O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

Portlovbardosh qobiq.
Bu turdagi himoya asosida, elektr 
uskuna qobig‘i portlashga bardosh berish va portlash natijasida hosil 
bo‘lgan mahsulotlarni tashqi muhitga o‘tkazmaslik xususiyati yotadi. 
Portlashga bardosh berish yoki chidamlilik xususiyati qobiq 
ichida bo‘lgan portlash natijasida hosil bo‘lgan maksimal bosimdan 
shikastlanmaslik bo‘lib, to‘rt pog‘onaga ega bo‘lgan himoya 
ko‘rinishida bo‘ladi. 
Bu pog‘onalar 1B–4B bilan belgilanib, bir–biridan elektr 
uskunalar uchun mo‘ljallangan kuchlanishning qiymati va qisqa 
tutashuv jarayonida paydo bo‘ladigan yoylarga chidamliligi bilan farq 
qiladi va quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan uskunalarda qo‘llashga 
mo‘ljallanadi: 

1B pog‘onali himoya – kuchlanishi 65 Vgacha, qisqa tutashuv 
toki 100 A gacha;

2B pog‘onali himoya – kuchlanishi 127 V gacha, qisqa 
tutashuv toki 450A gacha; 

3B pog‘onali himoya – kuchlanishi 660 V gacha, qisqa tutashuv 
toki esa 15 kA gacha; 

4B pog‘onali himoya – kuchlanishi 6000 V gacha, qisqa 
tutashuv toki 10000 A gacha bo‘lgan elektr uskunalarida; 

1140V kuchlanishli elektr uskunalar 3B pog‘onasiga kiradi 
Portlovbardosh qobiqni potrlashni o‘tkazmaslik xususiyatini 
qobiqning tutashgan qismlarining orasidagi masofa va tutashgan 
yuzalarning eni bilan belgilanadi. Har xil hajmga ega bo‘lgan qobiqlar 
uchun quyidagi qiymatlar belgilangan: 


141
– tutashgan qismlar orasidagi masofa: 0,1 mm – hajmi 10 l dan 
kam, 0,2 mm – hajmi 10 l dan katta bo‘lgan qobiqlar uchun; 
– tutashgan qismlarning yuzasining eni: 5 mm hajmi 0,5÷2 l 
orasidagi va 20 mm hajmi – 2 l dan ko‘p bo‘lgan qobiqlar uchun. 
Bundan tashqari, qobiqlarning tutashgan qismlarining ko‘rinish-
lari ham turli bo‘ladi va ular 7.4–rasmda keltirilgan. 
Portlovbardosh qobiqlarni tuzilishiga va ularni yasalishiga 
qo‘yiladigan talablar “Kon korxonalarining portlashdan xavfsiz elektr 
uskunalarini ishlab chiqarish qoidalarida” har tomonlama ko‘rsatilgan 
bo‘lib, ularning bajarilishi maxsus nazorat tashkilotlari tomonidan 
tekshiriladi. 

Download 7,14 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish