Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi




Download 1,74 Mb.
bet22/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi


Fan metodologiyasi o‘zida predmetini anglashga yo‘naltirilgan tamoyillar, usullar va metodlar, qoidalar tizimini aks ettiradi. Bilish fao- liyati jarayonini yaxlit tadqiq etuvchi anglash nazariyasidan metodo- logiya shunisi bilan farq qiladiki, u anglash metodlariga ko‘proq diq- qatni qaratadi. Agar fan nazariyasi o‘zida bilish jarayoni natijasini aks ettirsa, u holda metodologiya ushbu bilimlarga erishish usuli va tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiruvchi asos sanaladi. Fan metodologiyasining asosiy tarkibiy qismlari – bu predmetni o‘rganish yondashuvining umumiy tamoyillarini va uni tadqiq etishning aniq metodikasini ishlab chiqishdir. Turli fanlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan o‘z predmetini o‘rganishga yondashuv usullari (jumladan, iqtisodiy tahlil ham) bilishning umumiy dialektik metodiga asoslanadi.


Bilishning dialektik metodi barcha hodisa va jarayonlarni uzluksiz harakatda, o‘zgarish va taraqqiyotda ko‘rib chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Hech narsa o‘z o‘rnida turmaydi, barchasi oqadi, barchasi o‘zg- aradi. Har kun, har soat, har daqiqada korxona iqtisodiyotida o‘zgarish sodir bo‘lib, ular taqqoslash jarayonida anglanadi. Muntazam taqqos- lashning zarurati – iqtisodiy tahlil xarakterli jihatlaridan biridir. Taqqos- lash iqtisodiy tahlilda juda keng qo‘llaniladi: faoliyatning haqiqiy natijalari o‘tgan yillar natijalari bilan, boshqa korxonalarning erishgan yutuqlari, maqsadli va prognoz parametrlar, me’yoriy ma’lumotlar va boshqalar bilan taqqoslanadi.
Dialektik metod tamoyillari bilan mutanosiblikda har bir jarayon, har bir hodisa qarama-qarshilik kurashi va birligi sifatida ko‘rib chiqilishi zarur. Bu tamoyil har bir jarayon, har bir hodisaning ichki qarama-qarshiligi, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganish zaruratini taqozo etadi. Bu ham iqtisodiy tahlilning tavsifli qirralaridan biridir. Masalan, texnik yangilanishlar mehnat unumdorligini o‘sishi, rentabellik va boshqa ko‘rsatkichlar darajasi oshishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, lekin bunda uning atrof-muhit iqtisodiy tahlilni ifloslantirishi kabi salbiy oqibatlarini ham yodda tutish lozim. Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonaning xo‘jalik faoiyatini o‘rganish barcha o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olgan holda olib borishi lozimligini anglatadi. Hech bir hodisa agar u boshqalardan ajratilgan holda o‘zaro aloqador- likda olinmasdan ko‘rib chiqilsa, to‘g‘ri tushunilishi mumkin emas. Mi-
sol uchun, yangi texnikani joriy etishning mahsulot ishlab chiqarish tan- narxi darajasiga ta’sirini o‘rganishda nafaqat bevosita, balki bilvosita aloqani ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, yangi texnika joriy etilishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi, lekin, bu holat mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa, ish haqidan tejalishiga va shu omil tufayli mahsulot ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi. U yoki bu iqtisodiy hodisani anglash va to‘g‘ri baholash uchun barcha o‘zaro aloqalarni boshqa hodisalar bilan bog‘liqligini o‘rganish zarur. Bu ham iqtisodiy tahlilning metodologik jihatlaridan biridir.
Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri uning nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish, balki ularga miqdoriy tavsif berishi, ya’ni faoliyat natijalariga omillar ta’sirini miqdoran o‘lchashni ta’min- lash sanaladi. Bu analitik tadqiqotlar darajasini oshiradi.
Tahlilda sabab aloqalarini o‘rganish va o‘lchashni induksiya va deduksiya metodi bilan amalga oshirish mumkin. Mantiqiy induksiya ko‘magida sabab aloqalarini o‘rganish usuli shundan iboratki, tadqiqot xususiydan umumiy tomon, xususiy dalillardan umumlashtirish, sabab- dan natija tomon olib boriladi. Deduksiya – shunday usulki, bunda tad- qiqot umumiy dalillardan xususiyga, natijalardan sababga tomon amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilda ham bu yondashuvdan foydalaniladi. Induksiya metodlari barcha ko‘rsatkichlarning alohida omillarga nisba- tan o‘zgarishidagi ta’sirchanlikni kompleks baholash uchun qo‘llaniladi. Deduksiya yordamida tadqiq etilayotgan natijaviy ko‘rsatkichni shakl- lantiruvchi butun kompleks omillar tadqiq qilinadi.
Bilishning dialektik metodiga muvofiq har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizim va tizimga o‘zaro bog‘liq elementlar majmuasi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bularning har biri uning rivojlanishi uchun munosib hissa qo‘shadi. Tizim elementlaridan biriga ichki yoki tashqi tavsifidagi ixtiyoriy ta’sir uning boshqa elementlarida ham o‘z aksini topadi. Bundan tahlil obyektlarini o‘rganishga tizimli yondashuv zarurati kelib chiqadi, bu tadqiqot metodologiyasining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tizimli yondashuv tahlil obyektini chuqur o‘rganishga, u haqda yanada to‘liq va yaxlit tasavvur olishga, bu obyektning alohida qismlari o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
Tizimli yondashuvning asosiy xususiyati – dinamizm, o‘zaro ta’sir, o‘zaro bog‘liqlik, tizim elementlarining o‘zaro aloqasi, komp- lekslilik, yaxlitlilik, tobelik, yetakchi bo‘g‘in ajratilishi kabilardir.
Tizimli yondashuv elementlari o‘rganilayotgan hodisalar va jara- yonlarning maksimal detallashtirish (xususiy tahlil) va ularning tizim- lashtirilishini ko‘zda tutadi. U yoki bu hodisalarni detallashtirish (tarki- biy qismlarga ajratish) o‘rganilayotgan obyektda yanada jiddiy va aso- siysini aniqlash uchun zarur bo‘lgan darajada olib boriladi. U obyekt va tahlil maqsadiga bog‘liq. Bu iqtisodiy tahlildagi murakkab vazifa bo‘lib, analitikdan iqtisodiy hodisalar mohiyati, shuningdek, ularning rivoj- lanishini aniqlovchi omil va sabablar haqida aniq bilimlar talab qiladi.
Tizim elementlarini tizimlashtirish ularning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirini o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Bu asosiy kompo- nentlarni, funksiyalarni, tizim elementlari tobeligini aniqlashga, o‘rganilayotgan obyekt (tizim) ning taxminiy tuzilishli-mantiqiy tahlil modelini tuzishga imkon beradi. Grafik jihatdan u, odatda, rasm ko‘ri- nishida taqdim etiladi, bu yerda har bir elementga muayyan blok mos keladi. Alohida bloklar o‘zaro strelkalar bilan bog‘liq, ular ichki va tashqi tizim aloqalari mavjudligi va yo‘nalishini ko‘rsatadi. tuzilishli- mantiqiy chizmalar asosida matematik bog‘liqlik shakllari belgilanadi, tizimning elementlari o‘zaro aloqa o‘rtasidagi tavsiflovchi matematik modellar tuziladi, ularning parametrlari aniqlanadi. Tizimlashtirish tahlildagi o‘ta mas’uliyatli davr hisoblanadi. Bu jarayonda doimiy omil- larni tasodifiylaridan ajratish, ko‘plab o‘rganilayotgan omillarning to‘p- lamidan faoliyat natijalari bog‘liq bo‘lgan asosiylarini aniqlash zarur.
Iqtisodiy tahlilning yuqorida qayd qilingan tomonlar bilan bevosita shartlangan muhim metodologik jihati, korxonaning xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini kompleks, tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi.
Tahlilda tizimli yondashuv bilan bir qatorda vaziyatli yondashuv mavjud, unga muvofiq amalga oshirish belgilangan funksiyani inqirozli hodisalardan ogohlantirish maqsadida boshqarilishi lozim bo‘lgan vazi- yat tashkil etadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yuzaga kelgan vaziyat- ni baholash va uning istiqbolda rivojlanishini prognozlash zarur. Vaziyatli yondashuvning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u tizimli tahlil- ning asosiy g‘oyalarini rivojlantirib, eng ahamiyatli tizim parametrlarini, eng dolzarb omillarni ajratadi, qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali usullar bilan erishish mumkin bo‘lganlariga ta’sir ko‘rsatadi. Vaziyatli yondashuv hozirgi vaqtda iqtisodiy tahlilni rivojlantirish metodologiya va metodikasining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Download 1,74 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi

Download 1,74 Mb.