|
Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq
|
bet | 311/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq.
Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida korxonaning eksport operatsiyalaridan olgan foydasini va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni mustaqil ravishda aniqlang, tahlil eting va xulosa yozing.
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
Mahsulot, ish va xizmatlar eksportidan olingan tushum, ming so‘m hisobida
|
258470
|
321954
|
?
|
Eksport qilingan mahsulot, ish va xizmatlar tannarxi, ming so‘m hisobida
|
201861
|
248396
|
?
|
Eksport hajmidan olingan foyda, ming so‘mda
|
?
|
?
|
?
|
Rentabellik darajasi, %
|
?
|
?
|
?
|
Eksport-import operatsiyalarini tahlil qilishning bugungi kundagi ahamiyatiga mustaqil fikr-mulohazalaringiz asosida baho bering.
Test savollari:
O‘zbekiston Respublikasida bojlarning stavkalarini qaysi organ belgigaydi?
adliya vazirligi;
moliya vazirligi;
soliq qo‘mitasi;
hisob palatasi;
bojxona qo‘mitasi.
Import shartnomalarini hisobga qo‘yish va tashqi savdo operatsiyalarining bojxona monitoringini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi me’yoriy hujjat:
import bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish tartibi;
import shartnomalarini hisobga qo‘yish va ular to‘lovini xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom;
import kontraktlarini hisobga qo‘yish va tashqi savdo operatsiyalarining bojxonamonitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom;
o‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining savdo reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom;
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi huzuridagi «O‘zbyektenderkonsalting» tenderlar o‘tkazuvchi agentlik nima maqsadda tashkil qilingan?
texnika-texnologiyaning asosiy turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan;
kiyim-kechakning asosiy turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan;
oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan;
qurol-yaroqning asosiy turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan;
ish va xizmatlarning asosiy turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
|
| |