• O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
  • MAVZU: O‘LCHASH VOSITALARI VA ULARNING METROLOGIK XUSUSIYATI




    Download 1,16 Mb.
    bet31/140
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #274218
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    MAVZU: O‘LCHASH VOSITALARI VA ULARNING METROLOGIK XUSUSIYATI


    Reja:

      1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.

      2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari.

    1. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.

    2. Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari.

    3. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari.

    Tayanch iboralar: o‘lchash asboblari, o‘lchash asbobining sezgirligi, sezgirlik ostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi, asbobning o‘lchash xatoligi, asbobning o‘lchash diapazoni, xususiy energiya sarfi, asbobning ishonchliligi (chidamliligi), analog o‘lchash asboblari, o‘lchash zanjiri, o‘lchash mexanizmi, magnitoelektrik o‘lchash asboblari, elektromagnit o‘lchash asboblari, elektrodinamik o‘lchash asboblari, elektrostatik o‘lchash asboblari, induktsion o‘lchash asboblari, raqamli o‘lchash asboblari.
      1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari


    Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
    O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
    а.k 0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
    Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
    а.k=k mахk; а.k k mахkqх max
    Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi.
    Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi
    xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.

    Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.





      1. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari

    Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: O‘LCHASH VOSITALARI VA ULARNING METROLOGIK XUSUSIYATI

    Download 1,16 Mb.