–
portlash xavfsizligini ta’minlovchi qobiq. Bu qobiq portlashga
chidamli va portlashni o‘tgazmaydigan xususiyatga ega;
– xavfsiz uchqun chiqaruvchi elektr zanjir. Bu zanjirlardan tok
o‘tish natijasida hosil bo‘lgan issiqlik quvvati yoki zanjirlarning
uzilishi natijasida hosil bo‘lgan uchqunlar quvvati, portlashga moyil
bo‘lgan muhitga xavf keltirmaydi;
– “e” turidagi himoya. Bu himoyaning asosida portlash holatida
uchqun chiqarmaydigan zanjirlarga ega bo‘lgan elektr uskunalarda tok
o‘tkazuvchan qismlarini xavfli qizishini yoki uchqun chiqish xavfini
chegaralaydigan yordamchi vositalarni qo‘llash yotadi:
– qobiqni kvars qumlar bilan to‘ldirish;
– qobiqni moy bilan to‘ldirish;
– avtomatlashtirilgan himoyaviy o‘chirish.
Elektr uskunalarning himoyaviy qobig‘i shikastlangan hollarda,
bu uskunalarining tok o‘tkazuvchan qismlari manbadan avtomatik
ravishda ajratiladi.
Ayrim hollarda yuqorida keltirilgan himoyaviy turlaridan
tashqari maxsus portlashdan himoya vositalari qo‘llanadi. Bu
vositalarga qobiq ichini har xil dielektriklar bilan to‘ldirish, portlovchi
moddalarning konsentratsiyasini kamaytirish, plastinkali himoyalar
misol bo‘ladi.
Kon elektr uskunalarida bir vaqtda bir necha portlashdan himoya
vositalari qo‘llanishi mumkin. Shuni ham qayd qilish kerakki, hozirgi
vaqtda moy bilan to‘ldirilgan qobiqlarni yer osti usulida ko‘mir qazib
olish korxonalarida qo‘llash taqiqlangan.
6.2.1.
Normal kon elektr uskunalarining ayrim xususiyatlari va
ularni ishlatish joylari
Normal kon elektr uskunalari (РН–рудничное нормалное)
boshqa sanoat elektr uskunalaridan kon korxonalarining o‘ziga xos
xususiyatlari qo‘ygan talablarni qondirish bilan farq qiladi. UDSga
ko‘ra normal kon elektr uskunalariga quyidagi talablarni qo‘yadi:
136
– elektr uskuna qobig‘i yonmaydigan, elektr mexanik va issiqlik
ta’siriga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, tashqi muhit
ta’siridan himoya darajasi IP54 bo‘lishi kerak;
– qobiq ichiga kirg‘iziladigan kabel uchun mo‘ljallangan joyi
bo‘lib kabelni qimirlatmay ushlab turadigan siqish muftlaridan va 6.2–
rasmda keltirilgan, qirrasi silliqlangan kabel kiritish teshigidan iborat
bo‘lishi kerak;
– turg‘un uskunalarning kabel kiritish joyi tez qotadigan
dielektriklar bilan to‘ldirilishi, ko‘chma uskunalarning kirish joyiga
esa, rezinali zichlama qo‘yilishi kerak. Bu vositalar uskunani changdan
va namdan himoyalaydi;
– elektr uskunalarning tok o‘tkazuvchan qismlari mis yoki
latundan tayyorlanishi kerak;
– elektr uskunalarning metalldan qilingan qobig‘ini zaminlash
uchun unga diametri 8 mm (katta tokli zanjirli uskunalar uchun) yoki
6 mm bo‘lgan bolt (kichik tokli zanjirli uskunalar uchun) o‘rnatilishi
kerak. Bu bolt kabel mahkamlangan qismda joylashtiriladi va yoniga
zaminlash belgisi qo‘yiladi;
– uskunalarning izolyatsiyasi 1– yoki 2– pog‘onali bo‘lib,
1– pog‘ona namligi 98±2%, issiqlik darajasi 35±2°S sharoitda,
2 pog‘ona esa namligi 98±2, issiqlik darajasi 25±2°S sharoitda
ishlashga mo‘ljallanishi kerak;
– kon korxonalarining atrof–muhitida agressiv suv va havo
bo‘lishi, izolyatsiya qurilmalari sathida tok o‘tkazuvchan qatlam
(treking) hosil qiladi. Shuning uchun 1 pog‘onali izolyatsiya
qurilmalar trekinga chidamli bo‘lishi kerak. Buning uchun tok
o‘tkazgichlar orasidagi masofa, umumkorxona elektr uskunalarida
qabul qilingan masofadan kattaroq bo‘lishi kerak;
– elektr uskunalar qobiqlarining qopqoqlarini mahkamlash uchun
maxsus boltlar qo‘llanishi, elektr va mexanik puxtalovchi (garovli)
vositalar bo‘lishi kerak, qopqoq yuzasida esa, turli eslatish yozuvlari
(“Tarmoqdan uzing, keyin oching”, “Ajratgichni ayiring, keyin
oching” va h.k.) bo‘lishi kerak;
– bu uskunalarda umumkorxona elektr uskunalarida qo‘llangan
himoya qurilmalari va vositalari bo‘lishi kerak.
Ushbu elektr uskunalar maxsus tamg‘a bilan belgilanadi. Bu
tamg‘a
uskunaning
xavfsizlikni
ta’minlash
darajasini
(РН),
137
izolyatsiyasining pog‘onasini ifodalaydi va qobiq qopqog‘ining sathida
doira shakli ichiga РН1, РН2 ko‘rinishda yoziladi.
|