|
Nazorat savollari va topshiriklari
|
bet | 18/140 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #274218 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se Nazorat savollari va topshiriklari:
O’lchash va o’lchashlar tushunchasini izoxlang?
O’lchash kattapiklarining ta’riflarini keltiring?
O’lchashlar majmuiga ta’rif bering?
O’lchash sohalariga nimalar kiradi?
O’lchash turlari xakida ma’lumot bering?
Statik va dinamik o’lchash nima degani? '
Taqqoslash usulini izoxlang va misol keltiring?
O’lchash vositalarining konstruktiv to’zilishi?
Nolga keltirib o’lchash. misol keltiring.
MAVZU: FIZIKAVIY KATTALIKLARNING BIRLIKLAR TIZIMI. Reja:
Kattaliklar va ularning turlari.
Kattalik birliklari.
Kattaliklar o‘lchamligi.
Birliklar va o‘lchamlarni belgilash hamda yozish qoidalari.
Xalqaro birliklar tizimi.
Tayanch iboralar: kattalik, kattalik birligi, asosiy birlik, hosilaviy birlik, kattalikning o‘lchamligi, kattalikning qiymati, Xalqaro birliklar tizimi.
Kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob‘yektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir ob’yekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’yektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo‘lishini ifodalaydi.
Metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o‘lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Har bir fizikaviy ob’yekt bir qancha ob’yektiv xossalar bilan tavsiflanishi mumkin. Ilm – fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o‘lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikni o‘lchash imkoniyati mavjud. Bu ko‘rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan ortib ketishi bashorat qilinmoqda.
Kattaliklarning turlarga bo‘linishi 1 – rasmda ko‘rsatilgan.
|
| |