|
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirishBog'liq Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)1.5.1.
Hаvо liniyalаri vа ulаrni o‘tkаzish
Havo liniyalаri –
havо liniyalаri elektr energiyani ochiq havoda
joylashgan izolyatsiyasiz simlar orqali uzatishga xizmat qiladi. Havo
liniyalari simlardan, tayanchlardan, izolyatorlardan va yordamchi bu-
yumlardan tuzilgan bo‘ladi. Boshqa tarmoqlardan ancha arzon
bo‘lganligi tufayli havo liniyalaridan keng foydalaniladi.
Konchilik korxonalarning tashqi elektr ta’minot tizimida, korxo-
naning alohida va uzoq joylarda o‘rnatilgan iste’molchilarining elektr
ta’minotida havo liniyalaridan keng foydalaniladi.
Havo liniyalarda qo‘llaniladigan tayanch – yog‘ochdan,
temirdan, temir–betondan vа kоmpоzit mаteriаllаrdаn yasalishi
mumkin. Metalldan yasalgan tayanchlar yuqori kuchlanishli (35 kV va
undan yuqori), yuqori mas’uliyatli tarmoqlarda qo‘llanadi.
Tayanchlar ishlatiladigan joyga qarab: oraliqda o‘rnatilgan,
boshqa bino va inshootlarni kesib o‘tadigan joylarga mo‘ljallangan,
42
tarmoqni burilish joylarida, tarmoq oxirida, shoxobcha chiqarish
joylarida o‘rnatiladigan tayanchlar ko‘rinishida bo‘ladi.
1.20–rаsm. Hаvо liniyalаri tаyanch turlаri vа ulаrni o‘rnаtish bаlаndliklаri
1.21–rasm. Har xil kuchlanishli tayanch turlari:
a) 6–10 kV kuchlanishli
liniyalar uchun bir ustunli, temir–beton qo‘shimchali yog‘och tayanch; b) 6–10
kV kuchlanishli liniyalar uchun bir ustunli, temir–beton tayanch;
d) 6–10 kV
kuchlanishli, temir–beton qo‘shimchali A ko‘rinishdagi yog‘och tayanch;
e) 35
kV kuchlanishli havo liniyalari uchun temir–beton tayanch;
f) 110 kV
kuchlanishli havo liniyalari uchun temir–beton qo‘shimchali yog‘och tayanch
|
| |