• Uchinchi sxema.
  • To‘rtinchi sxema.
  • Beshinchi sxema.
  • Oltinchi sxema
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,16 Mb.
    bet75/140
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #274218
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan ko‘p seriyali chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
    Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki mahsulot savdo shahobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi.
    To‘rtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3- sxemalardek sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shahobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning chiqarilishiga ma’lum xarajatlar bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.
    Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar
    sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi ite’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon hisoblanadi.
    Oltinchi sxema faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimni baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona- tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,16 Mb.