• Mavzu: O’lchov asbobini kalibrovkalash Bajardi : Tajimuratov Dilmurod Qabul qildi: Rajabov Ibrat Reja
  • O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya univеrsitеti




    Download 132.82 Kb.
    bet1/3
    Sana16.02.2023
    Hajmi132.82 Kb.
    #42446
      1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqil ish 1
    УМК ПАЙВ. МАТЕРИАЛ asosiy, 03 ИКТИСОД 2022 OKTABR, python darslik, Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, ta-lim-jarayoniga-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-qo-llash, korxona faoliyatida axborot xavsizligi, 1 мавзу Курснинг мазмуни, мақсада ва вазифалари, 1-Mavzu Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari, 9 май сенарий (2), 2204 MT S, 2-mavzu (2), 2-mavzu, Biletlar81, Ilm sari yo`l

    O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
    ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVЕRSITЕTI

    “2201- MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI” guruhi talabasining “Mashinalarni ishlab chiqarishda RDB dastgohlar va robotlarni qo’llash istiqbollari” fanidan

    MUSTAQIL ISHI

    Mavzu: O’lchov asbobini kalibrovkalash
    Bajardi : Tajimuratov Dilmurod
    Qabul qildi: Rajabov Ibrat
    Reja:
    1.Kalibrlash va kalibrlash xatoligi.
    2.Gistorezis va nochiziqlilik.
    3.Datchiklarning maxsus xarakteristikalari.
    4.Silliq silindrik kalibrlar joizliklari.

    Mundarija:

    1. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi ….…4


    2. Gisterezis ………………………………………………………………….…..6
    3. Silliq silindrik kalibrlar joizliklari ……………………………………….…...13
    4. Kalibr-skobalarning chekka va bajariluvchi o’lchamlarini hisoblash...….…14
    5. Xulosa ……………………………………………………….…….………...…15
    6. Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………..……...…..16

    O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik - O‘z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo‘yicha asosiy nizomlar, bu 155 tizimga kirgan sub’ektlarning xuquqlari va majburiyatlari O‘z RST 8.018-97 da belgilangan. Bu standartning qoidalari O‘z KT da akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, O‘z KTga kirgan akkreditlash va boshqa idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi.


    O‘lchash vositalarini (O‘V) kalibrlash – o‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristkalari)ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
    Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanilmaydigan sohada o‘lchashlar birliligini ta`minlashga yo‘naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazishga o‘rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi subyektlar majmui.
    Kalibrlash to‘g‘risidagi sertifikat – o‘lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi. Kalibrlash belgisi – kalibrlash natijalarini ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o‘lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion xujjatlariga bosiladigan tamg‘a.
    O‘z KT O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda o‘lchashlar birliligini ta`minlash davlat tizimida o‘rnatilgan me`yorlar va qoidalarga rioya qilinishini ko‘zda tutadi. O‘z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi:
    - tizimga ixtiyoriy ravishda kirish kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish;
    - davlat etalonlaridan va boshlang‘ich o‘lchash vositalaridan birliklarning o‘lchamlarini kalibrlanuvchi o‘lchash vositalariga majburiy berish.
    Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
    - akkreditlovchi idoralarni ro‘yxatga olish;
    - metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
    - o‘lchash vositalarini kalibrlash;
    - O‘z KTning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‘rnatish;
    - O‘z KTning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash;
    - Akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda talablarga rioya qilinayotganligini inspeksion tekshirish.
    Metrologiya bo‘yicha Milliy idora (O‘zstandart Agentligi), SMSITI, hududiy SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o‘z vazifalarining ushbu xujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O‘z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi. Uz KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan:
    - Uz KTning Markaziy idorasi;
    - O‘z KTning Kengashi;
    - Uz KTning akkreditlash idoralari;
    - Kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarni metrologik xizmatlari.
    YUridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
    - O‘Vni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi;
    - Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‘lishini ta`minlaydi.
    - Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va me`yoriy hujjatlar jamg‘armasini shakllantiradi va rivojlantiradi.
    - Me`yoriy hujjatlaning o‘lchashlar birliligini ta`minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi talablarining bajarilishini ta`minlaydi;
    - Kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi;
    - Kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
    Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo‘ladi:
    - korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‘lgan UVning xolatiga;
    - bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga; - korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining xolatiga;
    - kalibrlash intervallarining to‘g‘ri o‘rnatilganligiga.
    O‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‘z belgisiga ega. Bu belgining shakli va o‘lchamlarini metrologiya bo‘yicha milliy idora tasdiqlaydi. O‘z KTning belgisi bloklarga, shtamplarga, shuningdek O‘z KTning boshqa hujjatlari va obyektlariga tamg‘alab bosiladi. O‘z KT ning belgisini tamg‘alash (qo‘llanish) joyi va tartibini O‘z KTning markaziy idorasi belgilaydi.
    O‘lchashlar menejmenti tizimidagi kalibrlash natijalari, mos usul asosida hujjatlashtirilishi, masalan, sertifikat yoki hisobot (agar kalibrovka tashqi manba asosida o‘tkazilgan bo‘lsa) yoki kalibrlash natijalarining yozilishi ko‘rinishida (agar o‘lchashlar tashkilot metrologiya xizmatlarining qat’iy doirasida bajarilgan bo‘lsa) mumkin. O‘lchashlarning muhim xarakteristikalari, masalan, o‘lchashlar noaniqligi faqat uskuna yoki qurilmalardangina emas, balki, atrof-muhit sharoitlari, konkret o‘lchash muolajasi, ba’zan operatorning malaka va tajribasiga ham bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli talablarga javob beradigan uskuna tanlanganda o‘lchash jarayoni to‘liq qarab chiqilishi zarur. Bunday yondoshuvga metrologiya xizmati javob beradi.

    Download 132.82 Kb.
      1   2   3




    Download 132.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya univеrsitеti

    Download 132.82 Kb.