• Konvergensiya
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet156/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Vaqtni idrok qilish

  • Harakatni idrok qilish

    Fazoni idrok qilish


    Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonining shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to’g’risida, uning xususiyatlari, xajmi, masofasi (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida muayyan ma'lumotlar, xossalar, axborotlar to’plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
    Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o’zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o’lchovda idrok qilinadi; narsalarning shakli: uch burchakli, to’rt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta, kichik, o’rtacha, yirik, mayda va boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o’ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko’rish, teri, muskul-harakat organlari
    bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko’z bilan yoki ikki ko’z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko’zning to’r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko’z gavharlarida bir-birini kesib o’tadi va ularning kesishgan joyida ko’rish burchagi hosil bo’ladi. Bu burchakning katta-kichikligiga hamda uning ko’zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog’liq. Ko’z gavharlarining va umuman ko’zning narsalarni eng yaxshi ko’rish uchun moslashuvini akkomadasiya deyiladi.
    Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o’zaro munosabatlarini ikki ko’z bilan binokulyar idrok qilinadi.
    Biz bir narsaga ikki ko’z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi o’sha narsadan keladigan nurlarning ko’z pardasiga mos yoki mos bo’lmagan nuqtalariga to’g’ri kelishidir.
    Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya muhim ahamiyatga ega.
    Konvergensiya - biror narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining qanshar tomon bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to’liq idrok qilishga imkon beradi.

    Download 3,55 Mb.
  • 1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.