O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

6.3.
 
Pаst kuchlаnishli elektr uskunаlаr 
 
6.3.1.
 
Konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan past kuchlanishli 
qo‘lda boshqariladigan elektr uskunalar 
 
Qo‘l bilan boshqarish deganda, xizmat ko‘rsatuvchi shaxsning 
o‘zi tomonidan apparatlarni ulash va uzish ishlarini bajarish 
tushuniladi.
Kon korxonalaridagi ayrim iste’molchilarni (kichik quvvatli 
yuritmalar, yoritqich qurilmalari) bevosita boshqarish uchun qo‘l bilan 
boshqariladigan ishga ulagichlar qo‘llanadi. Bularga ПРВ–3 
(пускатель ручной взрывобезопасный) va ПРШ–1 (пускател 
ручной штепсельный) ishga tushirgichlarni misol qilib keltirish 
mumkin. Bu ishga tushirgichlar 380 V kuchlanishga 10 A tokka va 
660 V kuchlanishga 6 A tokka mo‘ljallangan. 
ПРВ–3 asosida baraban turidagi reversiv o‘ta tez harakatlanuvchi 
uzgich yotadi. ПРШ–1 esa shtepselli qurilma bo‘lgani uchun revers 
qilish mumkin emas. Bu apparatlarda qisqa tutashuv toklaridan himoya 
qilish uchun eruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Lekin, kuchlanishni 
yo‘qolishidan himoya bo‘lmagani uchun, bu apparatlarni qo‘llash 
chegaralangan. 


144
Qo‘l bilan boshqariladigan elektr uskunаlаrning yana bir turi 
avtomat uzgichlardir. Avtomat uzgichlar magistral tarmoqlarni ulash, 
ishlab turgan iste’molchini uzish, qisqa tutashuv va katta zo‘riqib 
ishlash toklaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Bu uzgichlarni 
barcha turlari qo‘l yordamida ulanadi, uzish esa, qo‘l yordamida yoki 
himoya qurilmalari ta’sirida avtomatik usulda bajariladi. Ayrim 
uzgichlarni masofadan turib uzish mumkin. Agar uzgich kon 
korxonalarining yer ustki qismida ochiq holda ishlatilsa, bu uzgichlarni 
avtomatik uzgichlar yoki avtomatlar, agarda portlashdan himoyalangan 
qobiqlarga o‘rnatilib yer ostki lahimlarida ishlatilsa, avtomat fider 
uzgichlari deb ataladi.
Yer osti kon korxonalarida maxsus avtomatlar–portlashdan 
himoyalangan (РВ–3В–И) uzgichlar qo‘llanadi. Bu uzgichlar bir 
guruh iste’molchilarga elektr energiyani uzatuvchi kabelni (fider) 
ulashga va himoya qilishga mo‘ljallangan bo‘lgani uchun ularni fider 
uzgichlar deb ataladi. АФВ–1, АФВ–2, АФВ–3, АВ–315Р uzgichlar 
bevosita (qo‘l yordamida) boshqarilsa, АФВД–2БК, АВ–400–ДO va 
АВ–400–ДO–2 uzgichlarni masofadan turib boshqarish mumkin. Bu 
uzgichlarning texnik tavsiflari 6.1–jadvalda to‘la keltirilgan. 
АФВ seriyali uzgichning elektr sxemasi 6.5–rasmda keltirilgan. 
Bu uzgichda maksimal himoya KA1 va KA2 tok relelari yordamida 
bajarilgan. Bu relelarni va erkin uzish mexanizmini (EUM) ishga 
yaroqligini ta’minlash uchun KP1 va KP2, g‘altak chulg‘amlar 
o‘rnatilgan va SB1 hamda SB2 knopkalar yordamida tarmoqning 
chiziqli kuchlanishiga ulangan. Mustaqil uzish g‘altagi KV1, 
uzgichning yordamchi kontaktlari va sizish relesi orqali tarmoqqa 
ulangan. 
Yuqorida aytilgandek, AФВ seriyadagi avtomatik uzgichlar gaz 
va chang xavfi bor yer osti kon korxonalarida qo‘llashga 
mo‘ljallangani uchun ularning tuzilishi murakkab, haddan tashqari 
og‘ir va nisbatan qimmat turadi. 
Respublikamizda ko‘pchilik yer osti kon korxonalari gaz va 
changdan xavfsiz bo‘lgani uchun AФВ uzgichlarni qo‘llash maqsadga 
muvofiq emas. Bu korxonalar uchun normal kon elektr uskunalar 
qo‘llanishi kerak. 
Hozirgi 
davrda 
normal 
kon 
elektr 
uskunalari 
ishlab 
chiqarilmoqda. Bunga misol qilib ВРН (выключатель рудничный 


145
нормалный) turidagi avtomatik uzgichni ko‘rsatish mumkin. Bu 
uzgichning texnik tavsiflari 6.2–jadvalda keltirilgan. 
L
1
L
2
L
3
KA1
KA2
KP1
KP2
SB1
SB2
KV1
C1
C2
C3
1
2
3
4
6
7
5

Download 7,14 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish