• BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI TAHLILI
  • Korxona moliyaviy salohiyati holatini ifodalovchi ko‘rsat- kichlar qaysi javobda to‘liq berilgan?




    Download 1,74 Mb.
    bet303/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Korxona moliyaviy salohiyati holatini ifodalovchi ko‘rsat- kichlar qaysi javobda to‘liq berilgan?


    1. o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar; chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;

    2. o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, ya’ni o‘z mablag‘ining to‘planish koeffitsiyenti, umumiy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z mablag‘ining qisqa muddatli qarzlarga qaramlik koeffitsiyenti, o‘z mablag‘larining uzoq muddatli qarzlarga qaramlik koeffitsiyenti; chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, ya’ni chetdan jalb qilingan mablag‘larning to‘planish koeffitsiyenti, qisqa muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘lar kontsentratsiyasi, qisqa muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘ning zaxira va xarajatlardagi tarkibi, uzoq muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘larning asosiy vositalardagi hissasi;

    1. o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, ya’ni o‘z mablag‘ining to‘planish koeffitsiyenti, umumiy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z mablag‘ining qisqa muddatli qarzlarga qaramlik koeffitsiyenti; chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, ya’ni chetdan jalb qilingan mablag‘larning to‘planish koeffitsiyenti, uzoq muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘larning asosiy vositalardagi hissasi;

    2. o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.

    1. BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI TAHLILI



      1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy va huquqiy negizlari va uni O‘zbekiston Respublikasida

    rivojlantirish istiqbollari


    Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish iqtisodiy harakatda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida olinadi. Negaki, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanish korxonalar faoliyatining muhim va samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga davlat dasturini tuzib chiqishda va bu borada iqtisodiy va huquqiy negizlarni belgilashga muhim ahamiyat qaratiladi.


    Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni tashqi iqtisodiy faoliyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada va hamkorlikda bo‘lishni, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish va unda muqim o‘rin egallashning imkon shartlarini belgilab olishni ham talab etadi.
    Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi.
    2012-yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishini ta’kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar, investitsiyalar tobora o‘sib borayotganida, bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur.
    2012-yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko‘rsatkich 2011 yilga nisbatan 14 foizga o‘sdi. Jami investitsiyalarning
    22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig‘ini xorijiy inves- titsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko‘prog‘i to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
    E’tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirildi.
    Hozirgi kunda respublikamizda xorij bilan iqtisodiy aloqalarning rivojini va istiqbolini ijobiy baholash mumkin. Mustaqillik yillarida turli mulk shaklidagi 3500 dan ortiq qo‘shma va hamkorlikdagi korxonalar tashkil etildi. Bugungi kunda ularning 2000 dan ortig‘i faol ish olib bormoqda.
    Ushbu korxonalar asosan respublikaning ichki iste’moliga qaratil- gan. Lekin iqtisodiy imkoniyatlarning va huquqiy mezonlarning imkon shartlaridan to‘la foydalana olayotganimiz yo‘q. Negaki, tashkil etilgan va ro‘yxatga olingan mavjud 3500 dan ortiq qo‘shma korxonalarning 40 foizidan ortig‘i hali to‘la ishga tushirilganicha yo‘q yoki amalda umuman faoliyat olib bormayapti. Ularning ayrimlari qayta rasmiy- lashtirish va faoliyat shaklini o‘zgartirish harakatida bo‘lsa, ayrimlari hali o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘ya olganlari yo‘q.
    Respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la iqtisodiy asosga ega. Lekin bu iqtisodiy asosda maqsadli va kelajakni ko‘zlab foydalana olayotganimiz yo‘q. Negaki, respublika- mizda tashkil etilayotgan asosiy qo‘shma korxonalarni to‘la quvvat darajasida ishlata olmayapmiz.
    Avvalo, iqtisodiy imkoniyatlar, deganda qo‘shma va hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishning moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga to‘la egalik, moliyaviy imkoniyat, respublika har qanday foydali va maqsadli loyiha uchun mablag‘lar topa olishi (shu jumladan, korxonalar ham) tushuniladi. Ular faoliyatini yo‘lga qo‘yishda avvalo, davlat bosh hamkor va kafolat subyekti sifatida maydonga chiqadi. Respublikamizga manfaati tegadigan har qanday maqsadli loyiha biz uchun maqbul va foydali sanaladi. Shu jihatdan, biz chet ellik hamkorlarga tabiiy qazilmalarni, xomashyolarimizni qayta ishlashga, og‘ir sanoatni rivojlantirishga birgalikda hamkorlik qilishga izn berdik.
    Ma’lumki, Respublikamiz agrar-industrial mamlakat hisoblanadi. Unda bevosita sanoatda qayta ishlanadigan o‘ta muhim va qimmatli mahsulotlar yaratiladi. Mustaqil respublikamiz oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda, paxta xomashyosi bo‘yicha 3-o‘rinda turadi. Paxta
    bo‘yicha yillik yalpi hosili 3.0 - 3.4 mln tonnani tashkil etadi. Bundan bevosita tola shaklida 1.2-1.5 mln tonna tola ajratiladi. Bugungi kunda qayta ishlangan paxta tolasining asosiy qismi chet elga sotilmoqda. Respublikani iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarida paxtani xomashyo sifatida sotish emas, balki uni sekin-asta tayyor mahsulotlar sifatida sotishga o‘tish shartlari belgilangan.
    Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan qorako‘l teri va pillaning sotilishida ham bevosita shu jihatlarni ko‘rish mumkin. Yaratilgan asosiy mahsulot natural shaklda chet elga sotilmoqda. Uni qayta ishlash va jahon andozalaridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoni bo‘lma- yapti. Buning albatta obyektiv va subyektiv sabablarini sanab o‘tish mumkin.
    Respublikamiz zaminida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar bo‘yicha shuni ta’kidlash lozim. Mavjud alyuminiy zaxiralari, qimmatbaho tosh- lar va metallar zaxiralari, tabiy gaz va ma’danli rudalarning mavjudligi ham bizni tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishimizda moddiy, iqtisodiy asos sifatida olinishi mumkin.
    Mehnat resurslari bo‘yicha. Respublikamizda hozirda mehnat qilish layoqatiga ega bo‘lgan 8 mln ga yaqin aholi mavjud. Ularning ham asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band. Mavjud mehnat resurslarining deyarli 60 foizga yaqini qishloq xo‘jaligi va unga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarda band.
    Mehnat resurslarining nisbiy ortiqchaligi nihoyatda yuqori. Bu esa ulardan samarali foydalanishga katta ta’sir o‘tkazmoqda.
    Mehnat resurslarining nisbiy ortiqchaligi shuni xarakterlaydiki, Respublikamizda xalq xo‘jaligida keragidan ortiqcha bandlik mavjud.
    Bu bandlik esa ularning sifatiga va qayta tiklanishiga faol ta’sir etmoqda.
    Mavjud mehnat resurslarining ortiqchaligi esa ularga to‘lanadigan mehnat haqining yoki ishchi kuchining bozor qiymatini nihoyatda tushirib yuborgan. Tashqi iqtisodiy faoliyatda esa mehnat resurslarining arzonligi muhim faktor sifatida olinadi.
    Huquqiy negizlar bo‘yicha ham albatta, ibratli ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublika Oliy Majlisi tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan qator huquqiy aktlar qabul qilingan. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va uning xalqaro huquqiy normalarga mosligini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu qonunda korxonalarning tashqi iqtisodiy
    faoliyat bilan shug‘ullanish shartlari, holati va tartibi belgilangan. Shu bilan birga, har bir korxona albatta mustaqil tashqi iqtisodiy faoliyat bilan qonun chegarasida shug‘ullanishi mumkin.
    Respublikamiz hukumati tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish va rivojlantirish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar maqsadi ham, avvalo respublikamizning tashqi savdo aylanmasini yaxshilashga, unda ijobiy saldoga erishishga qaratilgan.
    Respublikamiz Prezidenti tomonidan tashqi faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qaror- larining maqsadi ham shunga qaratilgan. Shuningdek, soliq qonunchiligi bo‘yicha ham tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlarga imti- yozli soliq stavkalarini qo‘llash, mahsulotlarning nazoratdagi qatorlari bo‘yicha imtiyoz shartlari va ko‘plab imtiyozlarning belgilanishi ham tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishda qo‘l kelmoqda.
    Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning bosh shartlaridan biri sifatida bevosita mamlakatimizdagi osoyishtalikni ham olishimiz mumkin.
    Albatta, tashqi iqtisodiy faoliyatda bo‘lish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tavakkalchilik hissi bilan emas, balki oldindan puxta o‘ylangan holda amalga oshiriladi. Bu borada albatta, xalqaro biznes tili bo‘lgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga alohida ahamiyat beriladi.
    Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini faqat chuqur tahliliy yechimlar asosidagina o‘qish va o‘rganish mumkin. Shu jihatdan tashqi iqtisodiy harakatni belgilashda va yo‘lga qo‘yishda tahlil bizning asosiy amaliy qurolimiz sifatida qaraladi.



      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxona moliyaviy salohiyati holatini ifodalovchi ko‘rsat- kichlar qaysi javobda to‘liq berilgan?

    Download 1,74 Mb.