabga yoki quyidan yuqoriga qarab loyihalash bosqichlari bajariladi. Bunday loyihalash usuli blok-ierarx usuli deb ataladi. Blok-ierarx usuli biror ob'ektni abstrakt ravishda bir-nechta bosqichlarga bo‘lishni ko‘zda tutadi.

Ob'ektlar yoritilishi quyidagilar bilan xarakterlanadi.

-funksional (ob'ekt bajaradigan funksiya (ish nuqtai nazaridan);

-konstruktiv (ob'ektning tuzilishi);

-texnologik (ob'ektning ishlab chiqarilishi nuqtai nazaridan).

Ob'ektlarni funksional yoritilishini quyidagilarga bo‘lish mumkin:

-tizimli;

-mantiqiy;

-sxemotexnik;

-komponentli.

Ob'ektning funksional tizimli bosqichida yoritilishida tizim sifatida komplekslar ko‘riladi. Masalan, kompleks sifatida avtomobilni olish mumkin.

Ob'ektni funksional mantiqiy darajada yoritilishida bloklarning elementlardan tarkib topgan tizim deb ko‘riladi. Masalan, avtomobilda ishlatiladigan kuchaytirgichlar, ventillar, taqsimlagichlar va boshqalar.

Ob'ektni funksional sxematik darajada yoritilishida funksional qismlar tizim sifatida ko‘riladi.

Ob'ektni funksional komponentli darajada yoritilishida sxema komponentlaridagi jarayonlar ko‘riladi.

Ob'ektlar konstruktiv nuqtai nazardan yoritilganda ular tizimning tuzilishi darajasidan qaraladi. Texnologik nuqtai nazardan esa ob'ektning tayyorlanish darajasidan qaraladi.

Loyihalash jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Loyihalash bosqichi bir yoki bir nechta loyiha protseduralardan iborat bo‘lgan shartli ravishda ajratilgan loyihalash jarayonining qismidir. Odatda bosqichlar bir yoki bir nechta darajadagi abstraktlashtirishga ega bo‘lgan bosqich protseduralarini o‘z ichiga oladi, ba'zan loyihalash jarayonida u yoki bu protseduralar ketma-ketligi ajratib olinadi va u loyihalash marshruti deb ataladi.

Protsedura formallashtirilgan harakatning yig‘indisi bo‘lib, ularning bajarilishi loyiha yechimi bilan yakunlanadi.

Loyiha yechimi loyihalash ob'ektini oraliq yoki yakuniy yoritilishi bo‘lib, u yakuniy loyihalash yoki yo‘nalishini ko‘rib chiqish yoki aniqlash uchun zarur bo‘ladi.

Loyihalashda protsedura va bosqichlarning har xil ketma ketligi bo‘lishi mumkin.

Murakkab tizimni loyihalashning ikkita usuli mavjud:

1. Pastga qarab loyihalash;

2. Yuqoriga qarab loyihalash.

Pastga qarab loyihalash shunday bosqichlarni o‘z ichiga oladiki, bunda loyihalanayotgan elementlar yoki detallar bitta konkret tizimda ishlatiladi. Loyihalash Iteratsion xossaga ega, ya'ni yangi ma'lumotni olish uchun bitta ma'lumotdan ko‘p marta foydalaniladi. Yuqoriga qarab loyihalash aniq bir ob'ektlarni loyihalashda, agar ular ierarxiyaning yuqori darajasida elementlar sifatida foydalanilsa ishlatiladi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining tizim qismlari loyihalanayotgan ob'ektga nisbatan qo‘yidagilarga bo‘linadi.

1. Ob'ektga yo‘naltirilgan.

2. Ob'ektga bog‘liq bo‘lmagan.

Tizim qismlari loyihalovchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi.

Loyihalovchi tizim qismlari loyihalash protseduralari va operatsiyalarini bajaradi. Xizmat qiluvchi tizim qismlari ob'ektlarga yo‘naltirilgan tizim qismlarining ishlash qobiliyatini saqlab turishini ta'minlaydi. Ob'ektga yo‘naltirilgan tizim qismlarida protsedura va operatsiyalar bajariladi va ular loyihalanayotgan ob'ektning konkret turi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ob'ektga bog‘liq bo‘lmagan tizim qismlarida protsedura va operatsiyalar bir xil shaklga ega bo‘ladi.

Loyihalovchi tizim qismlariga quyidagilar misol bo‘la oladi:

- detal va yig‘ma bo‘laklarni loyhalash tizim qismlari;

- katta integral sxemani loyihalashning tizim qismlari;

- texnologik loyihalashning tizim qismlari.

Xizmat qiluvchilarga quyidagilar misol bo‘ladi:

- loyihalash ob'ektlarini grafikaviy akslantiruvchi tizim qismi;

- hujjatlashtirish tizim qismi;

- axborotni qidirish tizim qismi.





Download 0.59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Download 0.59 Mb.