O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

6.2.
 
Kon elektr uskunalarining tasnifi 
 
Kon elektr uskunalari ishlash joyiga qarab quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi:
 

 
turg‘un elektr uskunalar, bu uskunalar ish bajarish jarayonida 
o‘z joyidan qo‘zg‘almaydi. Bu guruhga– yuk ko‘tarish, havo siqish 
(kompressor), suv chiqarish, shamollatish mashinalari, bosh va yer osti 
markaziy podstansiyalarning elektr uskunalarini misol qilib ko‘rsatish 
mumkin;
 
– ko‘chma elektr uskunalar. Bu uskunalar ish qobiliyatini yo‘qot-
masdan o‘z joyini o‘zgartirib, ish jarayonida qatnashadi. Bu guruhga 
foydali qazilmalarni qazib oluvchi, kon lahimlarini tayyorlovchi, 
yuklash, burg‘ulash mashinalarining va ekskavatorlarning hamda 
uchastka podstansiyalarning elektr uskunalarini misol qilib ko‘rsatish 
mumkin.
 
Kon elektr uskunalarining asosiy xususiyatlaridan birinchisi 
portlashdan himoyalash darajasi bo‘lsa, ikkinchisi portlashdan 
saqlovchi vositalarning borligidir. Portlashdan himoyalash darajasi 
bo‘yicha, elektr uskunalari quyidagilarga bo‘linadi:
 
– normal kon elektr uskunalari. Bu uskunalarda portlashdan 
saqlovchi himoya vositalari qo‘llanilmaydi. Shu sababli ular gaz va 
changdan xavfli bo‘lmagan kon korxonalarida keng qo‘llanadi. Bu 
uskunalarda shu korxonalar uchun kerakli xavfsizlikni ta’minlovchi, 
kerakli ishonch ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan turli himoya vositalari 
qo‘llanadi;
 
– portlashga qarshi yuqori ishonchli kon elektr uskunalar. Bu 
uskunalarning 
normal 
elektr 
uchqunni 
chiqaruvchi 
qismlari 
portlashdan saqlovchi himoya vositalariga ega;
– portlashdan xavfsiz kon elektr uskunalari. Bu uskunalar, 
portlash natijasida hosil bo‘lgan bosimga chidamli va portlash 
mahsulotlarini tashqi muhitga o‘tkazmaydigan qobiqlarga ega. 
Shuning uchun bu uskunalar gaz va changdan xavfli korxonalarda 
ishlatiladi. Agar portlashdan saqlovchi vositasi shikastlansa, bu 
qurilmalar o‘z himoyalash darajasini yo‘qotadi.
 
– portlashdan o‘ta xavfsiz kon elektr uskunalar. Bu uskunalar har 
doim portlashdan himoyalangan darajasini saqlab qoladi. Chunki bu 


135
qurilmalarda turli uskunalarning har birida bir necha yordamchi 
himoyalovchi vositalar qo‘llanadi.
UDS ga asosan, kon elektr uskunalarida quyidagi portlashdan 
himoyalovchi vositalar bo‘ladi:

Download 7,14 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish