• Distim tip
  • Qo’zg’aluvchan tip
  • Pedant tip
  • Namoyishkorona
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet285/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    K.Leongard tomonidan xarakter aksentuatsiyasi muammosi o’rganilib uni shaxsda namoyon bo’lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi:

    • Gipertim tip - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko’p gapiradi, imo- ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko’pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo’yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.

    • Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, uyda yolg’iz qolishni yoqtiradi.

    • Sikloid tip - kayfiyati tez o’zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim tipga o’xshab qoladi.

    • Qo’zg’aluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba'zan urushqoq, ko’pincha turli mojarolarning tashabbuskori.

    • Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql o’rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa bo’ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik- kichik muammolarni kattalashtirishga, bo’rtirishga moyil.

    • Pedant tip - ziddiyatlarga kam qo’shiladi, ko’pincha passiv holatda bo’ladi, atrofdagilarga ko’plab rasmiy talablar qo’yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim.

    • Xavotirli tip - kamgap, odamovi, o’ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, tinchliksevar, o’z-o’zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.

    • Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa bo’lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, hamxo’r, ma'suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.

    • Namoyishkorona (demonstrativ) tip - muloqotga tez kirishadi, yetakchilikka intiladi,hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o’ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega.


    • Download 3,55 Mb.
    1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.