• HL 35-110 kV 7.4–rasm. Yirik shaxtalarning magistral elektr ta’minot sxemasi
  • –rasm. O‘rtacha quvvatli shaxtaning yaqinidan o‘tgan havo liniyasiga




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/154
    Sana22.06.2024
    Hajmi7,14 Mb.
    #265132
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154
    Bog'liq
    Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

     
    7.3–rasm. O‘rtacha quvvatli shaxtaning yaqinidan o‘tgan havo liniyasiga 
    ulangan shoxobcha tarmoq orqali elektr ta’minoti sxemasi:
    A – ayirgich; Q – 
    qisqa tutashtirgich; AQU – avtomat qayta ulash; ZAU – zaxirani avtomat ulash 
    Bir necha kon korxonalari, jumladan boyitish fabrikasi (BF) va 
    shaxtalarning BPP lari (7.4–rasm) magistral sxema bo‘yicha bir BPP 
    dan ta’minlanadi. 
    Tashqi ETP PKTQ sining alohida seksiyalaridan ikkita 35–220 
    kV li havo liniyalari orqali elektr energiya BPP1 ga uzatiladi. BPP1 da 
    ikkita uch chulg‘amli kuch transformatori o‘rnatilgan.
    Kuch transformatorlarining bitta ikkilamchi chulg‘amidan 6 kV 
    kuchlanish chiqadi va undan boyitish fabrikasi elektr energiya bilan 
    ta’minlanadi. Kuch transformatorining boshqa ikkilamchi chulg‘ami-
    dan 35–110 kV kuchlanish chiqadi. Undan 35–110 kVli magistral 
    havo liniyasi orqali qolgan kon korxonalarining BPP2, BPP3, BPP4 
    lariga elektr energiya uzatiladi. ETP ning PKTQ sida avtomat qayta 
    ulash tizimi qo‘llanilgan. 


    177
    ETP
    35-220 
    kV
    PKTQ
    AQU
    BPP1
    6-10 
    kV
    HL 35-220 kV
     35-110 kV
    HL 35-110 kV
    BPP2
    BPP3
    BPP4
    6-10 
    kV
    6-10 
    kV
    6-10 
    kV
    BF
    HL 35-110 kV
     
    7.4–rasm. Yirik shaxtalarning magistral elektr ta’minot sxemasi: 
    AQU – avtomat qayta ulash; BF – boyitish fabrikasi 
    Quvvati katta bo‘lgan kon korxonalarining hududida elektr 
    stansiya qurilgan variantlar (7.5–rasm) ham qo‘llaniladi. Bunda kon 
    korxonasining BPP siga tashqi elektr ta’minoti tizimidan 35–220 kV li 
    havo liniyasi orqali elektr energiya uzatiladi. 
    Elektr energiyaning uzluksizligini ta’minlash uchun kon 
    korxonasi xususiy elektr stansiyasi generatorlari shinalaridan BPP ning 
    PKTQ siga 6 kV li elektr energiya uzatiladi. 
    Yer osti kon korxonasining ichki elektr ta’minotiga misol qilib 
    7.6–rasmdagi sxema keltirilgan. BPP ga tashqi ETP dan 35–110 kV li 
    ikkita havo liniyasi uzatiladi. BPP ning YuKTQ da yuqori kuchlanishli 
    elektr uskunalar qo‘llaniladi. Kuch transformatorlaridan kelayotgan 
    kuchlanishni 6 kV ga pasaytirilib, PKTQ ning ikkita seksiyasiga 
    uzatiladi. PKTQ komplekt taqsimlovchi qurilmalardan yig‘iladi. BPP 
    ning PKTQ dan yer ustidagi iste’molchilar va yer ostidagi 
    iste’molchilar elektr energiya bilan ta’minlanadi. 


    178

    Download 7,14 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    –rasm. O‘rtacha quvvatli shaxtaning yaqinidan o‘tgan havo liniyasiga

    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish