• Qarorga kelish
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet247/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    motivatsiyalash deb ataladi.
    Maqsadni va unga erishish yo’lini tanlash jarayonida hissiyot turtki rolini o’ynaydi. Hissiyot ayrim tasavvur va motivlarni yorqin, jonli va jozibali qilib ko’rsatadi. Hissiyot kishining intilishlarini faollashtiradi va susaytiradi, hissiyot biron maqsadni, biron harakat yo’lini tanlab olishga turtki beradi.
    Maqsadlarga erishish yo’llarini va vositalarini tanlash sharoiti ba'zan ichki kurash xarakteriga ega bo’ladi, bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo’lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Shuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi.
    Motivlardan biri ko’proq asosli, ikkinchisi kamroq asosli ekanligi ularning kurash jarayonida oydinlashib qoladi, ba'zi motivlar kuchliroq hissiyot bilan maydonga chiqsa, ba'zi motivlar sust hissiyot bilan maydonga chiqadi.
    Ko’pincha motivlar kurashi tafakkur (aql) bilan hissiyot o’rtasidagi kurashdan iborat bo’ladi. Odam ba'zan "ikkiga bo’linib" qoladi: "Aql uni desa, hissiyot (ko’ngil) buni deydi".
    Motivlar kurashi ba'zan har xil hislar o’rtasidagi, masalan, burch hissi bilan unga zid bo’lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida boradi.
    Bu motivlar ko’pincha bir-biriga qarshi ta'sir ko’rsatadi, qarorga kelish va uni ijro etishni paysalga solib, iroda jarayonini susaytiradi. Motivlarning bunday kurashida kishida ichki konflikt holati vujudga keladi.
    Ana shunday ichki ziddiyat holati bu ziddiyatdan qutilishga intilishi bilan ko’pincha shu zid holatidan qutilish yo’lini yengillashtiruvchi yo’llarni axtarish bilan bog’langan bo’ladi.
    Ichki nizo holati g’oyat ko’ngilsiz noxush holat sifatida kechishini har kim o’z tajribasidan biladi. Kishi dunyo va hayotni ravshan tasavvur qilgandagina ish va harakatlariga, axloq qoidalariga amal qilgandagina uning shaxsiy motivlari jamiyat manfaatlariga qo’shilib ketgandagina ichki nizo holatiga yo’l qo’ymasligi yoki undan qutilishi mumkin.
    Qarorga kelish. Maqsadga yetishish yo’llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma'nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o’ynagan bo’ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak - teatrgami yoki o’rtog’ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo’lgan joyi haqida qarorga keladi.
    Kishi ba'zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni qat'iyat deb ataymiz. Ba'zi motivlar kurashi uzoq vaqtga cho’zilib ketadi va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qat'iyat sezgirlikdir. Masalan, o’rta maktabni bitirayotgan va bitirgan ba'zi yigit-qizlar qaysi o’quv yurtiga yoki korxonaga kirish masalasini tez hal qiladilar, boshqalari esa juda uzoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. Qat'iyat odamda jiddiylik vaziyatining yengillashtirishi mamnunlik tuyg’usini tug’dirsa, qat'iyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida noaniq holat bilan birga sodir bo’ladi.
    Biror qarorga kelish sur'ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal iluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperamenti va xarakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos takliflariga quloq solishiga bog’liq bo’ladi. Biror qarorga kelish sur'ati asosan qo’yilgan maqsadning ahamiyatiga, biror qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga bog’liq bo’ladi.
    Murakkab tarzdagi motivlar kurashi va qarorga kelish faqat shunday hollarda bo’ladiki, bunda odamning hayoti va faoliyati uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’lgan yangi maqsadlar qo’yiladi va bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yangicha usullar va vosita talab qiladi.
    Qat'iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda bajarish - qat'iyatni namoyon qilish demakdir.
    Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o’zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo’sh qaror deb ataladi. Qat'iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir. Qabul qilingan qarorning o’zgarishi ko’pincha yana bu qaror to’g’risida yetarli darjada o’ylamaslikdan, emosional holatning o’zgarishidan yoki kishi harakat qilayotgan sharoit o’zgarishidan kelib chiqadi. Qarorning o’zgarishi ko’pincha motivlar kurashining qaytadan boshlanib ketishiga va oxirgi marta qat'iy qaror qabul qilishga olib keladi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.