165
2) himoya apparatlari. Saqlagichlar elektr janjirlarini qisqa
tutashuv va o‘ta zo‘riqish toklaridan himoyalash uchun qo‘llaniladi.
Zaryadsizlantirgichlar elektr zanjirlarini o‘ta kuchlanishdan himoya
etadi;
3) releli va o‘lchov zanjirlarining manba apparatlari. O‘lchov tоk
va kuchlanish transformatorlari o‘lchov asboblari va releli himoyasi
uchun manba hisoblanib, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan releli va
o‘lchov zanjirlarini birlamchi kuchlanishi 1000 V dan katta bo‘lgan va
to‘ki katta bo‘lgan zanjirlardan izolyatsiyalaydi;
4) tokni cheklovchi apparatlar. Tokni cheklovchi reaktorlar katta
quvvatli elektr zanjirlarda sodir bo‘ladigan qisqa tutashuv rejimidagi
tokni cheklash va shu rejimlarda kuchlanishning qiymatini bir xilda
ushlab turish uchun xizmat qiladi.