Bajaradigan ishiga, ishlatish, konstruktiv xususiyatlariga qarab,  eletr uskunalarni turli guruhlarga bo‘lish mumkin




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

 
Bajaradigan ishiga, ishlatish, konstruktiv xususiyatlariga qarab, 
eletr uskunalarni turli guruhlarga bo‘lish mumkin.
 
Elektr uskunalarni ishlatish jarayonida, odamlarning xavfsizligini 
ta’minlash hamda qurilma qobig‘ining ko‘rinishi va tuzilishiga qarab 
elektr uskunalar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi.
 
Ochiq elektr uskunalarida tok o‘tkazuvchan yoki harakatda 
bo‘lgan qismlariga tegib ketishdan saqlovchi va begona narsalarni us-
kunaning ichki qismiga kirib qolishdan himoyalovchi qobiq 
bo‘lmaydi.
 
Yopiq elektr uskunalarda, yuqorida keltirilgan xavflardan 
saqlovchi 
umumdavlat 
standarti 
(UDS) 
talablariga 
asosan 
tayyorlangan qobiq ishlatiladi. Shuning uchun bu uskunalar 
“himoyalangan uskuna” bo‘lib IP belgisi bilan belgilanadi. Bu 
uskunalarda yuqoridagi belgidan tashqari, yana ketma–ket ikkita 
raqam yoziladi. 
Bu raqamlarning birinchisi, shu qobiqning xizmat ko‘rsatuvchi 
shaxslarning xavfsizligini taminlash va begona narsalarni qobiqning 
ichki qismiga kira olish darajasini ifodalaydi. Bu raqam 0 dan 6 gacha 
bo‘lib, quyidagi pog‘onalarni ko‘rsatadi. 0 – hech qanday himoya 
yo‘q, 1 – odam qo‘li yoki 50 mm o‘lchamli qattiq jism, 2 – odam 


133
barmog‘i yoki 12 mm o‘lchamli qattiq jism, 3 – qalinligi 12 mm elektr 
asbob yoki qattiq jism, 4 – 1 mm qalinlikdagi sim yoki qattiq jism, 5 – 
0,2–0,5 mm o‘lchamga ega bo‘lgan qattiq jism, 6 – chang qobiqning 
ichki qismiga kira olmasligini ko‘rsatadi. 
Ikkinchi raqam qobiqning suvdan va namdan himoyalash 
darajasini ko‘rsatadi. Bu 0 dan 8 gacha raqamlar bilan belgilanadi va 
quyidagilarni bildiradi 0 – hech qanday himoya yo‘q, 1 – vertikal 
joylashgan uskuna qobig‘iga tomayotgan suv elekr uskunaga zarar 
keltirmaydi, 2–15° og‘ib joylashgan uskuna qobig‘iga tomayotgan suv 
elekr uskunaga zarar keltirmaydi, 3–60
о
og‘ib joylashgan uskuna 
qobig‘iga tomayotgan suv elektr uskunaga zarar keltirmaydi, 4 – elektr 
uskuna suv ichida bo‘lgan holda ham qobig‘ ichiga suv kirmaydi. 
5,6,7,8, raqamlar yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda suv bosim ostida 
yo‘naltirilgan taqdirda ham himoyani ta’minlaydi.
 
Himoyalangan elektr uskunalarga – suv tomchisidan (IP23), suv 
sachrashidan (IP34), tizillama yo‘naltirilgan suvdan (IP55, IP 56), 
changdan (IP 50 IP 51 IP 54) himoyalangan, nam (IP57) va chang (IP 
65) o‘tkazmaydigan uskunalar misol bo‘ladi.
 
Sanoatda qo‘llaniladigan elektr uskunalar iqlim sharoitiga qarab 
issiq (tropik) (T), sovuq (XЛ) va mo‘tadil (У) iqlim sharoitida ishlash 
uchun tayyorlangan.
 
Bundan tashqari, korxonalarning turiga, ishlash sharoitiga qarab 
uskunalar umum va maxsus korxonalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Maxsus korxonalar uchun mo‘ljallangan elektr uskunalar, shu kor-
xonalarning o‘ziga xos xususiyatlarini va talablarini qondirishi kerak.
 
Maxsus elektr uskunalarga kon elektr uskunalari misol bo‘ladi. 
Bu uskunalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan kon korxonalarda, 
ayniqsa yer osti usul bilan foydali qazilmalarni qazib olish 
korxonalarida keng qo‘llanadi.
 
Kon korxonalarining o‘ziga xos xususiyatlariga mashina va 
mexanizmlarning surilib turishi, tor va chegaralangan sharoitda 
ishlashi, 
ularni 
ishlatish jarayonida sun’iy 
yoritqichlardan 
foydalanilish, yong‘in va portlash xavflarining borligi, yer osti 
suvlarining agressivligi va h.k. kiradi. Bundan tashqari foydali 
qazilmalarni yer osti usulida qazib chiqaradigan korxonalarda namlik, 
harorat darajasi va chang ko‘rsatkichlari juda yuqori qiymatga ega 
bo‘lishi bu elektr uskunalarni ishlatish sharoitini murakkablashtiradi. 


134

Download 7,14 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bajaradigan ishiga, ishlatish, konstruktiv xususiyatlariga qarab,  eletr uskunalarni turli guruhlarga bo‘lish mumkin

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish