• 1.4.3. Past kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar
  • O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/154
    Sana22.06.2024
    Hajmi7,14 Mb.
    #265132
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
    Bog'liq
    Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

    To‘g‘irlоvchilаr.
    To‘g‘irlоvchilаr 
    kоnchilik kоrхоnаlаridа 
    qo‘llаnilаdigаn elektrоvoz trаnspоrtining elektr tа’minоti pоdstаnsi-
    yalаridа (to‘g‘irlоvchi yoki tоrtish pоdstаnsiyalаri deyilаdi) ishlаtilаdi. 
    Bundаy pоdstаnsiyalаr “Kоn mаshinаlаrining elektr jihozlаri vа elektr 
    tа’minоti” fаnidа keltirilаdi. 
    1.4.3.
     
    Past kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar 
     
    Past kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar asosan komplekt 
    taqsimlovchi qurilmalardan (KTQ) yig‘iladi va bir nechta seksiyalarda 
    ajratiladi. Komplekt taqsimlovchi qurilmalarni yana yacheykalar deb 
    ham ataladi. Yacheykalar kirituvchi, seksiya va fiderlardan iborat 
    bo‘ladi. 
    Alohida seksiyalar fider yacheykalarning kirish qisqichlari bir–
    birlari bilan shinalar tizimlari vositalarida ulanadi va ular seksiyalar 
    shina tizimilari deyiladi. Seksiyalar shina tizimlari bir birlari bilan 
    seksiya yacheykalari orqali ulanadi. Kirituvchi yacheykalarning kirish 
    qisqichlari kuch transformatorlarining chulg‘amlariga ulanadi, chiqish 
    qisqichlari esa tegishli seksiyalarning shina tizimlariga ulanadi. Fider 
    yacheykalarning chiqish qisqichlariga ulardan ketayotgan elektr 
    tarmoqlar ulanadi. 
    Komplekt taqsimlovchi qurilmalar elektr energiyani qabul qilish 
    va uzatish hamda o‘zidan ketayotgan elektr tarmoqni avariya holatidan 
    himoya qilish uchun ishlatiladi. Uzatish bu elektr energiyani ulash va 
    uzishdan iborat bo‘ladi. 
    Komplekt taqsimlovchi qurilmalar tarkibiga kiruvchi yuqori va 
    past kuchlanishli elektr apparatlar. Ularning yuritmalari, o‘lchov 
    asboblari tayyorlovchi zavodda izolyatsiyali panellarga, izolyatorlar 
    orqali metall asoslarga o‘rnatiladi, ularning orasidagi bog‘lanishlar 
    shinalar va
    elektr simlari bilan bajariladi hamda bu yig‘ilma metall 


    39
    qobiqning ichiga joylashtirilib ishlatishga tayyor holatda zavoddan 
    chiqariladi.
    Komplekt taqsimlovchi qurilmalar tarkibiga yuqori kuchlanishli 
    elektr apparatlar – ajratkich, uzgich, saqlagich, o‘lchov tok va kuch-
    lanish transformatorlari kiradi. 
    Past kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar yopiq binoning ichida 
    joylashtirilishi mumkin yoki ochiq havoda o‘rnatilgan bo‘lishi 
    mumkin. 
    Binoning ichida joylashtiriladigan taqsimlovchi qurilmalar 
    ichkarida ishlatishga mo‘ljallangan KTQ dan yig‘iladi. Bularga moyli 
    uzgichli КРУ, КР, K, KM, KСO turlari kiradi. 
    Tashqarida ochiq havoda o‘rnatiladigan taqsimlovchi qurilmalar 
    tashqarida ishlatishga mo‘ljallangan KTQ dan yig‘iladi. Bunday KTQ 
    da atrof–muhit (yomg‘ir, qor, tuman, chang, mexanik ta’sir va 
    hokazolar) ta’siridan himoya choralari ko‘riladi. Ularning atroflari 
    yopilgan bo‘ladi va ichkarida isitish vositasi o‘rnatiladi. Bularga moyli 
    uzgichli K, КРУН, КРН turlari kiradi. Barcha KTQ da elektr 
    xavfsizlik choralari sifatida blokirovka tizimi qo‘llaniladi, ya’ni 
    ajratkichni uzmaguncha eshiklarini ochish imkoniyati bo‘lmaydi.
    110-35 kV
    YUKTQ
    K
    K
    S
    SShT
    SShT
    F
    F
    F
    F
    6-10 kV
    PKTQ
    Tr

    Download 7,14 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish