• Diqqatning madaniy rivojlanishi.
  • A.N.Leontev
  • Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi




    Download 3,55 Mb.
    bet122/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif umumorganik rivojlanishini tushuntiradi, ya'ni markaziy nerv tizimining strukturaviy va fuksional jihatdan o’sishini ko’rsatadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida bo’ladi, ammo bunda "sekinlashgan" va "bir oz pasaytirilgan" ko’rinishlari mavjud.

  • Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatning namoyon bo’lish xususiyati madaniy konsepsiya bilan bog’liq deb tushuntiriladi. Katta yoshdagi odamlar diqqatining psixologik mexanizmi haqida gapirib, tashqi operasiya organizm xulqini ichki operasiyasiga aylanadi, deydi. Madaniy rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa qila boshlagandan o’sa boshlaydi.

    L.S.Vigotskiyning ilmiy yutuqi shundan iboratki, u diqqat muammosini o’rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni tashqi stimullar vositasida nutq funksiyasini yo’naltirish deb tushuntira oldi.
    L.S.Vigotskiy ishlarini A.N.Leontev o’z tadqiqotlarida davom ettirib, ixtiyoriy diqqatning rivojlanishini o’rgandi. U ixtiyoriy diqqat xatti-harakatni boshqarishning oliy shakli va tarixiy rivojlanish mahsuli deb tushundi. Bolalarda diqqat shaklarini tahlil qilib 3 ta bosqich mavjudligini ko’rsatdi.

    1. Natural bevosita,to’g’ridan-to’g’ri aktlardan iborat.

    Bunda to’planish ixtiyorsiz namoyon bo’lib, asosan maktabgacha bo’lgan bolalarda vujudga keladi. Ya'ni bu bolalar o’z xulq-atvorlarini o’zlari boshqara boshlaydilar.

    1. Tashqi belgining ahamiyatini egallash, tushuna bilishlari turadi. Bu bosqich boshlanqich ta'limda asosiy rol o’ynaydi.

    2. Tashqi taassurotlarning ichki ta'sirlarga aylanish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, bu asosan katta yoshdagi kishilarda bo’ladi.

    Uzoq vaqt A.N.Leontev maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi. Chunonchi, idrok bilan diqqat aloqasini o’rgandi. Diqqat hodisasi shunday hodisaki, u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi, deb tushuntirdi. A.N.Leontev keyingi ishlarini o’quvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni boshqarish, ko’rish, eshitish, qo’yilgan topshiriqni tushunish kabilarni egallash muhim rol o’ynashini ko’rsatdi.
    N.F.Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biror bir ob'ektga yo’naltirish va to’plash bilan boshqa ob'ektlardan chalg’ishi orqali tushuntiradi. Agar yo’nalish va to’planish ixtiyorsiz bo’lsa ixtiyorsiz diqqat vujudga keladi. Agar ong qo’yilgan maqsadga muvofiq bo’lsa, u holda ixtiyoriy diqqat namoyon bo’ladi. Bular qatorida N.F.Dobrinin diqqatning uchta turini ajratadi. Uning fikricha, diqqatning uchinchi turi "ixtiyoriydan keyingi diqqat" deb ataladi. Bu ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan bo’lib, irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Bular to’g’risida N.F.Dobrinin shunday deydi. "Ixtiyoriy diqqatda qiziqishga intilishga o’rin bor, lekin bu qiziqish faoliyatning natijasiga qiziqishdir. Faoliyatning o’zi esa
    qiziqarsizdir. Kishi psixik faoliyatining ajoyib xususiyati shundan iboratki, natijaga qiziqish jarayonga qiziqishga aylanadi. Bu ixtiyoriy diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanganda bo’ladi".

    Download 3,55 Mb.
  • 1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi

    Download 3,55 Mb.